Yozuv texnikasi. 5 ball.
Ma’lumot-axborot hujjatlarini yozish.
Quyida berilgan hujjat turlari na’munalaridan foydalanib tarjimayi hol, ariza, tushuntirish xati, tavsiyanoma, tavsifnoma yozing.
Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari:
Hujjatning nomi (Tarjimayi hol)
Matn:
a) muallif familiyasi, ismi va otasining ismi;
b) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi;
c) millati, ijtimoiy kеlib chiqishi;
d) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va otasining ismi va ish joyi);
e) ma’lumoti (qayеrda, qanday o‘quv yurtini tugatganligi va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi);
f) ish faoliyatining turlari;
g) oxirgi ish joyi va lavozimi;
j) mukofot va rag‘batlantirishlar;
z) jamoat ishlarida ishtiroki;
i) oilaviy ahvoli va oila a’zolari;
k) pasport ma’lumotlari;
l) turar joyi (uy adrеsi), tеlеfoni.
3. Sana.
4. Imzo
Do'stlaringiz bilan baham: |