3.Ishlаb chiqаrish kuchlаrini jоylаshtirishning muhim tаmоyillаridаn qаysilаrini bilаsiz?
Ishlab chiqaruvchi kuchlar joylashuvi qonuniyatlari, o’z navbatida, mazkur qonuniyatlarning aniq rejali amaliyotida ro’yobga chiqarilishidan iborat joylashtirish printsiplarining nazariy asosi xizmatini o’taydilar.
Hozirgi sharoitda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish quyidagi printsiplar bilan belgilanadi:
1. Ishlab chiqarishni barcha respublika va iqtisodiy rayonlar ishlab chiqarish apparati, tabiiy hamda mehnat rezervlaridan eng samarali foydalanish vazifalariga muvofiq ravishda rejali va kompleks joylashtirish;
2. Barcha respublika va xalqlarning tengligi hamda o’zaro yordami asosida iqtisodiy rayonlar o’rtasida ijtimoiy mehnat taqsimotini rivojlantirish:
3. Ishlab chiqarish va xom ashyo hamda maxsulotni tashishni oqilonalashtirishning barcha bosqichlarida ijtimoiy mehnatni tejash maqsadida sanoatning tegishli tarmoqlarini xom ashyo manbalariga yaqinlashtirish:
4. Respublika va iqtisodiy rayonlar xo’jaligini sanoat hamda qishloq xo’jaligining ular taraqqiyoti uchun eng qulay tabiiy va iqtisodiy sharoitlar mavjud bo’lgan tarmoqlariga ixtisoslashtirib, kompleks rivojlantirish;
5. Barcha respublika va iqtisodiy rayonlash iqtisodiy taraqqiyoti darajalarini baravarlashtirish;
6. Iqtisodiy rayonlash va mintaqalar o’rtasida ham ular ichida ham xalq xo’jaligini hamda hududiy-ishlab chiqarish aloqalarini iqtisodiy jihatdan eng oqilona tashkil etish;
7. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishda mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash talablarini hisobga olish;
8. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shahar bilan qishloq o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni tugatish va muhim tafovutlarni bartaraf etish;
9. Bozor iqtisodiyoti davrida qoloq rayonlarni iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini tezlashtirish.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishni oqilonalashtirish muammosining qo’yilishi umumiy qonuniyatlar va printsiplarni ta‘riflash bilan birga joylashtirishni belgilab beruvchi eng muhim omillar hamda shart-sharoitlarni ajratishni ham ko’zda tutadi.
Eng muhim o’ziga xos omillarga tabiiy sharoitlar, mehnat resurslari, ishlab chiqarishning texnika darajasi va fan-texnika taraqqiyotining sur‘atlari, ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning shakllari, energatika va transport sharoitlari, infratuzilma hamda aglomeratsiya kiradi.
EHM dan foydalanish bilan bog’liq hozirgi mintaqaviy tadqiqotlar omillarning juda keng doirasini tahlil sohasiga kiritish imkonini beradi. Chunonchi, Amerikaning «Jeneral elektrik» kompaniyasi joylashtirish joylarini aniqlashda quyidagi 3 ta guruhga birlashtirilgan 187 ta omil hisobini olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |