O‘quv-uslubiy ko‘rsatma 5330502 Kompyuter injiniringi (at servis) 2-3 kurs ikkinchi mutaxassislik sirtqi ta’lim yo‘nalishlari uchun Farg‘ona-2021



Download 1,62 Mb.
bet7/11
Sana23.01.2022
Hajmi1,62 Mb.
#404521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mustaqil ta'lim ko'rsatma. sirtqi. doc

Ishdan bo‘shatish haqidagi arizalardan na’munalar

TATU Farg’ona filiali direktori A.Rasulovga

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi

o‘qituvchisi Sh.Yoqubovadan

ARIZA

Meni o‘qituvchi lavozimidan o‘z ihtiyorimga ko‘ra ozod etishingizni so‘rayman.


2020.29.10. (imzo) Sh.Yoqubova





Toshkent viloyati Chinoz tumani

4-kasalxona bosh vrachi S.Rahimovga

Reanimatsiya bo‘limi

vrachi K.Sobirovadan
ARIZA
Boshqa shaharga yashash uchun ketayotganligim tufayli, meni kasalxona reanimator vrachilavozimidan ozod etishingizni so‘rayman.

2019.20.01. (imzo) Ism,familiya




Talabalar yozishi mumkin bo‘lgan arizalar

TATU Farg’ona filiali

Telekommunikatsiya texnologiyalari

va kasb ta’limi fakulteti dekani B.Tolipovga

630-20 guruh talabasi Samadov Nodirdan
ARIZA

Boshqa viloyatdan kelganligimni e’tiborga olib,menga talabalar turar joyidan joy berishingizni so‘rayman.


2020.15.11. (imzo) ism,familiya




TATU Farg’ona filiali

Kompyuter injeneringi fakulteti

dekani A.Qodirovga

640-19 guruh talabasi

Samadov Nodirdan


ARIZA

Kasalligim tufayli qishki imtihonlarni o‘z vaqtida topshira olmadim. Ana shu imtihonlarni topshirishga ruxsat berishingizni so‘rayman.

Arizamga kasalligim haqidagi vrach ma’lumotnomasini ilova qilaman.

2020.15.02. (imzo) ism,familiya







TATU Farg’ona filiali

direktori A.Rasulovga

Kompyuter injeneringi fakulteti

610-18 guruh talabasi Rahimov Salimdan


ARIZA

Sog’ligim yomonlashgani va uzoq muddat davolanishim zarurligi tufayli menga bir yillik o‘quv (akademik) ta’til berishingizni so‘rayman.

Arizamga tibbiyot muassasining xulosasi ilova qilindi.
2020.10.09 (imzo) ism,familiya




Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

kasaba uyushmasi qo‘mitasiga

Axborot xavfsizligi fakulteti

2-kurs talabasi Komil Rahimovdan

ARIZA

Stipendiya miqdorining kamligi va xususiy xonadonda ijaraga yashayotganimni e’tiborga olib, menga moddiy yordam ko‘rsatishingizni iltimos qilaman.

2020.10.11 (imzo) ism,familiya


Iltimos arizasi na’munalari

Toshkent shahar 2-un kombinati

rahbari X.Rahimovga

Don tozalash bo‘limi ishchisi

Tolib Qahhorovdan



ARIZA

Oilaviy sabablarga ko‘ra (otamning og’ir kasalligi va doimiy parvarishga muhtoj bo‘lib qolganligi sababli), menga 2020 yilning 10 avgustidan 16 avgustiga qadar qisqa muddatli maoshsiz ta’til berishingizni so‘rayman. Arizamga 3-shahar kasalxonasidan berilgan ma’lumotnoma ilova qilindi.


2020.09.08 (imzo) ism,familiya





Toshkent shahar Hamza tumani

ijtimoiy ta’minot bo‘limi mudiri M.Dadaboyevga

mazkur tumandagi Visol ko‘chasi 68-uyda yashovchi

2-guruh nogironi Rahim Boboyevdan



ARIZA

Menga 2020 yil sentyabr oyida yurak-qon tomir kasalliklari shifoxonasida davolanish uchun yo‘llanma ajratishingizni so‘rayman.

Arizamga tibbiyot muassasasi ma’lumotnomasi ilova qilindi.
2020.20.08 (imzo) ism,familiya

Ko‘pchilik nomidan yoziladigan iltimos arizasi na’munalari



Farg’ona viloyati

gaz ta’minoti boshqarmasi boshlig’iga

Farg’ona tumani

Cheksho‘ra qishlog’i aholisidan


ARIZA

Bizning qishloqda 1000 dan ziyod aholi istiqomat qiladi. Bugungi kunda hududimizda 1oydan buyon gaz umuman yo‘q. Aholi uylarini isitish uchun ko‘mir yoki o‘tin sotib olishga majbur bo‘lmoqda. Lekin ko‘p xonadonlar isitish tizimi ko‘mir yoki o‘tin yoqishga moslashmagan. Qishlog’imizda asosan yosh oilalar bo‘lib, ularning yosh farzandlari bor.

Yuqoridaglarni e’tiborga olib, hududimizni gaz bilan ta’minlashga yordam berishingizni so‘raymiz. Qishloq ahli texnik ishlarga moddiy yordam berishga tayyor.

2020.10.11 (imzolar) (familiyalar)






Toshkеnt davlat pеdagogika

univеrsitеti o‘zbеk va qozoq

filologiyasi fakultеti dеkani

N.Abdurahmonovga

3-kurs talabasi

Odil Salimovning


T U S H U N T I R I S H X A T I
Mеn 2007-yilning 21-fеvralidan 10 martigacha bo‘lgan davrda onamning qattiq bеtobligi tufayli 46 soat mashg‘ulotga qatnasha olmadim.

Ilova : Onamning kasalligi haqidagi vrach ma'lumotnomasi .

2007.10.03 (imzo) O.Salimov


O‘z MU fizika fakultеtining 4-kurs talabasi, 19995-yilda tug‘ilgan, o‘zbеk

Nazar Shukurovga
T A V S I F N O M A
Nazar Shukurov o‘rta maktabni tugatgach, 2003-yilda fizika fakultеtining 1-kursiga o‘qishga kirdi. Univеrsitеtda tahsil olish davrida u intizomli, ziyrak va zukko talaba sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Bilimlarni qunt bilan o‘rganishga harakat qiladi. Fizika fanlariga alohida qiziqadi. U 2002-yilning aprеl oyida talabalarning Xalqaro ilmiy konfеrеntsiyasida ma'ruza bilan qatnashdi. Ma'ruzasi konfеrеntsiyaning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. N.Shukurov fakultеtning jamoat ishlarida faol qatnashadi, fakultеtning «Yosh fiziklar» dеvoriy gazеtasiga muharrirlik qiladi.

U kamtarin va to‘g‘riso‘zligi, mеhribonligi tufayli hamkurslari hurmatiga sazovor bo‘lgan.

Tavsifnoma Sobir rahimov tuman hokimiyatiga taqdim qilish uchun bеrildi.
Dеkan (imzo) O.R.Azizov

Kasaba uyushmasi raisi (imzo) A.R.Mirvaliеva

(muhr)

(sana)




T A V S I Y A N O M A
Mеn Hakim Shamsiddinovni 1974 yildan bеri yaqindan taniyman. 1984-yildan boshlab O‘zFA Til va adabiyot institutida birga ishlaymiz. Bu davr ichida u atamashunoslik sohasida еtuk mutaxassis sifatida tanildi, filologiya fanlari nomzodi bo‘ldi. Uning diss еrtatsiya ishi, bir qancha maqolalari ilmiy puxtaligi bilan ajralib turadi.

H.Shamsiddinov intizom va qat'iyatliligi bilan jamoada obro‘ qozongan, totuv oilaning boshlig‘i. Institut ilmiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kеlmoqda.

Shu sababli mеn Hakim Shamsiddinovni O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qo‘mitasida ishlash uchun tavsiya qilaman.
(imzo) filologiya fanlari

nomzodi A.Qosimov

2007-yil 16-fеvral




  1. Download 1,62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish