O’quv-uslubiy majmua 5140300-Kimyo va ekologiya bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari uchun Tuzuvchi – kimyo fanlari nomzodi



Download 3,65 Mb.
bet166/271
Sana29.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#591850
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   271
Bog'liq
Analitik kimишланма харитаси

Permanganatometriya. Permanganatometriya- deb ishchi eritmasi sifatida kaliy permanganat KMnO4 ishlatiladigan hajmiy analiz metodiga aytiladi.
Kaliy permanganat ayniqsa kislotali muhitda, kuchli oksidlovchi hisoblanadi. Sharoitga qarab KMnO4 qaytarilganda turli oxirgi mahsulotlar hosil bo’ladi. Kislotali muhitda MnO-4 ionlari rangsiz Mn2+ ionlarigacha qaytariladi;

MnO4- + 5e- +8H+ → Mn2+ + 4H2O


Kuchsiz kislotali, neytral va ishqoriy muhitda MnO4- ionlari marganes IV birikmalarigacha qaytariladi, marganes dioksid MnO2 ning to’q jigarrang cho’kmasini hosil qiladi:


MnO4- + 2H2O + 3e- → MnO2 + 4OH-


Qora cho’kmaning hosil bo’lishi reaksiya oxirini aniqlashni qiyinlashtiradi, shuning uchun titrlash ortiqcha kislota qo’shib kislotali muhitda olib boriladi. Bundan tashqari, permanganatning kislotali muhitdagi oksidlash aktivligi ishqoriy yoki neytral muhitdagidan ancha yuqoridir. Kislotali muhit hosil qilish uchun faqat sulfat kislota ishlatiladi. Xlorid kislotani ishlatib bo’lmaydi, chunki u kaliy permanganat bilan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga kirishadi va bunga qo’shimcha miqdorda ishchi eritma sarf bo’lgan, tabiiyki titrlash natijasi to’g’ri kelmaydi. Oksidlovchi bo’lgan nitrat kislota oksidimetriya metodlarida kislotali muhit hosil qilishga ishlatilmaydi.


MnO4- ionlari KMnO4 eritmalariga malina rang beradi, titrlash mobaynida eritma rangsizlanadi. Eritmada qaytaruvchi qolmagan vaqtda qo’shilgan 1 tomchi KMnO4 dan titrlanayotgan aralashma pushti rangga kiradi. Shunday qilib, ekvivalent nuqta ishchi eritmaning o’zi bialn aniqlanadi va bu metodda indikator ishlatilmaydi.
Ba’zi hollarda kaliy permanganat bilan oksidlanish reaksiyasi sekin ketadi. Shuning uchun titrlash issiq, deyarli qaynatilgan eritmada olib boriladi. Reaksiya katalizator rolini o’ynaydigan Mn2+ ionlari ta’sirida ham tezlashadi. Mn2+ ionlari titrlash mobaynida hosil bo’ladi, shuning uchun maxsus katalizator qo’shishga hojat yo’q. Ammo titrlash boshlanishida katalizator bo’lmaydi, shuning uchun KMnO4 eritmasining birinchi qismlari sekin reaksiyaga kirishadi va titrlashni KMnO4 ning juda oz qismlarini qo’shish bilan boshlash kerak.
KMnO4 ning titrini aniqlashga boshlang’ich modda bo’lib shavel kislotasi H2C2O4·2H2O xizmat qiladi. Titrlashda reaksiya quyidagicha ketadi.

2KMnO4 + 3H2SO4+5 H2C2O4 = 2MnSO4+K2SO4+10CO2+ 8H2O


C2O42- - 2e- →2CO2 5
MnO4- + 8H+ +5e- → Mn2+ + 4H2O 2

Permanganatometriya ko’pincha temir (II), kalsiy (oksalat holida) tuzlarini, shavel kislotasini, mis (I) ni vodorod peroksidni analiz qilishda ishlatiladi. Permanganatometriya metodi oksidlovchilarni aniqlashda ham qo’llanilishi mumkin. Bu holda aniqlanayotgan moddaga ma’lum miqdorda ortiqcha, aniq o’lchab olingan qaytaruvchi eritmasini qo’shib teskari titrlash qo’llaniladi. Keyin ortiqcha qaytaruvchi kaliy permanganat eritmasi bilan titrlanadi.



Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish