800–899 Maxsus sohalar AXS 800, «Maxsus masalalar – maxsus maqsadli asoslarga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlar auditi»
AXS 805, «Maxsus masalalar – ayrim moliyaviy hisobotlar hamda moliyaviy hisobotdagi maxsus elementlar, schyotlar yoki moddalar auditi»
AXS 810, «Qisqartirilgan moliyaviy hisobotlar bo’yicha hisobot (xulosa) taqdim etish kelishuvlari»
1-MUSTAQIL IShI
MAVZU: AUDITNI TAShKIL ETISh VA REJALAShTIRISh Topshiriq 1. Ushbu xo’jalik yurituvchi sub’ekt majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilshini aniqlang
2. Xo’jalik faoliyatini bayon qiling va ichki nazorat tuzimiga baho bering.
3. Muhimlik darajasini va auditlik riskini belgilang
4. O’rganilayotgan ob’ekt bo’yicha auditorlik tekshiruvi blok sxemasini tuzing.
5. Auditning umumiy rejasini va dasturini tuzing.
6. Mijoz korxonadan olinadigan hujjatlar ro’yxatini tuzing.
7. Auditni rejalashtirish bo’yicha hisobot tayyorlang
8. Audit o’tkazish bo’yicha shartnoma loyihasini tuzing.
Topshiriqni bajarish uchun materiallar: Ta’sis hujjatlardan ko’chirma.
2. Hisob siyosati to’g’risidagi buyruq
3. Xo’jalikning buxgalteriya balans (1-shakl )
4. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2-shakl)
5. Yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish va izohlar.
Topshiriqni bajarish shartlari 1. 1-topshiriq. Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonunga muvofiq bajariladi.
2. 2-topshiriq ta’sis hujjatlarini va hisobotni o’rganish asosida bajariladi hamda auditni rejalashtirish hisobotining mijoz-korxona haqida umumiy ma’lumotlar bo’limini tuzish uchun material sifatida foydalinadi.
3. Ichki nazorat tuzish holatini baholash (3-topshiriq) “Muhimlik va auditorlik riski” va “Auditorlik tekshiruvi paytida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash” nomli auditorlik faoliyati milliy standart (AXS) lar talablariga muvofiq o’tkaziladi va quyidagi asosida bayon qilinadi:
hisobotni formal belgilari bo’yicha tekshirish natijalari;
hisobni ekspress-tahlil natijalari;
rejalashtirayotgan auditorlik riskini aniqlash maqsadida ichki nazorat tizimining ishonchliligi bo’yicha xulosa;
olingan ma’lumotlar auditni rejalashtirish hisobotining ,,Ichki nazorat tizimi holatini baholash” bo’limini rasmiylashtirishda foydalinadi.
4. 4-topshiriq mijoz- korxonaning ichki nazorat tizimini baholash asosida bajariladi
5. Auditning umumiy rejasi va dasturini (5-topshiriq) mijoz- korxona ichki nazorat tizimini baholash va moliyaviy hisobot tahlili asosida mijoz-korxona faoliyati bilan tanishish natijalari asosida «Auditni rejalashtirish» nomli AXS talablariga muvofiq rasmiylashtirgan holda tuzing.
1-jadval