105
Nazorat savollari:
1.
Sug‘orish usuli va sug‘orish tartiblarini g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanishiga
ta’sirini aniqlashda qanday taqiqotlar olib boriladi?
2. Sug‘orish usuli va sug‘orish tartiblarini g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanishiga
g‘o‘zada fenologik kuzatuvlarni tashkil etish nima?
3. Sug‘orish usuli va sug‘orish tartiblarini g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanishiga
ta’sirini aniqlash nima?
6.2.2. Sug„orish usuli va sug„orish tartiblarini ekinlarning o„sish va
rivojlanishiga ta‟sirini aniqlash: kuzgi bug„doyda fenologik kuzatuvlarni
tashkil etish.
Dala
tajribalari
«Metodы
agroximicheskix,
agrofizicheskix
i
mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnыx xlopkovыx rayonax» (SoyuzNIXI,
1963 g.) va «Metodika polevыx opыtov s xlopchatnikom» (SoyuzNIXI, 1981 g.)
va O„zPITI da ishlab chiqarilgan uslubiy qo„llanma (2007) lari asosida olib
boriladi.
Tajribada quyidagi fenologik kuzatishlar, hisoblashlar, laboratoriya tahlillari
olib borildi.
1.
Donning unib chiqish darajasi tajribaning barcha variantlarida
takrorlanishlar bo„yicha kuzatildi.
2.
Maysalar soni, ko„chat qalinligi har bir variantning 5 nuqtasida 1 m
2
maydonda aniqlandi.
3.
Kuzgi bug„doyning:
tuplar soni;
umumiy poyalar soni;
mahsuldor poyalar soni barcha variantlarining 3 nuqtasida 1 m
2
maydonda kuzatildi.
4.
Har bir variantda 100 ta o„simlikda quyidagilar aniqlandi:
kuzgi bug„doyning bo„yi (naychalash, boshoqlash va to„liq pishish
davrlarida);
106
boshoq uzunligi (to„liq pishish davrida);
bitta boshoqdagi don soni;
bitta boshoqdagi don og„irligi;
1000 dona don og„irligi.
5.
Hosilni yig„ishtirish davrida tajribadagi barcha
variantlarning har bir
takrorlanishida 5 nuqtadan 1 m
2
maydondagi bug„doy o„rib olinib, undagi donlar
yanchildi va torozida tortish yo„li bilan don va somon hosildorligi hisoblandi.
6.
Tajriba olib borish davomida tuproqning agrokimyoviy tahlillari
amalga oshirildi:
tuproqning agrokimyoviy xossalarini aniqlash maqsadida tajriba
qo„yishdan oldin va o„rim yig„im oldidan tuproqning haydov (0-30sm) va haydov
osti (30-50sm) qatlamlaridan namunalar olinib quyidagi usullarda tahlil qilindi:
a). CHirindi miqdori I.V. Tyurin usulida;
b). Tuproqdagi azot, fosforning umumiy miqdorlari L.P.Gritsenko, I.M.
Malseva usulida;
v). Nitratli azotning harakatchan formasini kalorimetr usulida; fosforni B.P.
Machigin, almashinuvchi kaliyni P.V.Protasov usulida aniqlandi.
7.
Vegetatsiya davrida ikki marta:
a). Kuzgi bug„doyni ekishdan oldin;
b). Kuzgi bug„doyni to„liq pishish davrida (o„rim yig„imdan oldin)
tuproqdan o„zlashtirilgan oziqa elementlari miqdori aniqlandi.
8.
Quyidagi agrofizik tadqiqotlar olib borildi:
Tuproqni hajm massasi 100 sm chuqurlikda har 10
sm qatlamda amal
davrining boshida va oxirida N.A.Kachinskiy usulida aniqlandi;
Tuproqning suv o„tkazuvchanligi amal davrining boshida va oxirida
Nesterov usulida, silindr shaklidagi doirasimon idish orqali aniqlandi;
Tuproqning cheklangan dala nam sig„imi o„suv davri boshida aniqlandi.
Buning uchun tomonlar 2x2 m bo„lgan maydon 20 sm ustunda, ya‟ni
gektariga 2000 m kub hisobida suv bilan to„ldirildi. Keyin polietilen plyonka
tortilib, uning usti tuproq bilan yopib qo„yildi. SHundan so„ng uchinchi kundan
107
boshlab namlikni aniqlash uchun har 10 sm qatlamdan 1 metrgacha bo„lgan
chuqurlikgacha 3 qaytariqda tuproq namunalari olindi.
Namunalar olish, namlik
doimiy miqdorga etguncha davom ettirildi. Namlikning doimiy ko„rsatkichi
cheklangan dala nam sig„imi deb qabul qilindi.
CHeklangan dala nam sig„imini aniqlash uchun kuzatish boshlanmasdan
oldin maydoncha tashqarisidan namunalar olindi va tuproq namligi aniqlandi.
Har sug„orish oldidan tuproqning sug„orish oldi namligi aniqlandi.
Ma‟lumki, sug„orilib dehqonchilik qilinadigan mintaqaning kuzgi bug„doy
ekiladigan xududlarida tuproq namligini maqbul miqdorini bilish, sug„orish
muddatlari, me‟yorini aniqlash etishtirilayotgan kuzgi bug„doy navidan yuqori va
sifatli don hosili olishni ta‟minlaydi.
SHu maqsadda, uch yillik tajribada, uch xil
sug„orish tartibi o„rganilgan bo„lib, kuzgi bug„doy unib chiqqandan, to fevral
oyigacha har 10-15 kunda 1 m chuqurlikkacha tuproq namunalari olinib, termostat
yordamida quritish yo„li bilan tuproq namligi aniqlanib borildi. Havo xarorati ortib
borgan sari har 3-5 kun oralatib tuproq namligi
aniqlab borildi va olingan
ma‟lumotlar asosida kuzgi bug„doyni sug„orish vaqti va berilayotgan suv miqdori
aniqlandi.
Sug„orish me‟yorlari ostona kengligi 0,5 m ga teng bo„lgan CHipoletti
suv o„lchash moslamasi yordamida o„lchab borildi.
Barcha agrofizik tadqiqotlarni bajarishda «Metodika agrofizicheskix
issledovaniy» (Toshkent, SoyuzNIXI, 1973) qo„llanmasidan foydalanildi.
9.
Bir gektar maydonda kuzgi bug„doy etishtirish uchun sarflangan
harajatlar, umumiy va shartli sof foyda, rentabellik darajasi aniqlandi. Iqtisodiy
samaradorlikni aniqlashda tajriba o„tkazilgan xo„jaliklar uchun, shu yillarda qabul
qilingan sotish bahosi asos qilib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: