Laboratoriya ishlarini bajarish uchun topshiriqlar
1-topshiriq. O’zbekistonning uchta bankidan 4 000 000 so’m kredit(qarz) olmoqchisiz Milliy bank 12% , Innoteka 11% va Xalq 10% foizlardan bir yil muddatga. Qaysi bankdan kredit olish afzalligini hisoblab chiking.
2-topshiriq. Kolgan banklarni ham huddi shu asosida echib tahlil qilib chiking. Va yakuniya xulosani laboratoriya ishi tariqasida topshiring.
3-topshiriq. Yuqorida keltirilgan masalani ikki xil usulda eching va diagrammasini yarating va tahlil qiling
4.Laboratoriya ishining bajarilish tartibi
1-topshiriq. Masalani qo’yilishi: O’zbekistonning uchta bankidan
4 000 000 so’m kredit(qarz) olmoqchisiz Milliy bank 12% , Innoteka 11% va Xalq 10% foizlardan bir yil muddatga. Qaysi bankdan kredit olish afzalligini hisoblab chiking.
Masalani yechilishi: MS Excel dasturi yordamida amalga oshiriladi. MS Excel dasturini ishga tushurganda quyidagi oyna ochiladi
Fayil menyusi ichidan “Sozdat” buyrug’i orqali biz MS Excelidagi shablonlarni ochish imkoniyatiga ega bo’lamiz. «Shabloni» oynasi ochiladi. Uning ishida «Resheniya» bo’limini ochamiz va «Rassrochka» shablonni tanlanadi.
“Rassrochka” shablonining ko’rinishi quyidagi rasmda keltirilgan
Kreditni uzish grafigi. U o’z ichiga Kredit Summasini – 4000000 so’m. yillik foiz stavkasi – birinchi bank uchun – 12%. Kreditni uzish muddati – hamma banklar uchun bir hil 1 yil. Yilliga nechi marotaba to’lanishi – 12 marta, oyiga bir marotaba. Kreditni boshlanishi – sana. Kreditor – baynk nomi. Barcha yacheykalar to’ldirilsa pastdagi jadval avtomatik ravishda dastur tomonidan to’ldiriladi.
MS Excelda tekshirish: Masalaning berilishidan kelib chiqqan holda Milliy bank uchun jadval yaratamiz. Jadvalning ko’rinishi quyidagi rasmda keltirilgan.
Kreditni kaytarish summasini hisoblash uchun “Formuli” menyusidan
«Vstavit funktsiyu» piktogrammasidan foydalanamiz.
«Finansovie» kategoriyasidan «PLT» funktsiyasini tanlaymiz va quyidagi oyna ochiladi.
Bu funktsiyada asosiy ko’rsatkichlar « STAVKA», «KPER» va «PS» hisoblanadi. « STAVKA»ga B3/12 bo’lamiz, chunki yillik foiz stavka 12% bo’lgandan keyin uni oyllik foiz stavkaga o’tkazishimiz shart. «KPER» - bu kredit oladigan muddatimiz C3*12. Bu misolda muddat 1 yil uni oyga o’tkazishimiz uchun 12ga ko’paytiramiz va «PS»-bu hozirgi keltirilgan summa bo’lib, u umumiy summani bildiradi. Bu masalada 4000000 bo’lganligi uchun, xali olinmagan summa bolganligi asoslagan holda “PS”ga – 4000000 deb kiritamiz. OK tugmasini bosak quyigadi kiymatni olamiz 355 395,15 so’m.
Masalaning ikkinchi echimi: MS Excelda masalaning berilishi karab jadval tuzib olamiz, uning ko’rinishi quyidagi rasmda keltirilgan
Masalani echilishi: Olinayotgan kreditimiz yillik bolgani uchun, Kredit summasini va yillik foiz summasini oylikga o’tkazamiz. Buning uchun B4=B3/12 shunda kredit summa oylik kaytariladigan summaga o’tkaziladi. Yillik foiz stavkani F =C3/12 bo’lib oyllik foiz stavkaga o’tkazib olamiz. Rasmda keltirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |