O’quv-uslubiy bo’lim tоmоnidаn ro’yхаtgа оlingаn


Amaliy mashg’ulotlar uchun vazifalar



Download 309,83 Kb.
bet49/71
Sana31.12.2021
Hajmi309,83 Kb.
#221209
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71
Bog'liq
УЗБЕК ТИЛИ СОХАДА КУЛЛАНИЛ МАЖМУА

Amaliy mashg’ulotlar uchun vazifalar:

1. Quyidagi gaplarni tahlil qiling, uslubiy g’alizliklarni toping: Janob boy, sizni k a y f s i z ko’raman, mumkinmi sababini bilsam (Behbudiy. Padarkush), Xotin kishi bo’lsayam b ye l i d a b ye l b o g’ i b o r e d i (O’.Hoshimov).


Qo’riqxonalar - O’zbekistonning oltin zahirasi
Yer yuzida yildan - yil tabiat burchaklariga inson qo’li etmagan yerlar kamayib bormoqda, ya'ni tabiatdagi cho’l, toğ va o’rmonlarning asl qiyofasini ko’rishga imkoniyat qolmayapti. Tabiatning asl muhitini va unda yashayotgan barcha jonzotlarni saqlab qolish uchun davlat tomonidan Qo’riqxonalar tashkil qilingan.

Qo’riqxona nima? Qo’riqxona- bu akvatoriya yoki territoriya, xo’jalikdan butunlay ajratiigan yer maydoni bo’lib hisoblanadi. Qo’riqxonalar- tabiatning ilmiy laboratoriyalari bo’lib, u erda tabiat rivojlanish qonuniyatlarining murakkab tekshirishlari va kuzatishlari o’tqaziladi.

Qo’riqxonalarda ayrim hayvon zotlari va o’simlik turlari o’rganiladi, hamda bu yerda insonning har qanday ta'siri umuman ta'qiqlanadi.

O'zbekistonda  birinchi Qo’riqxona- 1929 yilda Turkistonning ğarb qismida tashkil qilingan bo’lib, 8000 gektar (ga) maydoniga ega. Keyinchalik yer maydoni 15600 ga kengaytirilgan. U hozirda Zomin nomini olgan.

Ikkinchi Qo’riqxona - 1941 yilda_Orol daryosi qirğoqlarida tashkil etilgan bo’lib, 300000 gektar (ga) maydoniga ega.

Uchinchi     Qo’riqxona  -   1947   yilda  Toshkent   oblastiningOhangaron va Parkent tumanlari atrofida tashkil qilingan bo’lib, maydoni 22000 gektardan 35686 ga kengaytirilgan va hozirda Chotqol    nomi bilan ataladi.

1961 yilda O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Qo’riqxonasi tashkil qilindi, hozirda Surhondaryo   Qo’riqxonasi deyiladi.

1971 yilda respublikada 3 ta Qo’riqxona: Qoraqalpoqda- Baday Qo’riqxonasi, Buhoroda- Qorako’l va Qizilqum Qo’riqxonasi tashkil qilingan.

1975 yilda yana 4 ta Qo’riqxonalar tashkil etildi. Vardanzi (Buhoroda), Nurota (Nurotada), Qizilqum (Qashqadaryoda), Zarafshon (Samarqandda).

1976  yilda Qashqadaryoda Miroqchi Qo’riqxonasi , 1977 yilda Jizzaxda Arnasoy,1978 yilda Farğonada Abdusamat, 1986 yilda Surhondaryo Qo’riqxonasi tashkil etilgan, yer maydoni 245002 gektarga ega, uning tarkibiga Orol Payğambar Qo’riqxonasi qo’shildi.Yuqorida aytib o’tilgan Qo’riqxonalardan boshqa respublikamiz territoriyasida yana bir qancha Qo’riqxonalar bor. Ulardan tashqari milliy boğkarimiz, tabiiy yodgorliklarimiz ham bor. Har qaysi Qo’riqxonada ma'lum bir o’simlik turlari va hayvon zotlari saqlanadi, ularning yashashi, ko’payishi, iiziologiyasi, tabiati o’rganiladi.

O‘ylaymizki, tabiatda hech kim oq qoplonlami uchratmagan. Bundan chorak asr avval insonning xo ‘jalik faoliyati oqibatida mazkur noyob va go ‘zal hay vonlar o‘z yashash joylarini tark etib ketishdi. Ular umuman yo‘q boiib ketish xavfi ostida edi. Ammo bugungi kunda o‘nta oq qoplondan iborat bir oila Hisor togiarining g‘arbiy qismida yashab kelmoqda. Bunga Hisor tog‘-archa qo‘riqxonasini tashkil qilish natijasida erishildi.

  0‘zbekistonda 9 ta qo‘riqxona bor. Ularning umumiy maydoni 2164 km.kv va ular davlat tomonidan himoyalanadi. Ushbu hududlarda barcha xo‘jalik faoliyati ta’qiqlangan.

Qo‘riqxonalar - o‘simliklar va hayvonlaming ayrim turlarini yoki ekotizimni himoya qilish uchun moijallangan tabiatning hech kim tegmagan hududlaridir.

  Davlat qo‘riqxonalari doimiy ilmiy-tadqiqot o’tkazuvchi xodimlar va qo‘riqxona tashkil qilingan vaqtdan buyon yigib kelinadigan (ayrim hollarda 30- 40 yil davomida) hujjatli materiallarga ega. Bundan tashqari, qo‘riqxona sharoiti ekologik izlanishlar o‘tkazish uchun qulaydir.

  Qo‘riqxonalar dastlab tashkil qilinganda ilmiy ishlar tabiiy sharoitlami o‘rganish, fauna va florani ro’yxatga ohshdan iborat edi, xolos. Hozirgi vaqtda ayrim qo ‘ riqxonalarda j onivorlar va о‘simliklarning yo‘qolib borayotgan turlarini tiklash va saqlab qolish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

  Respublikamiz hayotida qo‘riqxonalarning о‘mi juda kattadir. Ular ajoyib va betakror landshaftlarni saqlab qolmoqda. Masalan, Zarafshon qo‘riqxonasi to ‘qayzorlar, hayvonot olamining noyob vakillari - Buxoro kiyigi, Seversov qo‘yi yoki Qizilqum qo'yi, tog‘ echkisi, oq qoplon va boshqa yo‘qolib ketayotgan hayvonlami saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan. 

  O‘zbekiston hududida Chotqol biosfera qo‘riqxonasi mavjud. U 1995 yilda Jahon biosfera qo‘riqxonalari tizimigakiritilgan. Qo‘riqxona g'arbiy Tyan-shon tog'li ekotizimni saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan. Chotqol qo‘riqxonasi 1947 yilda tashkil qilingan va Toshkent viloyati hududida joylashgan.

  Qo'riqxonalarimiz - tabiiy zahiralarimizning oltin fondi va kelgusi avlodlar uchun eng yaxshi sovg‘a desak ham bo‘ladi.

  Qo'riqxonalar tartibiga qat’iy rioya qilish natijasida yildan-yilga ulardagi hayvonot olami boyib bormoqda. 0‘zbekiston tog‘larida Nurota yong‘oq-meva qo‘riqxonasi tashkil qilinguncha Qizilqum qo‘yi (Seversov qo‘yi)ning soni yuztaga ham yetmasdi, hozir esa ularning soni 1000 taga yetib qoldi.

  20 yillar avval Amudaryo qirg‘oqlaridagi to‘qaylarda 100 dan ziyod Buxoro kiyigi yashab kelar edi. Beshta qo‘riqxona tashkil qilingach ushbu go’zal jonivorlar soni 1000 boshdan oshib ketdi.

  1976-yilda Buxoro yaqinida jayronlarni ko‘paytirish va keyinchalik ularni Turkistonning barcha cho‘lli hududlari bo‘yicha tarqatish va shuningdek, ushbu hayvonlaming biologiyasini o‘rganish uchun maxsus qo‘riqxona tashkil qilingan edi. So‘nggi 15 yil ichidajayronlar soni 44 tadan 1000 tagacha yetdi.

  Biz o’nlab qo‘riqxonalar, tabiiy milliy bog'lar tashkil qilmaylik, inson tabiatni muhofaza qilish ishiga vijdon bilan yondashmasa barcha harakatlar behuda ketadi.

Tabiatni kelgusi avlodlar uchun tabiiy, buzilmagan holda saqlab qolish - bugungi kunning asosiy muammolaridan biridir.

Qo’riqxonalar, Qizil Kitobning asosiy va muhim vazifalari tabiatimizni asrashimizga qaratilgandir. Siz ham o’z hissangizni qo’shing!



13-MAVZU. Og‘zaki va yozma nutqning o‘ziga xosligi. «Baliq- ozuqaning bebaho manbai»

Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.

Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi dеyiladi.

O’zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.




Download 309,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish