4. Davlat boshqaruvi.
Boshqaruv faoliyati nazariyalarini tahlil qilishda davlat boshqaruvini o’rganishga alohida ahamiyat qaratilishi lozim. Mamlakatimizda davlat boshqaruvini tashkil etilishini o’rganishga kirishamiz.
O’zbekiston - mustaqil, demokratik respublika. Unda demokratiya umuminsoniy tamoyillarga asoslanadi, bu tamoyillarga asosan eng oliy qadriyat inson, uning hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr-qimmati va boshqa ajralmas xuquqlaridir. Demokratik xuquq va erkinlik Konstitutsiya va qonunlar tomonidan ximoya qilinadi. Rsepublika o’z milliy - davlat va ma’muriy-xududiy tuzilishini mustaqil ravishda belgilaydi, o’z ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. Jamiyat hayotining eng muhim masalalari umumxalq muhokamasiga havola qilinadi, umumiy ovoz berish (referendum) natijasida hal etiladi. Respublika davlat jamiyati tizimi xokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatlariga bo’linish tamoyillariga asoslanadi.
Mamlakatimizda oliy davlat vakillik tashkiloti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hisoblanadi. Oliy Majlis qonun chiqaruvchi xokimiyatdir. U xududiy saylov okruglardan saylanadi. Oliy Majlisga saylanish xuquqiga saylov kunigacha 25 yoshga to’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari ega bo’ladilar.
Oliy Majlis O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qiladi, shuningdek unga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritadi, O’zbekiston Respublikasi qonunlarini qabul qiladi; qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatlari tashkilotlari tizimi va vakolatlarini belgilaydi; bojxona, valyuta va kredit faoliyatini, davlat bankini boshqarishni qonuniy jixatdan tartibga soladi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi xududiy ma’muriy tuzilishi, chegaralarining o’zgarishi masalalari bilan shug’ullanadi.
Vazirlar Mahkamasi tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil topadi va respublika Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Qoraqalpog’iston Respublikasi xukumati rahbari ham kiradi. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohalar samarali amal qilishida, Oliy Majlis qonunlari va boshqa qarorlari bajarilishiga, O’zbekiston Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlarini amalga oshirishga rahbarlik qiladi.
Vazirlar Mahkamasi mavjud qonunchilikka muvofiq ravishda farmoyish va qarorlar chiqaradi; bu qarorlar O’zbekiston Respublikasining butun xududida, barcha tashkilot va muassasalar, amaldor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi shart. Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlisga o’z vakolatlarini topshiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |