O‘quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topishi



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/82
Sana19.11.2022
Hajmi1,89 Mb.
#868753
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82
Bog'liq
13785 2 B0A85C0A46BEA0620F55431676626EAD59016A1C

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topishi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 31-
avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi 
toʻgʻrisida”gi Bayonotida “Davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, 
fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqi va erkinligini himoya qilish 
maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida Mudofaa ishlari vazirligi va 
Milliy gvardiya tuziladi. Respublika hududida joylashgan sobiq SSSR 
Ichki ishlar vazirligi, SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi hamda Ichki 
qoʻshinlari OʻzR yurisdiksiyasiga olinadi”, deb koʻrsatilgan edi. Bu 
1991-yil 31-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi davlat 
mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida”gi qonunda “Oʻzbekiston 
Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va 
muqobil xizmatni tashkil etish huquqiga ega” deb huquqiy jihatdan 
mustahkamlandi. Bu amalda yosh respublikaga harbiy siyosatni 
amalga oshirish huquqini berdi. 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 1991-yil 
6-
sentyabrdagi farmoniga asosan, Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi, 


192 
uning shtat tizimi va vakolatlari belgilandi. 1991-yil 10-farmonga 
binoan, Mudofaa Vaziri ayni vaqtda Milliy gvardiya qoʻmondoni etib 
tayinlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-
yil 
25-oktyabrdagi 
qaroriga 
binoan, Mudofaa 
ishlari 
vazirligining huquqiy maqomi, tuzilishi va nizomlari tasdiqlandi. 
Turkiston harbiy okrugi boshqaruv organlari negizida Mudofaa ishlari 
vazirligi Bosh shtabi va boshqarmalari tuzildi. 
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat 
mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda 1991-yil 30-
dekabr-dagi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Kengashining Qurolli 
Kuchlari va Chegara qoʻshinlari haqidagi Minsk qarori asosida 1992-
yil 1-fevraldan sobiq Ittifoq tizimidagi qoʻshinlarni mablagʻ bilan 
taʼminlanishi toʻxtatilishini inobatga olgan holda OʻzR Oliy Kengashi 
1992-yil 10-yanvarda “Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan 
SSSR Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari va oʻquv 
muassasalarini Oʻzbekiston Respublikasi tasarrufiga olish toʻgʻrisida”, 
14-yan-varda “Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy 
qismlar va harbiy oʻquv muassasalari toʻgʻrisida” qarorlar qabul qildi. 
Unda OʻzR hududida joylashgan sobiq Ittifoqqa qarashli Ichki ishlar 
va Mudofaa vazirligining qismlari, birlashmalari, qoʻshilmalari, oliy 
oʻquv yurtlari, harbiy tuzilmalari mamlakatning qonuniy tasarrufiga 
olinadi, deb belgilandi. Qaror asosida harbiy xizmatchilar, ularning 
oila aʼzolari, harbiy muassasalardagi ishchi va xizmatchilar, sobiq 
Ittifoq armiyasida xizmat qilgan pensionerlarga ijtimoiy va huquqiy 
himoyalandi. Harbiy qismlar va oʻquv yurtlari, muassasalar, 
tashkilotlar davlat tomonidan moddiy texnika va mablagʻ bilan 
taʼminlandi. 

1992-yil 24-martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan Chegara qoʻshinlari 
boʻlinmalari haqida”gi farmoni bilan Respublika Milliy Xavfsizlik 
Xizmati qoshida Chegara qoʻshinlari boshqarmasi tashkil etildi va 
Oʻrta Osiyo Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari uning tasarrufiga 
oʻtkazildi. 

1992-yil 
18-mayda 
„Oʻzbekiston Respublika hududida 
joylashgan havo desanti qoʻshinlari, harbiy transport aviatsiyasi, 
razvedka qoʻshinlari, taʼminot qismlari haqida“gi farmon bilan bu 
qoʻshinlar respublika tasarrufiga oʻtkazildi. OʻzR Prezidentining 
1992-yil 
12-noyabrdagi 
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida 


193 
joylashgan havo hujumiga qarshi harbiy qismlar haqida”gi, 13-
noyabrda “Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan kimyoviy 
harbiy qismlar haqida”gi farmonlari bilan mamlakatimiz hududida 
joylashgan mazkur turlardagi qoʻshinlar respublika tasarrufiga olindi 
va sifat jihatidan takomillashtirildi. Shu tarzda mustaqil mamlakat 
Qurolli Kuchlarini barpo etishning tashkiliy davri yakunlandi. 
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz Qurolli Kuchlarini tuzishda 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning huquqiy meʼyorlari, 
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha Xelsinki yakunlovchi 
akti, MDH kollektiv xavfsizlik Shartnomasi kabi xalqaro hujjatlarning 
barcha talablariga rioya qildi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 3-iyuldagi 
farmoniga muvofiq, Mudofaa ishlari vazirligi Mudofaa vazirligiga 
aylantirildi. Oʻzbekiston Respublikasining “Mudofaa toʻgʻrisida”, 
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida” hamda 
„Muqobil xizmat toʻgʻrisida”gi qonunlari qabul qilindi. 

 
1993-yilning 22-noyabrda “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlari harbiy qismining Jangovar bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Prezident 
farmoni imzolanib, Qurolli Kuchlar Jangovar bayrogʻining yagona 
namunasi belgilandi. OʻzR Oliy Kengashining 1993-yil 29-dekabrdagi 
Oʻzbekiston Respublikasining „Vatan himoyachilari kunini belgilash 
toʻgʻrisida“gi qonuniga binoan, 14 yanvar — Vatan himoyachilari 
kuni, deb eʼlon qilindi. 

 
1995-yil avgustida qabul qilingan OʻzR Harbiy doktrinasi 
mamlakatning harbiy sohadagi siyosatini belgilab berdi. Mintaqadagi 
harbiy siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan hodda 2000-yil 3-fevral kuni 
Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi qabul qilindi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish