O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 300000 – Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi: 3



Download 2 Mb.
bet51/78
Sana23.04.2022
Hajmi2 Mb.
#576376
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
Bog'liq
2 5341633044870599389

Qo’shimcha adabiyotlar

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida» PF-4947-son Farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari tuplami, 2017 yil., 6-son.

  2. Meskon M i drugie. “Osnovы menedjmenta”. 3-e izdaniya: Per.s angl. –M.:OOO “I.D.Vilьyams”, 2008. -672 s.

  3. Gluxov V.V. Menedjment: Uchebnik. 3-izd. – SPb.: Piter, 2009



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYa
INSTITUTI


«MENEJMENT» KAFEDRASI


«Menejment» fanidan


TALABALAR MUSTAQIL ISHINI
TASHKIL ETISH VA NAZORAT QILISH BO’YICHA


USLUBIY KO’RSATMALAR
NAMANGAN 2021
Ushbu uslubiy ko’rsatma 60310100- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) talabalari uchun mo’njallangan

Tuzuvchi: prof.v.b. O.S.Kazakov

Taqrizchi: dots. G’.Madiyarov

Ushbu uslubiy qo’llanma «Menejment» kafedrasining 2021 yil avgustdagi 1-sonli yig’ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan.


Uslubiy qo’rsatma Namangan muhandislik-texnologiya instituti Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan (Bayonnoma № 1 « » avgust 2021 yil) nashrga tavsiya qilingan.
Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo’yicha
USLUBIY KO’RSATMALAR

2017 yil 7 fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni muhim ahamiyat kasb etmoqda. Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’kinlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.


Mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta yo’nalishi belgilangan:
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish.
2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish.
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish.
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish.
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosatni yurgizish.
Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo’yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi. Ushbu fan bo’yicha bajariladigan mustaqil ishlarda mamlakatimizni rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo’njallangan Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyati, yo’nalishlari yoritilishi lozim.
Mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingan vaqtdan boshlab raqrbatbardoshli kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Bu yo’nalishda bir qator ishlar amalga oshirildi. Bozor munosabatlari sharoitida oliy ta’lim tizimida mutaxassislarni tayyorlashda chuqur uzgarishlarga o’z bilim va tajribalari bilan moslasha oladigan, jahon andozalariga javob bera oladigan zamonaviy kadrlarni yetkazib berish muxim masala hisoblanadi. «Menejment» fanini o’rganayotgan har bir talaba kurs bo’yicha mavjud mavzularni mustaqil ravishda o’rganishi, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda o’tiladigan barcha savollarni mustahkamlash maqsadida o’zi mustaqil ish bajarishi va uni topshirishi lozim. Talabalar tomonidan tayyorlanayotgan mustaqil ish mavzusini yoritishda menejment fanining barcha mavzular bo’yicha materiallardan foydalanish mumkin.
«Menejment» fanidan mustaqil ishlarning maqsadi - ushbu fan bo’yicha taxsil olayotgan talabalarga boshqaruv asoslarini makro va mikroiqtisodiy darajada o’rgatish asosida ularning yetuk va yuqori malakali mutaxassis bo’lishlarini hamda olingan bilimlari asosida o’qish va ilmiy izlanishlarini davom ettirishlarini ta’minlashdir.
Mustaqil ishning vazifalari quyidagilardan iborat:
- mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash sharoitida menejment fanining tutgan o’rni va uni o’rganishning zarurati;
- menejmentning qonun va tamoyillarini o’rganish, ulardan amaliyotda foydalanish;
- menejer kadrlarni o’kitish va ulardan iqtisodiyotni boshqarishda samarali foydalanish;
- menejment samaradorligi ko’rsatkichlari va uni baholash usullarini o’rganish;
- turli inqirozlarni oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etishda menejment qonun-qoidalari, usullari va tamoyillaridan foydalanish.
Iqtisodiyot yo’nalishi talabalari «Menejment» fanidan ushbu uslubiy ko’rsatmada keltirilgan mavzulardan birini tanlashi va shu mavzu asosida mustaqil ish tayyorlashi lozim. Mustaqil ish mavzusini o’qituvchi o’zi belgilashi ham mumkin. Mustaqil ishni bajarishda turli shakllardan foydalanilishi mumkin. Talaba tomonidan referat tayyorlanishi, taqdimotlar tayyorlanishi, ko’rgazmali vositalar yuzaga keltirishi mumkin. Mustaqil ishni tayyorlashda talaba quyidagi ishlarni bajarishi kerak. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar yig’adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo’yicha imkon darajasida to’liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o’qituvchidan maslahat va ko’rsatmalar oladi.
Tayyorlangan mustaqil ish kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi.
Har bir talaba mustaqil ishni bajarish davomida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  1. Adabiyotlar tanlovi

  2. Reja tuzish

  3. Reja bo’yicha nazariy savollarni yoritish

  4. Reja bo’yicha amaliy ma’lumotlarni tahlil qilish

  5. Takomillashtirish yo’llarini aniqlash

  6. O’z fikrini bayon etishi

  7. Mavzuni mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yoritishi

  8. Mavzuni yoritishda investitsiyalardan foydalanish ahamiyatini hisobga olish.

  9. Xulosa va takliflarni tayyorlashi

  10. Rasmiylashtirish

  11. O’qib chiqib mazmunini chuqur o’zlashtirishi

  12. Tayyorlagan referatini ximoya qilishi




Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish