14-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni auditi Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni. Korxona faoliyatida ishlab chiqarish jarayoni auditining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari. Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazishni rejalashtirish. Korxona faoliyatida ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazish tartibi. Tekshiruv jarayonida olingan ma’lumotlar asosida ishlab chiqarish xarajatlari auditi natijalarini umumlashtirish.
15-mavzu. Mehnat haqi hisobi va to’lash jarayoni auditi Xodimlar bilan hisob-kitoblar auditining me’yoriy asoslari. Aktsiyadorlik jamiyatlarida mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va manbalari. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditini rejalashtirish bosqichi. Xodimlar bilan mehnat haqi va boshqa muomalalar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish.
3-modul. Xususiy kapital shakllanishi hamda daromadlar va xarajatlar auditi
16-mavzu. Xususiy kapital shakllanishi va ta’sischilar bilan hisoblashishlar auditi Ustav kapitalini tekshirishning maqsad va vazifalari. Ta’sis hujjatlarini tekshirish. Dastlabki hujjatlarni tekshirish. Sintetik va analitik hisob registrlarini tekshirish. Qo’shilgan kapitalni tekshirish. Zahira kapitalini tekshirish. Taqsimlanmagan foydani tekshirish.
17-mavzu. Daromadlar va xarajatlar auditi Xo’jalik yurituvchi subektlar moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi. Mahsulotlarni sotish va moliyaviy natijalarning o’zaro bog’liqligi. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foydani tekshirish. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni tekshirish. Yakuniy moliyaviy natija auditi.
3. Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar Fan bo’yicha laboratoriya ishlari o’quv rejada ko’zda tutilmagan.
4. Mustaqil ta’limnining shakl va mazmuni Mustaqil ta’lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo’lib, auditni o’rganishda fanning biror bir mavzusini to’laroq o’zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda bajariladi. Mustaqil ishni bajarishdan maqsad, talabaning o’qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi.
“Audit” fani bo’yicha mustaqil ta’limning mazmuni