O’quv-uslubiy bo’lim tоmоnidаn ro’yхаtgа оlingаn


Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar



Download 309,83 Kb.
bet61/71
Sana31.12.2021
Hajmi309,83 Kb.
#221209
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71
Bog'liq
УЗБЕК ТИЛИ СОХАДА КУЛЛАНИЛ МАЖМУА

Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar

1- mashq.Quyida berilgan so‘zlardan terminlarni ajratib yozing va ularni qaysi sohaga tegishli ekanligini aniqlang. Uslubiy betaraf so’zlarni toping.

Mashg‘ulot, dialog, matn, kesim, dastur, tenglama, fonema, unli, undosh, ko‘p qirrali, kredit, kitob, televizor, internet, uchburchak, vaziyat, pul, narx, qiymat, cheksizlik, kompyuter, magniy, integral, kislorod, algoritm, jadval, o‘lcham, suyuqlik, qirra, texnika, modda, natija, havo, suv, yoz, fasl, auditoriya, xona, bozor



2- mashq. Matnni ko‘chiring. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.

Atomlar kimyoviy bo‘linmaydigan zarralardir. Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari grafit, oltingugurt hamda barcha turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi. Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi. Suv, karbonat angidrid, mis (II) oksidi shular jumlasidandir.



3- mashq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering. Gaplarni qaysi nutq uslubiga mansubligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.

Ultra tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan. Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 33m/sekundga teng bo‘lsa, suvdagi tezligi 1500 m/sekund, po‘latda esa 6000 m/sekund ekanligi o‘lchov asboblari yordamida aniqlangan.

Agronom – yerning asl egasi

Agronomiya qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarish fani bo’lib, u qishloq ho‘jaligida qiymatga ega bo‘lgan barcha ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanadi. Agronom esa qishloq ho‘jaligi mutaxassisi hisoblanib, u agronomiya sohasidagi ko‘p qirrali ilmga ega bo‘ladi. Agronom dala, bog‘ va issiqxona mahsulotlarining yangi navlarini yaratadi. Tuproq va yer xususiyatlaridan kelib chiqib, qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishini rejalashtiradi va amalga oshiradi. Agronom hamma davrlarda odamlarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish maqsadida Quyosh va Yerning yashil dunyosi o‘rtasidagi bog‘lovchilik funksiyasini bajaruvchi kishi hisoblanadi.

AGRONOMLIK MAS’ULIYATI. Agronomlik qonun-qoidalari Qadimgi Gretsiya, Qadimgi Misr, Xitoy, Xindiston va Qadimgi Rimda ham ma’lum va mashhur edi. XVIII asrning oxirlarida boshqa fanlardagi (kimyo, biologiya va b) o‘sish hamda rivojlanish sababli yerga ishlov berish ishlari, o‘simliklarga ishlov berish nazariyalari, urug‘chilik usullari, o‘simliklarni zararli kasalliklardan himoya qilish ham rivojlana boshladi. Hozirgi kun texnologiyalari esa agronomning ishini osonlashtiradi va yuksak maqsadlar sari chorlaydi. Agronomiyada boshqa sohalardan farqli ravishda rivojlanish juda murakkab yo‘l orqali amalga oshadi. Bu sohaning rivojlanishi olingan hosil miqdori va yangi yaratilgan mahsulotning sifati orqali baholanadi. Agronom turlarni chatishtirib yangi navlar yaratish ustida bosh qoturuvchi inson hisoblanadi. Shu sababli bu soha vakillari genetik ko‘payish usullaridan yaxshi xabardor bo‘lishlari shart. Chatishtirish orqali hosil qilingan yangi navlarning inson salomatligiga ta’siriga ham agranom javobgar bo‘ladi. Endi agronomiyaning naqadar mas’uliyatli soha ekanligini tasavvur qilib olavering!

AGRONOMNING VAZIFALARI: Agronomning kasbiy funksiya-lariga quyidagilar kiradi: - agronomiya sohasida ilmiy izlanishlar olib borish; - dala, bog‘ va issiqxona mahsulotlarini qayta ishlashning eski va yangi usullarini o‘rganish hamda tadbiq qilish; - o‘simliklarga zarar beruvchi hasharotlar va kasalliklarga qarshi kurashishning yangi usul va texnologiyalarini ishlab chiqish; - qishloq ho‘jaligi mahsulotlarining hosilini orttirish, tuproqning mahsuldorligini oshirish maqsadida agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqish; - ekiladigan mahsulot turi va navini orttirish rejasini tuzish; - urug‘larni ekishni tashkil etish; - urug‘larning unib chiqish va ularni nazorat qilish kalendarini tuzish; - hosilni yig‘ib olish va kerakli joylarga yetkazish nazoratini o‘rnatish.

AGRONOM QANDAY SIFATLARGA EGA BO’LISHI KERAK? Yuqoridagilardan o‘zingiz xulosa qilib olgan bo‘lsangiz kerakki, agronom jismoniy baquvvat, turli kasalliklarga chidamli, tez qaror qabul qila oladigan, yaxshi xotiraga ega va ilmiy fikrlashlari kuchli bo‘lgan odamlar bo‘lishadi. Ularning ish joylari esa dalalarda, fermer ho‘jaliklarida, ilmiy izlanish institutlarida va ilm maskanlarida bo‘lishi mumkin. Agronomlar boshqa kasb egalaridan farqli ravishda umrlarini toza havoda, tabiat qo‘ynida o‘tkazishadi. Agronom bo‘lmoqchi bo‘lgan abituriyentlar Toshkent davlat agrar universiteti va boshqa Qishloq xo‘jaligi institutlari Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari bo’yicha) fakultetida ta’lim olishlari kerak. Ular, bilogiya, kimyo hamda ona tili va adabiyot fanlaridan imtihon topshirishadi.
15-MAVZU. Ilmiy uslubda atamalarning qo‘llanilishi.

«Ilm olmoq – buyuk sharaf»
O‘zbek tilshunosligining nisbatan yangi sohasi sanaladigan stilistika – uslubshunoslik til birliklarining aloqa vositasi sifatida muomala jarayonida turli soha va vaziyatda qo‘llanishi, nutqni tashkil qilish qonuniyatlari, til tizimidagi barcha vositalarning nutq jarayonidagi imkoniyatlari va ma’no nozikliklarini aniqlash bilan shug‘ullanadi. «Stilistika – tilda mavjud bo‘lgan barcha vositalar – leksik, grammatik, fonetik vositalardan nutqda qanday foydalanish zarurligini, ma’lum bir tipdagi forma, so‘z va konstruksiyalardan qaysi birini qo‘llash muvofiq ekanini, yaxshi va eng muvofiq vositasini tavsiya etadi, norma qilib belgilaydi, nutqning turli stilistik qatlamlarida qo‘llanadigan vositalarni belgilab beradi. Shunga ko‘ra, stilistika so‘z san’ati, ifoda vositalar haqidagi alohida bir fandir».

Tildagi ana shunday muammolar bilan shug‘ullanadigan uslubshunoslikning quyidagi yo‘nalishlari mavjud:

Tilning leksik resurslarini o‘rganuvchi yo‘nalish.

Funksional stilistika – vazifaviy uslubshunoslik.

Badiiy adabiyot uslublari.

Amaliy uslubshunoslik.


Mavzu nuqtai nazaridan bu o‘rinda bizni vazifaviy us­lubshunoslik qiziqtiradi. Kishilar o‘z ijtimoiy faoliyatlarida tildagi barcha vositalardan – fonetik, grammatik, leksik, frazeologik birliklardan foydalanganlarida, avvalo ularni o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, nutq mavzusiga, vaziyatga qarab tanlaydilar va qo‘llaydilar. Tilimizdagi vositalaming bir nechalab ko‘rinishlarga ega bo‘lishi, sinonimik rang-baranglik shunday yo‘l tutishga imkon beradi. Mana shu tanlash nutq jarayonida til birliklarining o‘ziga xos uslubiy chegaralanishini taqozo qiladi. Til birliklarini ijtimoiy muhitda tanlab ishlatish zarurati va ularni tilshunoslikda ilmiy-amaliy tahlil qilish uslubshunoslikda yangi sohani – vazifaviy uslubshunoslikni vujudga keltirdi.

O‘zbek tili uslublarini vazifaviy jihatdan tasnif qilish ikki omilga – til va tildan tashqarida bo‘lgan omillarga tayanadi. Bu uslublarning N. A. Baskakov, A. Sulaymonov, A. Shomaqsudov, G‘. Abdurahmonov, B.O‘rinboyev, S. Muhamedovlar tomonidan tavsiya etilgan variantlari mavjud bo‘lib, ularda asosan beshta uslub – so‘zlashuv, ommabop, ilmiy, rasmiy va badiiy uslublar e’tirof etiladi.

Ular haqida bilimga ega bo‘lish o‘quvchilarga ona tilimizning nutq jarayonidagi imkoniyatlarini o‘rganishga ko‘maklashadi.

Ilmiy uslub ilmiy asarlar uslubidir. Til birliklarining fan sohasida, ilmiy bayon jarayonida ishlatilishi mazkur uslubning shakllanishiga asos bo‘ladi. Ilmiy tafakkur fikrlashning o‘ziga xos usuli ekanligi, obyektiv borliqni idrok etishda faqatgina dalil va faktlarga tayanish, fikriy izchillik kabi, stralingvistik omillar ham nutqning ushbu turining shakllanishiga, binobarin, nutqiy me’yorning o‘ziga xos turining yuzaga kelishida muhim omil sanaladi.

Yuqorida bu kabi xususiyatlarning mushtarakligi bilan ilmiy uslub rasmiy uslubga yaqinligi aytib o‘tilgan edi.

Ilmiy uslubning janr xususiyatlari ham keng. Monografiya, risola, darslik, o‘quv qo‘llanmasi, o‘quv-metodik qo‘llanma, dastur, ma’ruza matnlari, taqriz va referat singarilar uning ana shu janr ko‘rinishlari hisoblanadi. Garchi ularning har birining bayon usuli va uslubi ma’lum darajada bir-birlaridan farq qilsada, til birliklaridan foydalanish me’yoriga ko‘ra umumiylikni tashkil etadi.

Ilmiy uslubga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:

1. Aniqlik. Har qanday ilmiy bayon, xulosa, shubhasiz, aniqlikni talab qiladi. Shuning uchun bu uslubda so‘zlarni aniq, asosan bir ma’noda qo‘llash, sinonimik qatordagi variantlardan masalaning mohiyatini birmuncha aniq ifoda etadigan variantini tanlash, hech bo‘lmaganda, neytral variantini qo‘llash taqozo etiladi. Terminlarni qo‘llash bu uslubning asosiy xususiyati sanaladi: Kimyoviy tarkibiga ko‘ra gerbitsidlar anorganik va organik gerbitsidlarga bo‘linadi. Anorganik gerbitsidlar: natriy arsenit, ammoniy sulfat, kalsiy sianamid, sulfat kislota va boshqalar. Organik gerbitsidlar: traktor kerosini, mochevina hosilalari, xlorfenoksisirka kislota, xlorfenoksimoy kislota va boshqalar. Hozirgi vaqtda ko‘proq organik birikmali va ba’zan anorganik birikmali gerbitsidlar qo‘llaniladi,

2. Obyektivlik. Ilmiy adabiyotlarda bu uslub doirasida til materiali fikrning haqqoniyligi, obyektivligiga xizmat qilishi lozimligi uqtiriladi. «Mantiq» darsligidan bir misol keltiramiz: «Epimemid «Men yolg‘on gapiraman» deb aytdi. Bu paradoksni mutlaqo hal etib bo‘lmaydi. Aytaylik, Epimenid rost gapirdi, bu holda uning haqiqatda yolg‘on gapirgani aniq bo‘ladi. Aytaylik, и yolg‘on gapirdi. Bu holda uning haqiqatda hamrost gapirgani ma’lum bo‘ladi» .

Ma’lum bo‘ladiki, haqqoniylik, obyektivlik nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib, uning reallashuvida faqatgina til birliklariga tayanib ish ko‘rish qiyin. Uni vaziyat, suhbatdoshlarning bir-birlarini bilishi va tushunishi kabi ekstralingvistik omillar ham belgilashi mumkin,

Mantiqiy izchillik ilmiy bayon uslubining o‘ziga xos xususiyatini tashkil etadi. Matnda so‘zlar, gaplar, abzatslar o‘zaro mantiqiy bog‘langan bo‘lishi lozim. Shuning uchun ilmiy matnlarda bu izchillikni yuzaga keltiruvchi ma’lumki, ma’lum bo‘ladiki, ta’kidlash lozimki, ta’kidlash o‘rinliki, darhaqiqat, binobarin, shunday ekan, birinchidan, ikkinchidan, ko‘rinadiki, ta’kidlash joizki, xulosa qilib aytganda, xulosa qilganimizda, birgina misol, faqat bugina emas singari ko‘plab bog‘lovchi vazifasini bajaradigan so‘z va birikmalar qo‘llaniladi.

Qisqalik. Bu xususiyat aynan ilmiy bayonga xos xususiyatdir. Shuning uchun unda tilning tasviriy imkoniyatlaridan deyarli foydalanilmaydi. Gaplar darak mazmunida bo‘lib, asosan sodda yoyiq holda bo‘ladi. Agar fikr qo‘shma gaplar yordamida ifodalansa, bog‘lovchilarning faol ishlatilishi kuzatiladi: G‘alla ekinlari urug‘lari saqlashga ancha chidamli hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligini sifatli urug‘ bilan ta’minlashda uni saqlash muhim tadbirdir. Ekiladigan g‘alla иrug‘lari uchun davlat standarti belgilangan.

Ilmiy uslub fonetik jihatdan boshqa uslublardan farqlanib turuvchi yorqin belgilarga ega emas. Leksikasida esa farq qiluvchi jihat sohaviy atamalarning ko‘pligi hisoblanadi. Bu uslubda ham, xuddi rasmiy uslubda bo‘lgani kabi, so‘zlarni ko‘chma ma’nolarda qo‘llash, tasviriy vositalardan unumli foydalanish xos xususiyat sanalmaydi. Subyektiv emotsionallik, obrazlilik, og‘zaki nutq elementlari, umuman g‘ayri adabiy unsurlar kam ishlatiladi. Mumkin qadar bayon bir xil me’yorda ifoda etiladi. Shu bilan birga, ayrim holatlarda fikr yuritilayotgan manba, mavzu bilan uyg‘un ravishda ba’zan bu uslubda ham obrazli ifodalardan foydalanish istisno emas.

Masalan: Differensial tenglamalaming xususiy hosilalari fizikaga cho‘ri bo‘lib ishga kirdi, keyin и choridan bekaga aylanih ketdi (R.Bekjonov). Muallif individualligining kam sezilarli bo‘lishi ham ilmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.

Ilmiy uslubning morfologik xususiyatlari to‘g‘risida M. Mukarramovning «Hozirgi o‘zbek adabiy tiuning ilmiy stili» monografiyasida quyidagi fikrlar bayon qilingan:

Ilmiy uslubda faqat adabiy tilda me’yor sifatida e’tirof etilgan grammatik ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. So‘z turkumlaridan ot faol, ko‘pincha takror qo‘llanadi. Subyektiv baho shakllari xos emas. – lar ko‘plikdan boshqa semantik-uslubiy ma’nolarni ifodalamasada, atama hosil qilishda ishtirok etadi. Umumiy egalik ustun turadi, I-II shaxs qo‘shimchalari ishlatilmaydi. III shaxs shakli faol. Undov va taqlid so‘zlar ham bu uslubga xos emas. Yuklamalarning esa imkoniyati chegaralangan.

Ilmiy nutq uchun deyiladi, aytiladi, yoritiladi, bayon qilinadi, aniqlanadi, tekshiriladt, foydalaniladi, ta’riflanadi singari xoslangan fe’llar mavjud. Fe’lning majhul daraja shakli ham bu uslub uchun xos. Ammo hozirgi-kelasi zamon shaklidan tashqari xarakterli zamon ko‘rsatkichi yo‘q. Kishilik olmoshlari kam qo‘llaniladi. Bu gap faqat muallif va men ma’nolarida qo‘llaniladigan hamda kamtarlik ma’nosini ifodalaydigan biz olmoshiga tegishli emas.

M. Mukarramov ushbu monografiyasida «Adabiy tilning konkret ko‘rinishlari bo‘lgan so‘zlashuv, badiiy, publitsistik, rasmiy-hujjat va ilmiy nutqlarning real mavjudligini tan olsak, u vaqtda har bir nutq turining o‘z modal ma’no ifodalovchi so‘zlarini ham tan olishimizga to‘g‘ri keladi», degan mulohazani aytib, demak, xullas, darhaqiqat, haqiqatan, shubhasiz, albatta, darvoqe, masalan, jumladan, ayniqsa, xususan, aksincha, afsuski singari modal so‘zlar va modal ma’no anglatuvchi boshqa birliklarni tahlil qilgan.


Download 309,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish