O‘quv qo‘llanma



Download 1,03 Mb.
bet47/103
Sana12.04.2022
Hajmi1,03 Mb.
#546890
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103
Bog'liq
fayl 1999 20211006

11.2. Autsorsing va insorsing

Menejment amaliyotiga jarayonli boshqaruv tamoyillarini (BusinessProcessManagement) tadbiq qilish biznes jarayonlar autsorsingi (Business ProcessOutsoursing, BPO)ni xuddi biznes jarayonlar reinjeniringi(Business Process Reengineering, BPR)ning mantiqiy davomi sifatida boshlab berdi


«Autsorsing» («outsoursing») termini inliz tilidagi «outsideresourceusing» tashqi resurslardn foydalanish so‘zidan kelib chiqqan.
«Autsorsing» (outsourcing – tashqi manbalardan foydalanish) turli xilda tavsiflanadi. Ayrim mualliflar autsorsingni “ kelishilgan narxga ko‘ra ma’lum davr davomida qandaydir bir xizmatni ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi, barcha aktivlar bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar ta’minotchisi hisoblanuvchi korxonaning tarkibiy tuzilmalari yoki ichki tarkibiy tuzilma”26 deb tarjima qilishgan.
Korporatsiyaning biznes jarayonlarini boshqarish texnlogiyasi sifati autsosing- bu oldin o‘zi bajargan ayrim funksiya va biznes-jarayonlarni kompaniyadan tashqariga olib chiqishdir.
Kompaniyani autsorsing asosida boshqarishda samaradorlikka erishish uchun, avvalo boshqaruvning maqsadi, vositalari va unga erishish usullarini aniq belgilab olish zarur. Kompaniyani autsorsing asosida boshqarishning maqsadini quyidagicha tasniflash mumkin:
-amalga oshirish muddatiga ko‘ra – joriy va istiqbolli;
- ahamiyat darajasiga ko‘ra – strategik va taktik;
- boshqaruv ob’ektiga munosabatiga ko‘ra – xususiy va umumiy;
- nijaga erishish darajasiga ko‘ra – yakuniy va oraliq yoki bosqichli.
Autsorsing iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda tobora kengayib, mazkur sohada raqobatning kuchayib borayotganligini kuzatish mumkin.
Autsorsingning asosiy vazifasi tor soha yoki korxonaning maqsadli yo‘nalishi bilan bog‘liq bo‘lmagan funksiyalarini bajarishga qaratilgan bo‘lishi shart. Iqtisodiy nuqtai nazardan autsorserni faoliyatga jalb etish korxona sarf-xarajatlarini keskin kamaytirishi mumkin. CHunki korxona qo‘shimcha tuzilmani tuzib, unga ortiqcha xarajat qilmaydi. Bundan tashqari autsorsing korxonaning an’anaviy va doimiy sarf-xarajatlarini pasaytirish imkoniyatini ham kengaytiradi. Bunga asosiy sabab ba’zi doimiy xarajatlar konkret bir davr ichida talab hmda extiyojlardan kelib chiqqan holda o‘zgaruvchan xarajatlarga transformatsiyalanishi kuzatiladi. Strategik vazifalarni amalga oshirish nuqtai nazaridan esa autsorsing resurslarni ishlab chiqarishning asosiy yo‘nalishlarga qaratish imkonini kengaytiradi hamda operatsion nazoratni kuchaytiradi. Qolaversa autsorsing ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni va yangi boshqarish usullarini amaliyotga tadbiq etishni osonlashtiradi. Texnologik jihatdan autsorsing korxona faoliyatiga yuqori darajadagi va tejamkor texnika texnologiyalarni joriy etish mikoniyatini yaratib beradi. SHu sababli ham korxona shtatida ayrim mutaxassislarni bo‘lishi shart emas. Autsorsing dasturiga asosan, ularni ixtisoslashgan kompaniyalardan jalb qilish mumkin. Bulardan tashqari autsorser xizmatidan foydalanganda shartnoma bo‘yicha autsorser sifat kafolatini ham o‘z zimmasiga oladi. Keltirilgan afzalliklar bilan bir qatorda autsorsingning ayrim kamchiliklari ham mavjud. Ularga:

  • Kompaniya tomonidan autsorserga beriladigan operatsiyalar xajmining ko‘payib ketishi natijasida xarajatlar oshib ketishi;

  • Autsorser kompaniya faoliyatiustidan nzorat olib borish imkoniyati cheklanganligi. Korxona rahbariyati biznes amaliyoti va boshqaruv tizim o‘rtasidagi bog‘liqlikni yo‘qotib qo‘yishi, buning natijasida esa boshqaruv samarasi pasayib ketishi;

  • Texnologik jarayonlarning bir joyga markazlashib qolishi natijasida korxonaning ba’zi biznes jrayonlarida moslaushvchanlikni yo‘qotishi;

  • Ko‘p hollarda autsorsingga doir aniq xususiy bazaning mavjud emasligi.

Hozirgi kunda autsorsing faoliyati turlari kegayib borayotir. Ular quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • Buxgalterlik autsorsing

  • Intellektualtexnik autsorsing

  • Personal autsorsing

  • YUridik autsorsing

  • Logistik autsorsing

  • Biznes-ajarayonlar autsorsingi

  • Ishlab chiqarish autsorsingi.

Autsorsingni oldindan iqtisodiy asoslash bu xizmatlarni o‘z kuchi bilan ishlab chiqishga ketadigan xarajatlarni taqqoslash va baholashdir.
Korxonalarning turli ishlab chiqarish omillariga sarfi, turli to‘lovlar va me’yordagi foydasini o‘z ichiga oluvchi ishlab chiqarish xarajatlarini yalpi iqtisodiy xarajatlar ham deb atashadi.Korxonaning yalpi xarajatlarini tashqi va ichki turlarga bo‘lish mumkin.
Tashqi xarajatlar safiga ishlab chiqarish omillarini sotib olish va ularni ishlatish bilan bog‘liq chiqimlar kiradi. Bu chiqimlar buxgalterlik hisobining chiqimlar qismida o‘z aksini topadi. SHuning uchun ularni buxgalterlik xarajatlari ham deb atashadi.
Ichki xarajatlar safiga korxonaning ichki ishlab chiqarish omillari chiqimlari kiradi. Masalan, asosiy ishlab chiqarishdan qolgan chiqindilar, me’yordagi foyda, o‘z ixtiyoridagi ishlab chiqarish binolarining ijara haqi, chunki ular ishlatilmagan taqdirda ular uchun ijara haqi olish mumkin bo‘lar edi.
Ichki xarajatlarni yana noaniq yoki mavhum xarajatlar ham deb atashadi. Ularni ma’lum bir to‘lov evaziga boshqa tadbirkor ixtiyoriga ham berish mumkin, yoki biror-bir miqdordagi daromad olish ilinjida o‘zimiz ishlatishimiz mumkin. Albatta, bu holatda ko‘proq naf beradigan variant tanlanadi.



Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish