9. MEB va xaridorlar o’rtasidagi hisob-kitoblarni qanday guruhlarga bo’lish mumkin? A. Amortizatsiya hisobi bo’yicha, tovar muomalalari bo’yicha.
B. Soliq majburiyati bo’yicha, moliyaviy majburiyatlar bo’yicha.
C. Investitsiya bo’yicha, soliq majburiyati bo’yicha.
D. Tovar muomalalari bo’yicha, moliyaviy majburiyatlar bo’yicha.
E. Tovar muomalalari, soliq majburiyati bo’yicha.
10. Quyidagilardan qaysi biri ichki hisob-kitob muomalalari auditining ma’lumot manbai hisoblanadi? A. MEBlar bilan hisob kitoblar.
B. Byudjet bilan hisob kitoblar.
C. Auditorlik tashkiloti bilan hisob kitoblar.
D. Yollangan shaxslar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob kitoblar.
E. To’g’ri javob berilmagan.
18-MAVZU. XUSUSIY KAPITAL ShAKLLANIShI VA TA’SISChILAR BILAN HISOBLAShIShLAR AUDITI Topshiriq: 1.Ustav kapitalini tekshirishning maqsad va vazifalari 2.Ta’sis hujjatlarini tekshirish 3.Dastlabki hujjatlarni tekshirish 4. Xususiy kapitalni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari 5.Akttsiyadorlar ulushi va dividendlari auditi
MAVZU BO’YIChA TESTLAR 1. Aktivlarining balans qiymati 1 mlrd so’mdan yuqori so’mmani tashkil etadigan korxonalarda kamida necha nafar sertifikatsiyalangan auditor ishlashi lozim? A. 1 nafar.
B. 2 nafar.
C. 3 nafar.
D. 4 nafar.
E. 5 nafar.
2. Ichki auditorga tekshirish uchun huquq beradigan hujjat? A. Malaka sertifikati.
B. Litsenziya.
C. Diplom.
D. Order.
E. Guvohnoma.
3. Quyidagilardan qaysi biri ichki audit xizmatining asosiy funksiyalari qatoriga kirmaydi: A. Har yili korxonaning kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq ko’rsatilgan yo’nalishlar bo’yicha tegishli tekshirishlar o’tkazish yo’li bilan ichki auditni amalga oshirish (har chorakda va hisobot yili yakunlari bo’yicha);
B. Tuziladigan xo’jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o’tkazish;
C. Buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda korxonaning tarkibiy bo’linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo’yicha maslahatlar berish;
D. Texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshirishlarini o’tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning kuzatuvchi kengashiga ko’maklashish.
E. Kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo’yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash.