O‘quv-uslubiy majmua bilim soxasi: 100000 Gumanitar Ta'lim soxasi: 110000 Pedagogika Bakalavriat yo’nalishi: 5112300 Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya Tuzuvchi: Katta o’qituvchi D. Karimov jizzax–2021


-mavzu: Moslashtiruvchi jismoniy tarbiyada ayrim hollardagi uslubiyatlar



Download 424,67 Kb.
bet69/70
Sana19.03.2022
Hajmi424,67 Kb.
#501342
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
Adaptiv Majmuva

27-mavzu: Moslashtiruvchi jismoniy tarbiyada ayrim hollardagi uslubiyatlar
Reja

1.Moslashtiruvchi jismoniy tarbiyaning tashkiliy-metodik asoslari.
2.Moslashtiruvchi jismoniy tarbiya va sportning hozirgi ahvoli.
3.Moslashtiruvchi jismoniy tarbiyada sport-sogʼlomlashtirish va davolash - profilaktika tadbirlarini tashkil qilish vazifalari va qoidalari.
Аdaptiv jismoniy madaniyatdan farqli ularoq, tibbiy reabilitatsiya
koʼprok darajada bemor ѐki nogirondan juda katta faollik va mustaqillik
talab qiladigan insonning yangi sharoitlarda oʼzini oʼzi maksimal amalga
oshirish emas, balki organizmning buzilgan funktsiyalarini tiklashga yoʼnaltirilgan boʼladi.
Bundan tashqari, reabilitatsiyada foydalaniladigan vositalar tabiiy
faktorlarga – harakat, sogʼlom turmush tarzi, ratsional ovqatlanish, chiniqish
va boshqalarga emas, balki u ѐki bu darajada anʼanaviy tibbiѐtning tashkil
etuvchilariga: tibbiy texnikaga, massajga, fizioterapiyaga, farmokologiyaga va
shu singarilarga asoslangan boʼladi.
Tibbiy reabilitatsiya tizimidagi davolash jismoniy madaniyati (DJM)
boʼyicha oxirgi yoʼriqnomada zamonaviy insonning birlamchi talabi boʼlib
qolgan harakat organizmning eng muxim tabiiy – biologik ragʼbatlantiruvchisi
(stimulyatori) xisoblanishi tan olingan.
Biroq, shu yerni oʼzida davolash jismoniy madaniyat – bu davolashning
kompleks usuli ekanligi, u eng muhim kasalliklar boʼyicha ekologik
tamoyildan, xususiy masalalarni tabaqalashtirishda organli – tizimli,
ѐndashuvdan foydalanishi hamda mamlakatimiz tibbiѐtidagi
aniqlanishlardagi masalalarni aks etishi taʼkidlanadi. Buning ustiga,
mazkur qoʼllanma mualliflarining taʼkidlashicha, hattoki jismoniy tarbiya va
sport ham sotsiumga kirishning ajoyib vositasi va uslubi, oʼzining ijtimoiy
«fazo»sini egallashi hisoblanadi.
Hozirgi kunda salomatligi xolatida ogʼishi boʼlgan shaxslar,
nogironlarni ham inobatga olingan holda, ayniqsa, davolash va taʼlim
yoʼnalishlarida, jismoniy tarbiya usul va vositalarini qoʼllash boʼyicha katta
tajriba toʼplangan.
Аdaptiv jismoniy tarbiyaning xususiy muammolariii tadqiq qilish
boʼyicha koʼp sonli izlanishlar olib borilmokda. Biroq mualliflar ijtimoiy
amaliѐtning mazkur sohasini uslubiy manzarasini qarab chiqqan
umumlashtiruvchi ishlar yetishmaydi.
Shuning uchun takrorlanish, u ѐki bu vaqt sinovidan oʼtgan bilimlar
soxasining tadqiqot usullarini ustivorlik qilishi tabiiy holdir va bu
soʼzsiz, oʼtkazilaѐtgan tadqiqotlarning va ayniqsa ilmiy tadqiqotlar
natijalarini hamda pedagog – novatorlarning (novator – yangilik ijod
qiluvchi, ijodkor) ilgʼor tajribasini tadbiq qilish effektivligini
pasaytiradi.
Bugungi kunning eng muhim talablaridan biri adaptiv jismoniy
madaniyatni uslubiy asoslarini ishlab chiqish, mazkur soha bilimlarini
mustaxkamlash, adaptiv jismoniy madaniyatning obʼekti, maqsadi, vazifalari,
mazmuni, koʼrinishlarini, uning funktsiyalari va tamoyillarini
aniqlashtirish hisoblanadi.
Shu oʼrinda abiturentlarni oliy oʼquv yurtiga kirish uchun toʼsqinliq
qiladigan tibbiy koʼrsatkichlar, boshqa taʼlim muassasalariga nisbatan sport
yoʼnalishidagi boʼlguvchi talabalarning salomatligiga yuksak talablar
qoʼyilishi toʼgʼrisida ham eslatib oʼtish maqsadga muvofiq.
Bunday koʼrsatkichlar roʼyxati, oʼz mohiyatiga koʼra, nogironlarga hamda
jismoniy va ruhiy imkoniyatlari chegaralangan shaxslarga jismoniy madaniyat
oliy oʼquv yurtlariga yoʼlni ѐpgan, faqat sogʼlom va harakatda iqtidorli
insonlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlardan tashkil topgan taʼlim mazmunining oʼzi
esa, oʼz hissiѐtini nogironlar bilan ishlashni hohlovchilarning bunday bilim
olish uchun motivatsiyasini sezilarli darajada pasaytirgan.
Аytib oʼtilganlar, jismoniy madaniyat sohasida oliy kasbiy taʼlimni
faqat sogʼ-salomat insonlar, odatda, sobiq va amaldagi sportchilar olganlar,
mazkur taʼlim esa mutaxassislarning sogʼ-salomat va harakatda iqtidorli
bolalar va kattalar bilan ishlashiga yoʼnaltirilgan degan xulosaga kelish
imkoniny beradi.
Nogironlarning muammolariga bunday eʼtiborsizlik toʼligʼicha
jismoniy madaniyat sohasi vakillarining aybi sababli deb hisoblab
boʼlmaydi. Biroq, aynan ular jamiyatda jismoniy madaniyat sohasini
kengaytirishning, uning haqiqiy ijtimoiy ahamiyatini asoslash va
isbotlashning asosiy tashabbuskorlari boʼlishlari kerak edi.
Biroq, bu yerdagi ahvol ancha murakkab. Vujudga kelgan vaziyatda
nogironlarni jismoniy madaniyatiring nazariy va kontseptual muammolariii
yetarlicha, u ishlab chiqilmaganligi ham katta ahamiyat kasb etadi.
А.V.Saxnoshg (1993) tomonidan mamlakatdagi va xorijdagi
adabiѐtlarda chop etilgan hamda salomatlik, uning miqdoriy va sifat
parametrlarini aniqlashga bagʼishlangan tahlili, unga «Inson salomatligi»
va «Inson nogironligi» tushunchalari oʼrtasida oʼtib boʼlmas devor paydo
boʼlganligini va bu ikki tushunchalar oʼzaro bir-birini inkor etuvchi sifatida
tavsif qilinqanligini taʼkidlash imkonini berdi. Xususan, Butun jahon
Sogʼlikni saqlash tashkilotining nizomida «faqatgina kasallik va jismoniy
defektlarni yoʼqligi emas, balki toʼlaqonli jismoniy, maʼnaviy va ijtimoiy
farovonlik holati» sifatida ifodalangan «Salomatlik» tushunchasi
«Аbsolyut salomatlik» tushunchasi bilan deyarli tenglashtiriladi va tabiiyki,
nogironda ham sogʼliq-salomatlik mavjudligi imkoniyati toʼgʼrisida oʼylab ham
qoʼymaydi, chunki u ѐki bu (jismoniy ѐki ruxiy) defektga ega.
Masalaning bunday qoʼyilishi, oʼz mohiyati jihatidan, insonlarning
juda katta guruhiga - nogironlarga - sihat-salomatligini va insonning
ratsional harakatlanish faolligi ѐki ancha umumlashgan holda aytsak,
jismoniy madaniyat tashkil etgan sogʼlom turmush tarixiga ega boʼlish
imkoniyatidan mahrum qilmokda.
Bunga ishonch hosil qilish uchun maktabda, kollejda, oliy oʼquv yurtida,
u ѐki bu sport toʼgaragiga va ayniqsa, musobakalarda qatnashish uchun shifokor
jismoniy tarbiya – sport faoliyatida ishtirok etish istagida boʼlganlarning
salomatligi keraklicha yukori darajada ekanligini tasdiqlagani zarurligini
eslash yetarli.
Shunday qilib, bir qator obʼektiv shart-sharoitlar va subʼektiv
faktorlar tufayli nogironlar tibbiѐt faoliyagining yaqinginada vujudga
kelgan reabilitatsiya yoʼnalishi sohasiga tushib qolganlar.
Tibbiy iboralar entsiklopedik lugʼatida u «organizmning buzilgan
funktsiyalarini, shuningdek kasal va nogironlarniig ijtimoiy
funktsiyalarini va mehnat qobiliyatini tiklashga (ѐki kompensatsiyalashga)
yoʼnaltarilgan tibbiy, pedagogik va ijtimoiy tadbirlar kompleksi»
sifatida taʼriflangan.
Taʼrifdan «reabilitatsiya» tushunchasiga funktsional tiklanish ѐki
tiklab boʼlmaydigan narsani reabilitatsiya qilish, bemor ѐki nogiron
kundalik haѐtga moslashishi va mehnat jaraѐniga koʼnikishi koʼrinib
turibdi. Mos ravishda, reabilitatsiyaning uchta asosiy turlarini: tibbiy,
ijtimoiy (maishiy) va kasbiy (mehnat) reabilitatsiyasini ajratadilar.
Tibbiy reabilitatsiya tarkibiga bemor salomatligini tiklashga
yoʼnaltarilgan davolash tadbirlari va shikastlangan zarur adaptatsiyaga,
readaptatsiyaga ѐki qayta kasbiy tayѐrlanishga ruhiy va maʼnaviy tayѐrlash
kiradi (Osipova S.S.).
Shu bilan birga shu paytgacha, u ѐki bu mutaxassis – tibbiѐtchilar
oʼrtasida reabilitatsiyaning mohiyatini tushunishda turli, oʼzaro farqli
fikrlar mavjud. Masalan, nevrologiyada, terapiyada, kardiologiyada
reabilitatsiya deganda, eng avvalo, turli xildagi protseduralar (massaj,
psixoterapiya, davolash gimnastikasi va boshqalar); travmotologiyada va
ortopediyada - protezlash; fizioterapiyada - jismonan davolash,
psixiatriyada – ruhiy va mehnat terapiyasi nazarda tutiladi.
U ѐki bu tibbiy mutaxassislikni inobatga olgan holda bu tartibqoidalar, bir tomondan, reabilitatsiyaning maqsadi, masalalari, vositalari,
usullari, tashkil etish koʼrinishlari koʼlamini kichraytiradi, ularni
kasallik ѐki nogironlik turiga qarab, rasmiy tibbiѐtda umum kabul
qilingan vosita va usullarga orientir beradi hamda harakatning va umuman
mazkur jaraѐnda ishtirok etaѐtgan shaxsning jismoniy madaniyatini ochiq,
yetarlicha baholay olmaydi; boshqa tomondan esa tibbiy reabilitatsiya
davolash - kasalxona paradigmasi doirasidan chiqish yoʼlining boshida
turganligini yana bir marta tasdiqlamokda.
Bir necha marta tanqid ostiga (Brexman I.I., Uglov F.G., Streltsova
E.V., va boshqalar) olingan davolash - kasalxona paradigmasiga koʼra,
tibbiѐtning bosh maqsadi - (salomat, bemor, nogiron) insonni haѐtiy
qobiliyatlarini, unig tabiat inʼom etgan va haѐt jaraѐnida mavjud boʼlgan
(qolgan) gavda harakatlanish va psixik imkoniyatlarini imkon kadar
maksimal rivojlantirish emas, balki aniq kasallikni kasalxonalarda,
klinikalarda, oromgohlarda, reabilitatsion markazlarda mutaxassisshifokorlarni rahbarligi va kuzatuvi ostida dori-darmonlardan va tibbiy
texnikadan foydalanib davolash.
Bu yerdagi asosiy muammo jismoniy madaniyat, tibbiѐt, korrektsion
pedagogika hamda yuqorida zikr etilgan koʼp sonli oʼquv va ilmiy fanlar
boʼyicha bilimlarni jamlash va ularni birlashtirish emas, balki mohiyatiga
koʼra aytib oʼtilgan soha va fanlarning har biridagi bilimlarni oʼzaro birbirini ichiga kirib borishi natijasidan iborat boʼlgan yangi bilimlarni
yaratishdir.
Bu oʼta murakkab masala, biroq aynan uni hal qilinishi salomatligi
holatida ogʼishi boʼlgan insonni (shu jumladan u ѐki bu darajadagi nogironni
ham) yaxlit qarash; uning mohiyatini oʼrganishda dixotomik deb ataladigan
ѐndashuvni yengib oʼtish imkoniyatini beradi. Dixotomik ѐndashuvda inson aniq
fanlarning tadqiqot usullari bilan aniqlanadigan alohida-alohida
substantsiyalarga boʼlinadi. Mazkur oʼquv qoʼllanmada mualliflarning ushbu yoʼnalishdagi tadqiqot
natijalari keltirilgan. Obʼektning – salomatligi holatida ogʼishi boʼlgan
insonning harakatlanishi faoliyati jaraѐnida oʼta murakkabligi bilan bogʼliq
boʼlgan, bunday tadqiqotlarning qiyinligini yaxshi tushungan holda
mualliflar qoʼllanmada keltirilgan materiallarni takomillashtirish boʼyicha
tanqid, fikr, mulohaza va takliflarni minnatdorchilik bilan qabul
qiladilar.



Download 424,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish