Iqtisodiy va xo‘jalik-turmush vazifalari - qadimdan oila har doim jamiyatning boshlang‘ich xo‘jalik tashkiloti bo‘lib kelgan. Ov qilish va don etishtirish, hunarmandchilik va savdo kabilar oilada har doim vazifalar taqsimlangan bo‘lgani uchun mavjud bo‘la olgan. Qadimdan ayollar butun uy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lganlar, erkaklar kasb-hunar bilan shug‘ullanganlar. Ilmiy-texnika taraqqiyoti asriga kelib odamlar hayotiy yumushlarining ko‘plari (ovqat tayyorlash, kir yuvish, uy tozalash, kiyim tikish va boshqalar) qisman
maishiy hizmat sohasida yuklatilgan. Iqtisodiy vazifalar oila-azolari uchun boylik to‘plash bilan bo‘g‘liq bo‘lgan kelin uchun sovg‘lar, kuyov uchun qalin, avlodlarga qoldiradigan buyumlar, to‘yga, voyaga etish yoshiga sug‘urta qilish mablag‘lari to‘plash. Bizning jamiyatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar oilaning mol-mulk to‘plash, xususiy mulkka ega bo‘lish, turar joyni xususiylashtirish, meros qilib qoldirish va shu kabi masalalardagi iqtisodiy vazifasi yanada faollashib bormoqda.
Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish vazifasi - oila bola shaxsi shakllanishida faol ta’sir ko‘rsatadigan birinchi va asosiy ijtimoiy guruhdir. Oila ijtimoiy mikromuhit bo`lib, ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish omilaridan biridir.
U bolaning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Oilaning vazifasi bolaning tabiatiga mos ravishda rivojlanib borishi uchun uni asta
-sekin jamiyatga kiritib borishdan iboratdir.
Insoniyat to‘plagan ijtimoiy tajribalarga, u tug‘ilib o‘sayotgan mamlakat madaniyatiga, uning ma’naviy-axloqiy qoidalariga, xalq an’analariga bolani orgatish ota-onalarining majburiy vazifasidir.
Tarbiyaviy vazifasi - boshlang‘ich ijtimoiylashtirish jarayonida bolani oilada tarbiyalash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ota-onalar bolaning birinchi tarbiyachilari bo‘lganlar va shunday bo‘lib qoladi. Bolani oilada tarbiyalash murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayondir. Oiladagi sharoit va muhit bola shaxsi shakilanishiga ta’sir ko‘satadi. Ota va ona o‘z bolasini ardoqlaydilar, erkalaydilar, tashvish va qiyinchiliklardan asraydilar. Ota-onalarning shaxsiy ibratlari - bolaning tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatishning muhim vositasidir. Uning tarbiyaviy ahamiyati bolaning taqlid ttishga qiziqishi, havasmandligiga asoslangan. Bilim va tajribaga ega bo‘lmay turib bola kattalar qilganini takrorlaydi, ularning harakatlariga ta’qlid qiladi. Ba’zan bolaning oilada olgan tajribasi atrof –odamlarga nisbatan yagona o‘lchov belgisi bo‘lib qoladi. To‘g‘ri, ba’zi oilalarda ota-onalari bemor bo‘lganida, buzuq axloqli hayot kechirganlarida, pedagogik ma’daniyatga ega bo‘lmagalarida va shu kabilarda tarbiya buzilishi mumkin. Albatta, oila shaxs tarbiyasiga shunchki o‘zining borligi bilan ta’sir ko‘rsatmaydi, balki qulay
ma’naviy-psixologik muhit, uning a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlar ta’sir ko‘rsatadi
Do'stlaringiz bilan baham: |