O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 300000 – Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi: 3



Download 2 Mb.
bet35/78
Sana23.04.2022
Hajmi2 Mb.
#576376
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78
Bog'liq
2 5341633044870599389

QAYTARISH UCHUN SAVOLLAR:

1. Tashkilotlar tushunchasi va ular tavsifi.


2. Tashkilotning ichki muxiti.
3. Tashqi muxit.
4. Boshqaruv samaradorligi.
5. Asosiy tashkiliy- huquqiy shakllar
6. Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendentsiyalar.
7. Tashkilotlarning yangi turlari.


7. Zamonaviy menejer
Reja:
1. Boshqaruv mehnati.
2. Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish
3. Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish uchun qurollar
1. Boshqaruv mehnati
Boshkaruv mehnati - bu ma’muriy boshqaruv xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiyalar va ishlardir.
Boshqaruv mehnati mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash davrida ajratiladi.
Ma’muriy boshqaruv xodimlarining mehnati yig’ma ijtimoiy mehnatning ajralmas qismi bo’ladi. Demak, boshqaruv tizimidagi mehnat qanchalik samarali bo’lsa, yig’ma mehnatning natijalari ham shunchalik yuqoridir.
Boshqaruv mehnati g’oyatda turli tumandir, shu sababli ushbu mehnatning mazmunini ta’riflovchi operatsiyalar va tadbirlarni aniq tasniflash, turlarga ajratish qiyindir. Buning ustiga boshqaruv operatsiyalarning doirasi muqarrar ravishda kengaymoqdalar, operatsiyalarning o’zlari esa bir tomondan boshqaruv usullarini ularni ko’llash sohalaridagi o’zgarishlar oqibatida, boshqa tomondan axborotlarni saqlash, uzatish, jamlab, ishlab chiqishning yangi texnik vositalaridan foydalanishni o’sishi munosabati bilan turlarini o’zgartirmoqdalar. Boshqaruv mehnati operatsiyalari, tadbirlari mazmuniga kompьyuter texnikasi inqilobiy o’zgarishlar kirit- moqda, u tubdan yangi axborot texnologiyalarini tadbiq etish imkoniyatini bermoqda. SHunga qaramasdan boshqaruv mehnatning, hammadan avval, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida eng xarakterli operatsiyalarini ajratish mumkin. Ular quydagilardan iboratdir:

  • vazifani qo’yish;

  • qo’lda va kompьyuterdan foydalanish bilan axborotlarni qidirish;

  • axborotlarni tahlil qilish;

  • axborotlarni guruhlarga ajratish(qo’lda yoki kompьyuterdan foydalanish bilan);

  • kompьyutersiz eng oddiy hisoblashlar;

  • kompьyuterni qo’llash bilan hisob-kitoblar;

  • qarorlarni tayyorlash;

  • qarorlarni yakka holda qabul qilish;

  • qarorlarni jamoaviy qabul qilish;

  • hujjatlarni rasmiylashtirish, xatlarni tuzish va h.k.

2. Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish

Ilmiy ostida boshqaruv xodimlari mehnatining shunday tashkil qilishni tushunish kerakki, u fan yutuqlari va ilg’or tajriba, xo’jalik yuritishning ilg’or shakllaridan foydalanish, texnik vositalarni qo’llashga asoslanadi. U xizmatchilarni bir birlari va ishchilar bilan, hamda ishlab chiqarish(tijorat)ni boshqarish va muxandislik-texnik va iqtisodiy ta’minlash vazifalarini amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan texnik vositalar bilan o’zaro hamkorligini yaxshiroq tarzda o’rnatish va muntazam ravishda takomillashtirishga imkon beradi. Mehnatni ilmiy tashkil qilishning maqsadi mehnat unumdorligini ishlovchilarning sog’liklarini saqlab qolgan holda oshirishdan iboratdir.
Rahbarlar va mutaxassislar mehnatining mazmuni va ish vaqti xarajatlarining tuzilishini o’rganish uchun qo’yidagi usullardan foydalanish mumkin:

  • anketali va og’zaki so’rovlar, u xodimning uning mehnati qanchalik ratsional tashkil qilinganligi haqidagi fikrini o’rganish maqsadida o’tkaziladi: xodimning nuqtai nazaridan uning vazifasi aniq belgilab berilganmi, unga o’z vazifasiga kirmagan ishlarni bajarishga to’g’ri kelganmi (qanday va qancha vaqtda), uning ishi rejalashtiriladimi va rejadan tashqari ishlarning salmog’i qanday, ish vaqtini yo’qotilishlari bormi (ularning miqdori, sabablari), ishda mexanizatsiya va tashkiliy texnikaning vositalari qo’llaniladimi (ulardan foydalanish), xodimni uning ish joyini tashkil qilinishi va mehnat sharoitlari qanoatlan- tiradimi va , nihoyat, xodimda mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar bormi;

  • ish vaqtining suratini olish, u kuzatishlarining rejalashtirilgan davri davomida uning xarajatlarining tuzimini belgilash uchun qo’llaniladi. Bunda ish vaqti sarflanishini o’rganish vaqtning barcha istisnosiz sarflanishini ularning haqiqiy izchilligi tartibda kuzatish va o’lchash yo’li bilan o’tkaziladi. Ish vaqtini suratga olish maxsus ajratilgan shaxs tomonidan o’tkaziladi,u yoppasiga (ya’ni , butun ish kuni davomida) yoki tanlovli bo’lishi mumkin. Keyingi holda ish vaqtini alohida vazifalar (ish turlari) bo’yicha, shu jumladan takrorlanuvchilarn, hamda ishning alohida davralari (davrlari) bo’yicha o’rganiladi;

  • ish vaqtini o’zini o’zi suratga olishda ish vaqtini sarflanishini hisobga olish bevosita MITQ xizmatlari rahbarligi ostida ishlovchilar tomonidan amalga oshiriladi. U o’zini o’zi suratga olishning maxsus varaqchalari yordamida olib boriladi, unda barcha bajariladigan ishlar yoki soatning ma’lum qismini tashkil qiluvchi qayd etilgan oraliqlardagi tanaffuslar ro’yxatga olinadi;

bir zumli kuzatishlar usuli, har xil kategoriyali MTX va xizmatchilar mehnatining mazmuni va ish vaqtini sarflanishini o’rganish uchun qo’llaniladi.


3. Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish uchun qurollar
Menejer ishini rejalashtirish va tashkil qilishda maxsus qurollardan foydalaniladi.
Vaqtning kundaligi – bu ishni boshqarishning uni soatlar bo’yicha bajarilishini rejalashtirish, umumiy maqsadning bir qismi sifatida kundalik vazifalarni belgilash va ulardan eng muhimlarini ajratishga imkon beruvchi vositadir.
Kundalik maxsus papka – tez taqqichdan tashkil topadi, unga foydalanuvchining istagi bo’yicha maxsus varaqachalar, grafiklar, jadvallar va moliyaviy hisobatlar solib qo’yilishi mumkin.Varaqachalarda yillik rejalar (uzok muddatli rejalar haftalar bo’yicha kiritilgan kataklarga ajratilgan setka) va barcha ishlar yarim saotgacha aniqlik bilan taqsimlangan kunlik rejalar mavjud bo’ladi. SHunday qilib, kundalik dasturning har bir bandini kengroq vaqtli vazafalar bilan solishtirish mumkin. Avval tegishli kataklarni to’ldirish va kerakli ishlarning ro’yxatini tuzish uchun qat’iyat va intizom talab qilinadi. Ammo bu ro’yxatni tuzish, oldinda turgan vazifalar va faoliyat turlarini ranjirovkalash mehnatni tashkil qilishni yaxshilash va vaqtdan foydalanishni ratsionallashtirishga yordam beradi.
Vaqtning kundaligi shaxsiy ishchi kartotekasidan iborat bo’lib, unga alohida varaqlar tikilgan va u o’zining ko’rgazmaliligi bilan qulaydir.U bir vaqtda stol kalendari, shaxsiy kundalik, yon daftarga, rajalashtirish va nazorat qilish quroli, manzillar ro’yxati, ma’lumotnoma va g’oyalar kartotekasi bo’ladi.
Taym Menejerda hamma narsa ham mazmuni va ham shakli bo’yicha mayda-chuydasigacha o’ylab ko’rilgan. Bundan tashkari mahsulotning keng navlari tufayli Taym Menejerni har qanday shaxsiy so’rovlarga moslashtirish mumkin. Masalan, Taym Menejerning uchta bazaviy variantlari: standartli, maxsus va “rahbar” mavjud. Ularga kiruvchi blankalar va jihozlar majmuasini o’zgatirib va to’ldirib Taym Menejerning bu bazaviy variantlarni istalganini faoliyatning u yoki bu belgalangan turiga maxsus mo’ljallangan turli tumanligiga aylantirish mumkin. Masalan, savdo vakili, kotib, loyiha rahbari, ilmiy xodim, yuqori bo’g’in boshqaruvchisi va h k.
Taym Menejerning har qanday bazaviy varianti majmuasi beshta asosiy elementlardan tashkil topadi:

  • halqali qisqichlarga ega papkalar;

  • blankalarning standart majmuasiga ega qutilar;

  • Taym Menejerdan foydalanish bo’yicha “ SHaxsiy samadorlikka kalit” yo’riqnomalari;

  • kompaniya mahsulotlari katologi;

  • qo’shimcha blankalar namunalari.

Halqali mexanizmga ega papkalar turi Taym Menejerning variantiga ko’ra farqlanadilar. Qolgan elementlar uning barcha variantlarida bir xildadir.
Nazorat savollari



    1. Qanday mehnat boshqaruvchi bo’ladi?

    2. Boshqaruv mehnatning xarakteri nimadan iborat?

    3. Boshqaruv mehnatning qaysi turlari mavjud?

    4. Boshqaruv mehnatni ilmiy tashkil qilish nimaga asoslanadi?

    5. Boshqaruv mehnatni ilmiy tashkil qilishning yo’nalishlari qanday?

    6. Ish kunini suratga olishda nima o’rganiladi?

    7. Rahbarning “o’zini o’zi boshqaruvni” atamasi nimani bildiradi?

    8. Rahbarning shaxsiy ishini (o’zini o’zi boshkaruvining ) tashkil qilish qanday vazifadan boshlanishi kerak?


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish