O’quv savollari kirish. Asosiy qism


COVID-19 koronavirusi: O'zbekiston va jahon bo'yicha statistika



Download 0,59 Mb.
bet3/3
Sana21.01.2022
Hajmi0,59 Mb.
#396457
1   2   3
Bog'liq
COVID 19pandemiyasining paydo bo’lishi va unga qarshi vaksina



COVID-19 koronavirusi: O'zbekiston va jahon bo'yicha statistika


O'zbekistonda


Sana

Umumiy qayd etilgan bemorlar

Yangi zararlanish holatlari

Tuzalganlar, umumiy

Vafot etganlar, umumiy

21 fevral

79 681

27

78 171

622

20 fevral

79 654

22

78 152

622

19 fevral

79 632

34

78 127

622

18 fevral

79 598

50

78 100

622

17 fevral

79 548

51

78 059

622

16 fevral

79 497

36

77 993

622

15 fevral

79 461

19

77 969

622

14 fevral

79 442

26

77 928

622

13 fevral

79 416

35

77 890

622

12 fevral

79 381

41

77 829

622

11 fevral

79 340

37

77 780

622

10 fevral

79 303

66

77 726

622

9 fevral

79 237

33

77 648

621

8 fevral

79 204

42

77 609

621

7 fevral

79 162

64

77 564

621

6 fevral

79 098

53

77 522

621

5 fevral

79 045

56

77 490

621

4 fevral

78 989

73

77 443

621

3 fevral

78 916

57

77 368

621

2 fevral

78 859

58

77 333

621

1 fevral

78 801

46

77 286

621

31 yanvar

78 755

44

77 221

621

30 yanvar

78 711

39

77 191

621

29 yanvar

78 672

70

77 146

621

28 yanvar

78 602

46

77 084

621

27 yanvar

78 556

46

77 047

621

26 yanvar

78 510

39

76 997

621

25 yanvar

78 471

42

76 912

621

24 yanvar

78 429

54

76 862

621

23 yanvar

78 375

58

76 815

621


Dunyoda (TOP 50)


#

Davlat

Umumiy qayd etilgan bemorlar

Tuzalganlar, umumiy

Vafot etganlar, umumiy

1

🇺🇸  AQSH

28 134 115

0

498 897

2

🇮🇳  Hindiston

11 005 850

10 699 410

156 385

3

🇧🇷  Braziliya

10 168 174

9 095 692

246 504

4

🇬🇧  Buyuk Britaniya

4 127 574

11 311

120 810

5

🇷🇺  Rossiya

4 117 992

3 672 084

81 926

6

🇫🇷  Fransiya

3 597 540

253 337

83 546

7

🇪🇸  Ispaniya

3 133 122

150 376

67 101

8

🇮🇹  Italiya

2 809 246

2 324 633

95 718

9

🇹🇷  Turkiya

2 638 422

2 523 760

28 060

10

🇩🇪  Germaniya

2 394 515

2 204 110

67 946

11

🇨🇴  Kolumbiya

2 226 262

2 120 366

58 834

12

🇦🇷  Argentina

2 064 334

1 866 501

51 198

13

🇲🇽  Meksika

2 041 380

1 595 320

180 107

14

🇵🇱  Polsha

1 638 767

1 378 414

42 171

15

🇮🇷  Eron

1 574 012

1 344 791

59 483

16

🇿🇦  Janubiy Afrika

1 503 796

1 412 015

49 053

17

🇺🇦  Ukraina

1 351 190

1 187 434

26 470

18

🇵🇪  Peru

1 283 309

1 183 238

45 097

19

🇮🇩  Indoneziya

1 278 653

1 087 076

34 489

20

🇨🇿  Chexiya

1 153 159

1 014 997

19 214

21

🇳🇱  Niderlandiya

1 071 223

14 061

15 340

22

🇨🇦  Kanada

850 737

798 129

21 675

23

🇨🇱  Chili

799 460

756 764

20 042

24

🇵🇹  Portugaliya

797 525

699 222

15 962

25

🇷🇴  Ruminiya

779 695

724 333

19 847

26

🇧🇪  Belgiya

754 473

0

21 903

27

🇮🇱  Isroil

750 043

703 791

5 577

28

🇮🇶  Iroq

667 937

618 509

13 272

29

🇸🇪  Shvetsiya

631 166

0

12 649

30

🇵🇰  Pokiston

572 334

535 491

12 617

31

🇵🇭  Filippin

561 169

522 843

12 088

32

🇨🇭  Shveytsariya

547 775

317 600

9 887

33

🇧🇩  Bangladesh

543 351

491 367

8 349

34

🇲🇦  Marokash

481 155

464 664

8 554

35

🇦🇹  Avstriya

445 374

420 509

8 386

36

🇷🇸  Serbiya

436 640

0

4 337

37

🇯🇵  Yaponiya

424 988

398 765

7 485

38

🇭🇺  Vengriya

403 023

306 621

14 299

39

🇸🇦  Saudiya Arabistoni

375 006

366 094

6 461

40

🇦🇪  Birlashgan Arab Amirliklari

370 425

359 697

1 125

41

🇯🇴  Iordaniya

363 728

335 876

4 554

42

🇱🇧  Livan

355 073

268 071

4 340

43

🇵🇦  Panama

336 521

320 668

5 742

44

🇸🇰  Slovakiya

292 143

255 300

6 505

45

🇲🇾  Malayziya

283 569

249 209

1 056

46

🇧🇾  Belarus

278 312

268 530

1 912

47

🇪🇨  Ekvador

274 673

238 817

15 536

48

🇳🇵  Nepal

273 431

269 876

2 061

49

🇬🇪  Gruziya

268 355

261 637

3 435

50

🇰🇿  Qozog'iston

257 100

232 504

3 152


2.Covid 19 haqida faktlar va koronavirusning alomatlari.

1-fakt. Covid-19 va SARS-CoV-2 bir xil tushuncha emas. Covid-19 — bu yangi koronavirus keltirib chiqaradigan kasallik(D- “disease” soʻzining qisqartmasi) boʻlsa, SARS-CoV-2 bu virusning oʻzidir.

2-fakt. CoV bu CoronaVirusʼning qisqartmasi. Tashqi koʻrinishidan tikansimon shohlari bilan quyosh tojini eslatib yuboradigan viruslar oilasi shunday nomlanadi. Ularning soni qariyb 40 ta.

3-fakt. Koronaviruslarni oʻzini boshqa qilib koʻrsatadigan qalloblarga oʻxshatishadi. Chunki uning har bir tikani uchi oʻzini xuddi foydali modda molekulasi qilib koʻrsatadi va bunga “uchgan” hujayra retseptorlari uni oʻziga tortadi, natijada tikan orqali hujayraga viruslar tarqaladi. Yuqish ana shunday kechadi.

4-fakt. “Yangi koronavirus”( novel yoki nCoV) atamasi bu ilgari nafaqat olimlarimiz, balki hujayralarimiz uchratmagan virusni anglatadi.

5-fakt. Ikki million yillik evolyutsiya jarayonida insonlarning immun tizimi aksariyat maʼlum boʻlgan infeksiyalarga qarshi kurashishni oʻrgandi. Ammo toʻsatdan paydo boʻlgan yangi koronavirus inson immun tizimini gʻaflatda qoldirdi — shu bois unga qarshi kurashish juda qiyin kechmoqda va infeksiya yuqtirib olish esa aksincha juda oson kechmoqda.

6-fakt. Hujayraga tushgan virus uning ustidan nazoratni qoʻlga oladi va hujayra uchun odatiy oqsillar oʻrniga oʻzining cheksiz nusxalarini ishlab chiqarishga majburlaydi. Shunday qilib zanjir reaksiyasi boshlanadi. Oqibatda hujayra nobud boʻlsa, infeksiya tashuvchi esa yuqumli boʻlib qoladi.

7-fakt. Yuqtirishning dastlabki bosqichida yangi koronavirus tomoq va yuqori nafas olish yoʻllarida faol koʻpayadi. Shundan soʻng pastga tushib, shamollashni chaqirgan holda oʻpkagacha yetib boradi.

8-fakt. Aynan shuning uchun ham yuqtirishning birinchi belgisi yoʻtaldir. Shundan soʻng harorat koʻtarilishi boshlanadi.

9-fakt. Yoki boshlanmasligi ham mumkin. Masalan, Uxanga kelgan bemorlardan 30 foizining tana harorati shifoxonaga olib kelinganda meʼyorida boʻlgan.

10-fakt. Virusni yuqtirib olganlarning baʼzilari(18 foizi yoki har beshinchi bemor)da esa hatto yoʻtal holati kuzatilmagan. Bunday paytda kasallik belgisiz oʻtadi. Odam hatto kasal ekanligini oʻzi bilmaydi.

Bugungi kunda dunyo OAVlarining asosiy mavzusi — koronavirus infeksiyasi. Kundan kunga dunyo boʻyicha tarqalish surʼati ortib borayotgan ushbu infeksiya haqida maʼlumotlar ham koʻpayib bormoqda.

Quyida dunyoning yetakchi mutaxassislari xulosalari va OAV tomonidan taqdim etilgan xabarlar asosida ushbu infeksiya haqida 80 ta muhim fakt jamlangan. Ushbu toʻplam koronavirus haqida tushunchalaringizni mukammal boʻlishiga yordam beradi, degan umiddamiz.

Eng muhimi, vahima qilmang. Davlat va mutaxassislar tavsiyalariga amal qiling. Uyda qoling! Bu bilan Siz oʻzingiz va yaqinlaringizni asragan boʻlasiz...

11-fakt. Shu bois bunday kasallik simptomlari kuzatilmagan bemor infeksiyaning faol tashuvchisi boʻlib qoladi va boshqalarga yuqtirishda davom etishi mumkin.

12-fakt. Covid-19 yengil formasining alomatlari mavsumiy grippga juda oʻxshash boʻladi — quruq yoʻtal, isitma, umumiy zaiflik, baʼzida mushaklar yoki bosh ogʻrigʻi.

13-fakt. Bunday holatda oddiy gri ppga oʻxshab uyda davolanadi.



14-fakt.. Koronavirusning eng noodatiy alomatlaridan biri bu taʼm va/ yoki hid bilishning yoʻqolishi.

15-fakt.. Bu barcha yuqtirganlarda uchramaydi. Ammo ushbu virusni yuqtirilganini yagona alomati boʻlishi mumkin.



16-fakt. Shu bois agar siz toʻsatdan hidni yoki taʼmni his qilishni sezmay qolsangiz, zudlik bilan ehtiyot choralarini koʻring.

17-fakt.. Eng muhimi: Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan odam toki uning birinchi alomatlari sezilmaguncha atrofdagilar uchun katta xavf tugʻdirishi mumkin — yaʼni u kasallik rivojlangunga qadar boshqalarga yuqtirishda davom etadi.



18-fakt. Virus odamni oʻlimiga sababchi boʻlsa, shu bosqichdan uning tarqalish toʻxtaydi. Yaʼni, virus tufayli hayotdan koʻz yumgan odamning jasadi virus tashuvchi boʻlmas ekan.

19-fakt. SARS-CoV-2 — umuman boshqa toifadagi kasallik. U bilan zararlangan odam simptomlari paydo boʻlsa yoki boʻlmasa ham faol tashuvchi boʻlib qolaveradi. Bu esa infeksiyani keng tarqalishiga sabab boʻladi. Bu juda yomon alomat.



20-fakt. Har bir yangi koronavirus tashuvchisi oʻrtacha 2 nafardan 4 nafargacha sogʻlom odamga infeksiyani yuqtirishi mumkin. Bu miqdor mavsumiy grippdan (1,3) yuqori, ammo qizamiqdan (12+) past.

Yangi koronavirus Xitoyda 2019 yil dekabrda aniqlanib, shu paytdan boshlab dunyo mamlakatlari bo‘ylab tarqalmoqda. Koronavirus nafas olish hujayralarini shikastlaydi.

Inkubatsion davri 2 kundan 14 kungacha davom etadi. Hozirgi kunda virus tarqalishi asosan odamdan odamga, ko‘pincha yaqin aloqa oqibatida o‘tishi evaziga yuz bermoqda. Virusni yuqtirmaslik va undan himoyalanish uchun SSV tavsiyalar berdi.

Koronavirus alomatlari:


  • Isitma, yo‘tal, holsizlik va nafas qisishi.

Xavf guruhiga kimlar kiradi?

Yangi koronavirusni barcha yoshdagi odamlar yuqtirishi mumkin. Yoshi katta, surunkali kasallikka yo‘liqqan, immuniteti zaiflashgan odamlar kasallikni boshdan kechirishi qiyinroq kechishi mumkin.



Koronavirusga qarshi vaksina bormi?

Hozirgi kunda infeksiyaning oldini olish uchun vaksina, shuningdek, 2019-nCoV virusga qarshi maxsus davolash mavjud emas. Klinikalar tomonidan testdan o‘tkazilib, o‘ziga xos davolash usullari bugun o‘rganilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va dunyo davlatlarining mutaxassislari bilan birgalikda virusga qarshi yangi vaksina va davolash metodlarini yaratish ustida faol ishlashmoqda.



Yuqtirib olish xavfini qanday kamaytirish mumkin?

  • Qo‘llarni tez-tez va yaxshilab sovun bilan oqar suvda yuvish, spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish, ovqat qilish davomida hamda undan oldin va keyin, shuningdek, ovqatlanishdan oldin, hojatxonadan yoki hayvon bilan aloqadan keyin qo‘llarni yuvish;

  • Yuzingizni qo‘lingiz bilan ko‘p ushlamang;

  • Imkon qadar teatr, kinoteatr, aeroport, vokzal bozor va katta do‘konlar kabi ko‘p odam yig‘iladigan joylarga borishni kamaytiring. Bozorga borganda hayvonlar bilan bevosita aloqa qilishdan chekining;

  • Yo‘talganda, burun qoqqanda va aksirganda og‘iz bilan burunga bukilgan tirsak, yeng yoki salfetkani tuting. Undan keyin salfetkani darhol axlatga tashlang va qo‘lingizni yuvishni unutmang;

  • Shamollash yoki gripp alomatlariga ega odamlar bilan yaqin aloqa qilishdan chekining. Yaqin aloqa deganda bemor bilan ikki metr doirasida, u bilan bir xonada yoki uzoq vaqt mobaynida kasal yuqtirgan bemorga qarash zonasida individual himoya vositalarisiz (xalat, qo‘lqop, niqob) bo‘lish tushuniladi. Shuningdek, yaqin aloqa bemor bo‘lgan xonaga qatnash, kasal yuqtirgan odamdan ajralib chiqqan suyuqlik, masalan, balg‘am, bilan aloqani o‘z ichiga oladi;

  • Kasallikning ilk alomatlari kuzatilganda, uyda qoling va darhol shifokorga murojaat qiling.

Oziq-ovqat xavfsizligi uchun zarur chora-tadbirlar

  • Xom go‘sht va pishirilgan mahsulotlar uchun alohida pichoq va chopish taxtalarini ishlating;

  • Pishirilgan mahsulotlar bilan muomala qilishdan oldin xom mahsulotlarni, ayniqsa, go‘sht va sut mahsulotlarini ushlagandan keyin qo‘llarni astoydil yuving;

  • Go‘sht mahsulotlarini ovqatga ishlatish sharti shuki, ular yaxshilab qaynatilgan yoki qovurilgan, ya’ni puxta pishirilgan bo‘lishi kerak;

  • Kasal hayvon yoki kasallik oqibatida o‘lgan hayvon go‘shtini aslo ovqatga ishlatmang;

  • Kelib chiqishi hayvonlarga mansub mahsulotlarning xom yoki chala qaynatilganlarini iste’mol qilishdan chekining. Kesishma zararlanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun xom go‘sht, sut bilan ehtiyotkor muomala qilish lozim. Sutni yaxshilab qaynating.

Infeksiyadan himoya vositasi sifatida og‘iz va burun uchun mo‘ljallangan tibbiy niqobni taqib yurish qanday holatlarda shart?

  • Sizda respirator infeksiya alomatlari kuzatilsa – yo‘tal, nafas olishda qiynalish bo‘lsa;

  • Respirator infeksiya alomatlariga ega bemorga qarayotgan bo‘lsangiz;

  • Sog‘liqni saqlash tizimi xodimi bo‘lib, respirator infeksiya alomatlariga ega bemorlarni borib ko‘rsangiz tibbiy niqobni taqib yurishinigiz shart.

Spirtli vositalar yordamida bolalar qo‘lini dezinfeksiya qilish uchun zarur shart-sharoitlarni majburiy tartibda yarating

  • Bolalarga qo‘llarni sovun bilan astoydil va tez-tez yuvish, spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish, ovqatlanishdan oldin hamda hojatxonadan keyin qo‘llarni yuvish, dars va tanaffus paytida spirtli nam salfetkalarda artish zarurligi haqida eslatib turing;

  • Bolalarga yuzlarini ko‘p qo‘l bilan ushlamaslikni tavsiya eting ;

  • Bolalar yo‘talganida, burun qoqqanida va aksirganida og‘iz bilan burunga dastro‘mol yoki salfetkani tuting. Undan keyin dastro‘mol yoki salfetkani darhol axlatga tashlang va qo‘lni yuving;

  • Bolalarga shamollash yoki gripp alomatlariga ega odamlar bilan muloqot yoki yaqin aloqa qilishdan chekinishni ayting (yaqin aloqa deganda bemor bilan ikki metr doirasigacha turish);

  • Bolalarda ilk kasallik alomatlari kuzatilganda, uyda qolish va darhol shifokorga murojaat qilishni tavsiya qiling;

  • Bog‘cha bolalaridan birontasi kasallansa, darhol uni izolyasiya qiling, kasallanish haqida ota-onasiga xabar bering va tez tibbiy yordam chaqiring;

  • Bollarga doim og‘iz va burun uchun mo‘ljallangan tibbiy niqoblaridan foydalanishni hamda yashash uylari va sinf xonalarini toza havo bilan shamollatishni tavsiya eting.

O’spirinlik – murakkab davr, koronavirus kasalligi (COVID-19) esa uni yanada murakkablashtirishi mumkin. Maktablarning yopilishi va tadbirlarning bekor qilinishi tufayli ko'plab o'spirinlar hayotlaridagi muhim lahzalardan xusuasn maktabga borish va do'stlari bilan muloqatda bo’lishdan voz kechishga majbur bo’lmoqdalar.

Tarqalayotgan kasallik tufayli hayotdagi o'zgarishlarga duch kelayotgan,  xavotirlanish, yakkalanish va tashvishni his qilayotgan o'spirinlar ular yolg'iz emassliklarini bilishlari zarur. Yoshlar o'z ruxiy holatini qanday boshqarishlari mumkinligi to’g’risida o’spirinlar bilan ishlash bo’yicha tajribali psixolog, kitoblari eng ko'p sotiladigan muallif, oylik “New York Times” kolumnisti doktor Liza Deymur bilan suhbatlashdik.


1. Tashvishlanishingiz butunlay normal reaksiya ekanligini tan oling


Maktabning yopilishi va xavotirli sarlavhalar sizni tashvishga solayotgan bo'lsa, bunda siz yagona emassiz. Aslida, siz buni shunday his qilishingiz kerak. "Tashvishlanish, aslida, bizni tahdidlardan ogohlantiradigan va o'zimizni himoya qilish choralarini ko'rishga yordam beradigan normal va sog'lom funktsiya ekanligini psixologlar ko'pdan beri tushunib yetishgan," deydi doktor Deymur. "Tashvishlanishingiz sizga ayni daqiqada muhim bo’lgan qarorlarni qabul qilishga yordam beradi. Masalan, boshqalar bilan muloqotni cheklash, katta guruhlarda vaqt o'tkazmaslik, qo'llarniingizni yuvish va yuzingizga tegmaslik kabi." Bu his-tuyg'ular nafaqat sizni, balki boshqalarni ham xavfsiz saqlashga yordam beradi. "Sju yo’sinda hamjamiyatimiz a'zolariga ham g'amxo'rlik qilamiz. Atrofimizdagi odamlar haqida ham o'ylaymiz."

COVID-19 bilan bog’liq bezovtalikni tushunish mumkin bo'lsa-da, siz "ma'lumot olish uchun yoki ishonchli bo'lmagan kanallar orqali olinadigan ma'lumotni tekshirish uchun" ishonchli manbalardan (masalan, UNICEF va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti saytlaridan) foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling,"- deb tavsiya qiladi doktor Deymur.

Sizda kasallik alomatlari paydo bo’lganidan xavotir olsangiz, bu haqida ota-onangiz bilan gaplashish juda muhimdir. “Shuni inobatga olish kerakki, COVID-19 odatda, ayniqsa bolalar va yoshlarda engil formadaa o’tadi,”- deydi doktor Deymur. Bu kasallikning ko’p simptomlarini davolash mumkin.

Doktor Deymur o’spirinlarga o'zlarini yomon his qilayotgani yoki virus haqida tashvishlanayotganlarini ota-onalarig ayoki o’zlari ishingan yoshi kattalarga yordam olosh uchun  aytib berishin tavsiya qiladi.

Va yodda saqlang: "Biz o'zimizni va boshqalarni himoya qilishimiz hamda vaziyatni nazorat qilish imiz uchun ko'plab samarali usullar mavjud. Qo'llarni tez-tez yuvib turish va ularni yuzga tekkizmaslik hamda ijtimoiy masofani saqlash shular jumlasiga kiradi."

Koronavirus simptomlari virus odam organizmiga tushganidan so‘ng o‘rtacha 5-6 kundan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Uning inkubatsion davri 14 kun davom etadi. 



COVID-19 alomatlari quyidagi tartibda namoyon bo‘ladi:

1-4 kun. Asosiy alomati – tana harorati ko‘tariladi. Ba’zilarda mushaklar og‘rishi, quruq yo‘tal, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kuzatiladi. Kasallik boshlanishi yengil shaklda bo‘lishi ham mumkin, bunda bemor jiddiy qabul qilmaydi.

5-6 kun. Nafas olish qiyinlashadi. Ayniqsa, mavsumiy kasalliklari bor yoshi kattalar, qariyalarda kuzatiladi.

7-8 kun. Nafas olish yanada qiyinlashadi, biroq ushbu davrda boshqa alomatlar kuchsizlanishi mumkin.

9-10 kun. Infeksiyani boshidan og‘ir kechirayotgan bemorlar jonlantirish bo‘limiga o‘tkaziladi. Barcha alomatlarga qorin sohasida og‘riq ham qo‘shiladi.

12-kun. Bemorlar tuzala boshlaydi, harorat ko‘tarilishi to‘xtaydi.

17-kun. Sog‘ayganlarga javob beriladi.


3. COVID 19 QARSHI VAKSINA SPUTNIK V HAQIDA MA’LUMOT

Pandemiya global miqyosda qator ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi, sport va madaniy tadbirlar keyinga qoldirilishi yoki bekor qilinishiga sababchi boʻldi, dori-darmon, elektronika mollari hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi haqida xavotirlarga sabab boʻldi.Shuningdek, Internetda virus va pandemiya haqida notoʻgʻri maʼlumotlar hamda fitna nazariyalari urchidi, turli mamlakatlarda ksenofobiya va irqchilik holatlari kuzatildi, vahimaga tushgan xaridorlar tualet qogʻozi kabi mollarni koʻp miqdorda sotib olishi kuzatildi.Respublika aholisini emlash ishlari mart oyida boshlanishi rejalashtirilgan. Oldinroq yil oxirigacha etti million kishi emlanishi haqida xabar berilgan edi.

TOSHKENT, 16 fevral - Sputnik. O'zbekistonda 2021 yil oxiriga qadar aholining aksariyat qismini COVID-19ga qarshi emlash rejalashtirilgan, deya xabar beradi respublika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi shtab-kvartirada.

Davlat byudjeti ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlarni va aholining boshqa zaif guruhlarini moliyalashtiradi. Bosh shtab shuningdek, O'zbekiston rasmiylari COVAX mexanizmi ostida 2,5 million dozagacha AstraZeneca vaktsinasini olishni kutayotganini, 800 ming dozadan iborat birinchi partiyasi mart oyida etkazib berilishi kutilayotganligini aytdi. Bungacha respublikaning Sanitariya-epidemiologik obodlik va sog'liqni saqlash xizmati (SES) O'zbekiston Respublikasi hukumati COVAX mexanizmi doirasida COVID-19 rusumidagi 12 ta vaktsina ishlab chiqaruvchi bilan muzokaralar olib borayotganligini aytgan edi. Xususan, biz Amerikaning Pfizer kompaniyasi va uning nemis sherigi BioNTech tomonidan ishlab chiqarilgan 100 ming dozali Comirnaty sotib olish to'g'risida ham gaplashmoqdamiz. O'tgan hafta SES boshlig'i o'rinbosari Botir Qurbonov o'zbek tomoni Rossiyaning Sputnik V rusumli koronavirusga qarshi vaktsinasini sertifikatlashni boshladi, bu jarayon 15-20 kun davom etishi mumkinligini aytdi.

O'zbekistonda koronavirus bilan bog'liq vaziyat barqarorlashdi, ammo xalqaro vaziyat va yangi shtammlarning paydo bo'lishi aholini ommaviy emlashni talab qiladi. Respublikada ulardan foydalanish yoki hatto ishlab chiqarishni boshlash uchun bir vaqtning o'zida bir nechta dorilar ko'rib chiqilmoqda. O'zbekistonlik olimlar o'zlarining vaktsinasini yaratish bo'yicha izlanishlarni davom ettirmoqdalar, ammo hozirgacha tayyor dori yo'q - JSST tomonidan ro'yxatdan o'tgan va tasdiqlangan namunalar sinovdan o'tkazilmoqda. Xususan, respublika Rossiyaning Sputnik V vaktsinasidan foydalanish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda - klinik sinovlar uchun 100 dozalar 2020 yil dekabr boshida mamlakatga etkazib berildi. O'zbekiston ushbu vaktsinani ishlab chiqarishni o'z hududida mahalliylashtirish imkoniyatini istisno qilmadi, masalan, Qozog'iston allaqachon qilgan va Turkiya tez orada rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, COVID-19 ga qarshi Xitoy vaktsinasi Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical, shuningdek sinovdan o'tkazilmoqda; XXRdan ushbu preparatni sinovdan o'tkazish uchun 5 ming ko'ng illi tanlangan. Biroq, tadqiqotlarning vaqt jadvallari juda ta'sirli: natijalar 2022 yilgacha ma'lum bo'ladi.

Xalqaro COVAX dasturi Germaniya va AQShda ishlab chiqarilgan Comirnaty vaktsinasidan foydalanish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Tadqiqot uchun preparatning 100 ming dozasini buyurgan, ammo uning ishlatilish vaqti va hajmi hozircha noma'lum. Umuman olganda, O'zbekiston koronavirusga qarshi kurashga 2021 yil uchun 3 trillion so'm (taxminan 300 million dollar) ajratdi, shu jumladan aholini COVID-19ga qarshi emlash xarajatlari. Fuqarolarni ommaviy emlash fevral oyining oxiridan mart oyining boshigacha boshlanishi mumkinligi haqida ma'lumot bor edi, ammo vaqt haqida rasmiy ma'lumot yo'q. Umuman olganda, 2021 yilning yoziga qadar ular respublika aholisining 60 foizigacha emlashni niyat qilmoqdalar.

Har holda, siz kontrendikatsiyalar haqida eslashingiz kerak. Har bir dori o'ziga xos bo'lishi mumkin, ammo umumiy shartlar mavjud. Masalan, koronavirus yoki SARS kasalligiga chalinganlarga emlash mumkin emas. Ushbu dorilar, shuningdek, emlash tarkibiy qismlariga alerjisi bo'lganlar uchun kontrendikedir. Yuqumli, yuqumsiz yoki surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarga emlash rad etiladi. Cheklovlar homilador ayollar va oxirgi oyda boshqa emlashlarni olgan fuqarolarga nisbatan qo'llaniladi (masalan, grippga qarshi). Har holda, emlash to'g'risida qaror qabul qilishdan oldin, har bir kishi sog'lig'ining xususiyatlarini inobatga olgan holda shifokor bilan maslahatlashishi kerak. O'zbekiston COVID-19ga qarshi qanday kurashmoqchi va qanday dorilarni ko'rib chiqayotgani haqida ko'proq ma'lumot olish uchun bizning infografikamizga qarang.

Xulosa

Yangi xulosa: Koronavirus hali ham chidamli va yuqumli - pul, telefon, zanglamaydigan po'latdan ehtiyot bo'ling, deydi olimlar.

Kovid-19 ni qo'zg'atadigan virus 28 kun davomida banknotalarda, telefon ekranlarida va zanglamaydigan po'latda saqlanib qoladi, deydi tadqiqotchilar. Avstraliya Milliy Ilmiy Agentligi tadqiqotchilari SARS-Cov-2 ilgari o'ylanganidan uzoqroq ishlashini aniqladilar. Tajriba yorug'lik bo'lmagan joyda o'tkazildi. Chunki ultrabinafsha nurlar virusni o'ldirishi allaqachon isbotlangan.Taqqoslash uchun, gripp virusi bunday sharoitda 17 kungacha yashashi mumkin.Journal of Virology jurnalida chop etilgan tadqiqotda SARS-Cov-2 ning sovuq sharoitga qaraganda issiq sharoitda saqlash muddati qisqa bo'lganligi va virus +40 ° C da 24 soat ichida yo'q bo'lib ketganligi aniqlandi.Shuningdek, g'ovakli materiallarda, masalan, matolarda virusning 14 kundan ortiq borligi aniqlanmagan va virus ularda silliq yuzalarga qaraganda qisqa vaqt davomida saqlanib qoladi.

«Mening fikrimcha, yuqumli viruslar bir necha kun emas, balki sirt shilliq qavatida saqlanib qolishi mumkin.



Lansetda chop etilgan maqolasida Rutgers universiteti mikrobiologiya professori Emmanuel Goldman "virus jonsiz yuzalar orqali yuqishi ehtimoldan yiroq", deb yozgan. Uning so'zlariga ko'ra, yuz infektsiyasini yuqtirish xavfi yuqori degan xulosaga kelgan tadqiqotda "haqiqiy hayot sharoitlari juda kam hisobga olingan".

REFERAT

Mavzu: COVID 19pandemiyasining paydo bo’lishi va unga qarshi vaksina


Bajardi: kt l-nt Raximov N.A.


Toshkent 2021
Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish