III- bob. VODOROD IONLARI KONSENTRASIYASINI ANIQLASH
---------------------------------------------------------------------------------------------
1.pH haqida tushuncha
Vodorod ionlarining konsentrasiyasi, eritmada muhim faktor hisoblanadi, uni turli- tuman ximik va biologik jarayonlarda hisobga olish albatta zarurdir. Vodorod ionlari konsentrasiyasini harakterlash uchun pH haqidagi tushuncha kiritilgan.
Suv kuchsiz bo’lsa ham H+ va OH- ionlarga quyidagi tenglama bo’yicha dissosiasiyalanadi:
H2O=H++OH-
Harakatdagi massalarning qonunlaridan foydalanib quyidagini yozishimiz mumkin:
Qavslar [ ] ionlar konsentrasiyasi va dissosiasiyalanmagan molekulalar belgisidir.
Suv juda kuchsiz dissosiasiyalanadiganligi uchun dissosiasiyalanmagan suv molekulalari konsentrasiyasini, shu temperaturadagi doimiy miqdor deb hisoblasa bo’ladi.U vaqtda:
[H]+∙[OH-]=K∙[H2O]=Kw olinadi.
Kw suv ionlarning ko’paytmasidir. 15 dan to 2°C gacha bo’lgan harorat intervalida Xw ning qiymati tajriba yo’li bilan aniqlangan va 10-14 ga tengdir. Ammo Kw harorat ko’tarilishi bilan tez o’sib boradi va 100°C da uning miqdori 10-12ga yetadi.
Mutlaqo toza suvda [H+]=[OH]- bo’ladi bundan vodorod ionlari konsentratsiyasini, uning salbiy o’ngli logarifmasi orqali ifodalash ancha qulaydir. Bu son vodorod ko’rsatgichi deb atalib, pH simvoli bilan ko’rsatiladi:
pH=-1g[H+]
Eritma reaksiyasi neytral bo’lganda uning pH-7, eritmani nordonlashtirganda pH-7 dan 0 gacha o’zgaradi. Eritmaning ishqorlashtirilganda pH-7 dan 14 gacha o’zgaradi.
pH+pOH=14
pH-pOH 7 –neytral muhit
pH<7-kislotali muhit
pH>7-ishqorli muhit
Eritma pH ning qiymatini hisoblab chiqish uchunvodorod ionlarining konsentratsiyasini logarifmlashtirish kerak.
pH ma’lum bo’lgan eritmani olish uchun vodorod ionlarining ma’lum konsentratsiyasiga ega bo’lgan buferli eritmalaridan foydalaniladi, u kam darajada suyultirishga bog’liq bo’lib, azot kislota yoki ishqor bir oz miqdorda qo’shilda, salgina o’zgaradi. Buferli eritmalar kuchsiz kislota va uning tuzi aralashmasi yoki kuchsiz asos va uning tuzi aralashmasi hisoblanadi, masalan, CH3COOH+CH3COONa yoki NH4Cl-NH4OH aralashmasi. Amaliyotda kislotasi va tuzining umumiy konsntrat6siyasi 0,05 dan 0,1 n gacha bo’lgan buffer eritmalari ishlatiladi.
Eritmalar pH kolorimetrik yoki fizik-ximiyaviy uslublar bilan aniqlanadi. Kolorimetrik uslublar pH ning har xil qiymatida indikator rangining o’zgarishiga asoslangan. Sezuvchanlik darajasiga pH qarab indikatorlar quyidagilarga bo’linadi.
1. agar bir rangning boshqa ranga o’tadigan joyida pH 7 ga yaqin yotsa neytral indikator
2. agar bir rangning boshqa ranga o’tadigan joyida pH<7 bo’lsa, kislotali
3. agar bir rangning boshqa ranga o’tadigan joyida pH 7 bo’lsa ishqorli hisoblanadi
7>
Do'stlaringiz bilan baham: |