O‘quv-uslubiy ko‘rsatma 5330502 Kompyuter injiniringi (at servis) 2-3 kurs ikkinchi mutaxassislik sirtqi ta’lim yo‘nalishlari uchun Farg‘ona-2021


Akademik yozuv 1 fanidan talabalarning mustaqil ishlash uchun shaxsiy varaqasi



Download 1,62 Mb.
bet3/11
Sana23.01.2022
Hajmi1,62 Mb.
#404521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mustaqil ta'lim ko'rsatma. sirtqi. doc

Akademik yozuv 1 fanidan talabalarning mustaqil ishlash uchun shaxsiy varaqasi




Mustaqil ta’lim mavzulari

Berilgan topshiriqlar

Bajar.

muddat.

Hajmi

(soatda)

I semester

1

Nutq uslublari

Mavzu bo‘yicha mashqlarni bajarish (5%)

4-hafta

7

2

Yozuv texnikasi

Berilgan mavzu bo‘yicha mashqlarni bajarish (5%)

5-hafta

7

3

Yozuv texnikasi

Ma’lumot-axborot hujjatlarini yozish (5%)

6-hafta

7

4

Adabiy til me’yorlari

Berilgan mavzuda taqdimot tayyorlash (5%)


7-hafta

7

5

Tezis yozish

Berilgan mavzuda tezis yozish (5%)

9-hafta

7

6

Publitsistik matnlarni tayyorlash

Istalgan mavzuda publitsistik maqola yozish (5%)

12-hafta

7

7

Publitsistik matnlarni tayyorlash

Istalgan mavzuda reklama matnini yaratish (5%)

14-hafta

6

8

Og’zaki va yozma nutq xususiyatlari mavzusida esse yozish

Og’zaki va yozma nutq xususiyatlari mavzusida esse yozish (5%)

15-hafta

6

Jami

54



  1. Nutq uslublari – 5 ball

Mashqlarni bajaring.

1-mashq. Gaplarni o‘qing. Eski uslubga xos lisoniy qoliplarning ma’nosini izohlang va hozirgi adabiy tildagi muqobillarini qavsda ko'rsatib ko‘chiring.

1. Xoja Kalonga salom degach, so‘z ulkim, Shamsiddin Muhammad Atovag‘a keldi... Tengri taolodin umid andoqdurkim, bu oraning ishi Tangri taolo inoyati bila bot saranjom topgan. («Boburnoma»dan). 2. Qulluq arzadosht ulkim, safardin salomatliq bila qaytib, maskanga tushulgan xabardin davlatxoh qullar shodmon b o ‘ldilar. Umid ulki, hamisha davlat ila sog‘ va salomat bo‘lub olam ahlig‘a komron bo‘lg‘aysiz. (Alisher Navoiy, «Munshaot»dan). 3. Yer-u ko'kni yaratgan Tangri taologa cheksiz shukrlar bo‘lsinki, yetti iqlim mamlakatlarining ko‘pini mening farmonimga kirgizdi va olim sultonlari va hokimlari menga egilib, itoat qilish halqasini jon quloqlariga taqdilar. («Temur tuzuklari»dan). 4. Biri ulkim, viloyat molin mashvaratsiz olib turursiz va bu ma’hud emas erdi... Chun sizning tobug‘ingizga ayturga davlatxohlig1 so‘zini ayturg‘a ma’murmen. U1 jihatdin go‘stohliq bila arzadosht bitildi. (Alisher Navoiy, «Munshaot»dan).



2-mashq. Ish yuritishda ilgari qo'llangan quyidagi so‘zlarning hozirgi tilimizdan ma’nodoshlarini toping va ular ishtirokida gaplar tuzing:

munshaot, yorliq, patta, noma, chopar, munshiy, farmoni oliy, mirzaboshi, devonbegi.

3-mashq.Quyida berilgan so‘zlardan terminlarni ajratib yozing va ularni qaysi sohaga tegishli ekanligini aniqlang. Uslubiy betaraf so‘zlarni toping.

Mashg‘ulot, dialog, matn, kesim, dastur, tenglama, fonema, unli, undosh, ko‘p qirrali, kredit, kitob, televizor, internet, uchburchak, vaziyat, pul, narx, qiymat, cheksizlik, kompyuter, magniy, integral, kislorod, algoritm, jadval, o‘lcham,suyuqlik, qirra, texnika, modda, natija, havo, suv, yoz, fasl, auditoriya, xona, bozor.

4-mashq. Quyidagi so‘z birikmalari ishtirokidagi gaplar tuzing. Ularni rasmiy yoki shaxsiy munosabatni ifodalashiga ko‘ra guruhlarga ajrating.

Iltimos qilmoq, talab etilmoq, o‘qishga kirmoq, vazifadan ozod etilmoq, aytilganlarni inobatga olgan holda, salom yetkazmoq, jadvalga muvofiq, ko‘ngilni ko‘tarmoq, amalga oshirmoq, aytib bermoq, zimmasiga yuklamoq, vaqt topolmaslik, dasturlovchi bo‘lib ishlamoq, ro‘yxatga olinmoq, hushxabar yetkazmoq, haroratni pasayishi oqibatida.



5-topshiriq. Berilgan matnlarning hujjatning qaysi turiga kirishini aniqlang, ular o ‘rtasidagi farqlarni izohlang.

I. Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun ishqida yig‘lagan Layli otidan — sizga boshimdagi sochlarimning tuklaricha behad salom. Mendan — haddu-hisobsiz gunoh, sizdan kechirish. 0 ‘tgan ishga salovat. Chunki shu ikki yil ichida kechirgan qora kunlarni esga olish mening uchun o ‘sha kunlarni qaytadan boshdan kechirishlik singari, ul kunlarni siz uniting-u nutmang, ammo men unutdim. Shuning uchun so‘zimni o‘zimning oxirgi ham chin baxt islari hidlagan tariximdan boshlayman...

Xatim oxirida shuni ham aytib qo‘yay: o‘ch qaytib, men ham ko‘chadan haydalmasam edi, degan xavf hamisha ko‘nglimda. Agar xudo yorlaqab eshigingizda o‘rinlashib olsam, u yog‘ini o ‘zim bilar edim...

3 hamal, Marg‘ilon, Kumushingiz yozdim.

A. Qodiriy, «O'tkan kunlar»dan

II. Men, Abdulla Islomov, kasalligim tufayli o‘z akam Akmal Islomovga (SA seriyadagi 0612408 raqamli pasportga ega) «Cho‘lpon yulduzi» mas’uliyati cheklangan jamiyat kassasidan 2002-yil oktabr oyi uchun yozilgan maoshimni olishga ishonch bildiraman.

III. Otamni ham xuddi bobom kabi Isroil degrez der edilar. Otam zahmatkash temirchi edi. O'sha vaqtda bolalarini boqish, ro‘zg‘or tebratish uchun odamlar juda ko‘p mehnat qilishlari zarur ekanligiga sira aqlim yetmas ekan. Otamning hamma vaqt olovga yo‘ldosh kasbidan faqat zavq va shavqni ko‘rar edim. Otamday qudratli odam yo‘q edi men uchun. Temirlar otam q o iid a chaqmoqlar taratishiga boqib, hayratda qolar edim. Uning qo‘llari cho‘qqa aylangan temir parchasini istagan shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga qodir edi. Men hali-hanuz otamday bo‘lishni orzu qilaman, ammo na iloj, inson qalbiga kira bilish temirga ishlov berishdan mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish har kimga ham muyassar bo‘lavermas ekan...

Zulfiya, 1965- yil




  1. Download 1,62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish