O’quv uslubiy majmua magistratura barcha ta’lim yo’nalishlari uchun urganch-2021



Download 5,8 Mb.
bet2/67
Sana10.11.2022
Hajmi5,8 Mb.
#863301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
2 5228755815363516089

O’quv materiallari





Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari





Glossariy





Ilovalar:

Fan dasturi







Ishchi fan dasturi




Tarqatma materiallar




Testlar




Ishchi fan dasturiga muvofiq baholash me’zonlarini qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar





O’UMning elektron varianti









1-mavzu: Ilmiy tadqiqot metodologiyasi faninig predmeti. Fan-ijtimoiy madaniy hodisa sifatida
Reja:
1.Fanningmohiyati, o‘ziga xos jihatlari
2. Fan taraqqiyoti tarixi
3. Fanlar tasnifi
4.Markaziy Osiyo buyuk allomalarining jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari
5.Fan va amaliyot. Fanning jamiyatdagi o‘rni


Fan murakkab tarkibiy tuzilishga ega ijtimoiy – madaniyhodisa. Fanning ijtimoiy-madaniy hodisa ekanligi uning jamiyat hayoti va taraqqiyoti talablari bilan bog‘liqligida namoyon bo‘ladi.
Dastlabki bilimlar qadimgi Sharq mamlakatlari Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy va Markaziy Osiyoda shakllangan. Ular tabiat, jamiyat, inson haqidagi tajribadan kelib chiqqan empirik xarakterdagi bilimlar fanning ilk elementlari edi. Ko‘pchilik faylasuflar (Masalan, V.P.Koxanovskiy, Ye.V.Zolotuxina, E.Yusupov, J.Tulenov va boshqa)lar ta’kidlaganidek, qadimiy davrlardanoq odamlar olamni anglashga intilganlar, bu ularning dunyoqarashlarida o‘z ifodasini topdi. Eramizdan avvalgi VII-V asrlardan boshlab, eng qadimiy fan – falsafa paydo bo‘ldi. U davrlarda “fan”, “falsafa” birxil ma’noni ifodalar edi, kishilarning olam haqidagi barcha bilimlari falsafa doirasida mujassamlashgan edi.
XVI-XVII asrlarda ijtimoiy hayotdagi jiddiy o‘zgarishlar – sanoat, ishlabchi qarishining yuzaga kelishi, xususan, harbiy, tog‘, qurilish sanoati, xalqaro savdoning rivoji fanning shakllanishi va taraqqiyoti uchun turtki bo‘ldi, zotan sanoatlashgan jamiyatda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun tabiatni, undagi narsalar, predmetlar, jarayonlar mohiyatini anglash, ularnio‘rganish zarur edi.
Fanning moxiyati, o‘ziga xos jixatlari.Fan-ijtimoiy ongning maxsus shakli. Ijtimoiy ong shakllari o‘zaro bir-birlaridan voqelikni aks ettirish xususiyatlariga ko‘ra farqlanishini falsafa kursida o‘rgangan edik. Agar ijtimoiy ongning u yoki bu shaklida olamning, ijtimoiy hayotning muayyan tomoni, ko‘rinishi aks etsa, fanda aks etishi mumkin bo‘lmagan narsa, hodisani topish mushkul.
Fan olamni o‘zlashtir ishning eng murakkab shakli hisoblanadi. Fan deganda insonning olam, shu jumladan, uning o‘zi to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan, yuksak darajada tashkil etilgan faoliyati; uning natijalari bo‘lmish – ilmiy bilimlar tizimi hamda ijtimoiy institut nazarda tutiladi.
Ma’lumki, inson olamni ikki xil yo‘l bilan o‘zlashtiradi va buuning moddiy hamda ma’naviy faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Inson o‘z ehtiyojlari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda olam, undagi narsa, hodisa, jarayonlarning mohiyatini, qonuniyatlarini anglashga intiladi. Bu bilishda o‘z ifodasini topadi. Bilish – insonning olamga faol munosabati, ijtimoiy – tarixiy amaliyot bilan boshlanadigan yangi bilimlarni hosil qilish, mukammallashtirish jarayoni. Bilish ikkik o‘rinishda – kundalik va ilmiy bilishda namoyon bo‘ladi. Ilmiy bilish – olamni chuqur, atroflicha bilish, uning qonuniyatlarini anglash jarayoni.
Ilmiy bilish
a) inson va insoniyat tomonidan qo‘lga kiritilgan ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish;
b) ilmiy bilimlarni hosil qilish. Bu – ilmiy izlanish (tadqiqot) ishlarini olib borish asosida yangi bilimlarni yaratish jarayoni hisoblanadi.
Biz “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani doirasida ilmiy bilimlar, ularning o‘ziga xos tomonlari, ilmiy bilimlarni hosil qilish jarayoni – ilmiy tadqiqot, uning mazmun-mohiyati, yangi bilimlarni qo‘lga kiritish yo‘llari, usullari bilan tanishamiz.
Bilim – bilish jarayonining natijasi, inson tafakkurida aks etgan voqelik, kishilarning olam haqidagi ma’lumotlari.
Fan dunyo, undagi narsa va xoddisalar xakidagi ob’ektiv ilmiy bilimlar tizimi xisoblanadi. Ilmiy bilimlarni tadkik etuvchi maxsus soxa –epistemiologiya. Ilmiy bilish (tadkikot, izlanish) natijasi — ilmiy bilim. Ilmiy bilimlar fan mazmunida uz ifodasini topadi. Fanning boshka ijtimoiy ong shakllaridan asosiy farki – undagi ilmiylik mezoni. Fan olamdagi narsa va xodisalarning ob’ektiv qonunlarini ochishni uz oldiga maksad kilib kuyadi. Ilmiy bilimlar tizimlilik xususiyatiga ega. Fan asoslangan, yaxlitlikni tashkil etuvchi ilmiy bilimlar tizimi. Ilmiy bilimlarni xosil kilish murakkab jarayon bulib, uning moxiyati ilmiy bilimlar dinamikasi (rivoji)da o’z ifodasini topadi. Ilmiy bilim - bilmaslikdan bilishga, no’mukammal bilimlardan mukammallik sari borishdan iborat uzliksiz tarzda jarayon xisoblanadi. Fan tarakkiyoti avvalgi ilmiy bilimlar asosida yangidan-yangi ilmiy bilimlarni kulga kiritishda namoyon buladi.

Download 5,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish