O‘quv qo‘llanma (Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun) Toshkent-2019


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar



Download 0,96 Mb.
bet222/281
Sana11.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#543738
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   281
Bog'liq
2 5422714034484942030

Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar



  1. Nikohni eng qadimgi axloqiy munosabat shakli sifatida qanday tasavvur qilasiz?

  2. Nikohning qonuniy va diniy jihatlari xaqidagi fikringiz?

  3. Oilaning psixologik, ijtimoiy-manaviy muhitining farzand tarbiyasiga tasiri xaqida nimalarni bilasiz?

  4. Oila nomusi va shanini saqlashda ota-ona va farzandlar masuliyati va burchlari xaqida nimalarni bilasiz?

  5. Milliy manaviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyatlar haqidagi fikringiz? Uning yoshlar tarbiyasi, manaviy-axloqiy kamolotiga tasiri xaqida nimalarni bilasiz?

  6. YOshlar psixologiyasida oilaga munosabatning manaviy, axloqiy tamoyillarini shakllantirish deganda nimalarni tushunasiz?

  7. Bugungi kundagi oilaviy ajrimlar va uning yoshlar axloqiy kamolotga salbiy tasiri haqidagi fikringiz?

  8. Oila shartnomasini tuzishning axloqiy jihatlari haqida nimalarni bilasiz?

  9. Davlatning oila tinchligi va barqarorligini taminlashdagi o‘rni haqidagi fikringiz?

15-mavzu. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar
Axloqiy madaniyat mohiyatiga ko‘ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o‘z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog‘liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy meyor, ideal hamda talablarni bajarishda masuliyatni his etishi, manaviy-axloqiy bilimlarning e’tiqodga aylanishi va bu e’tiqodlarning tizimliligi, mustahkam manaviy-axloqiy his-tuyg‘u va xislatlarni shakllantirish, o‘quvchi-tadabalar tomonidan manaviy-axloqiy xulq-atvor jamiyat azolariga bo‘lgan hurmat-etiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab etilishi, manaviy-axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalarda namoyon bo‘ladi.
Axloq va axloqiylik muammolari insonning ijtimoiy munosabatlarida muhim o‘rin tutgani bois, bu masala azaldan etuk faylasuflar, allomalarning diqqat-etiborida turgan. CHunonchi, o‘z asarlarida inson axloq normalarini egallasagina, manaviy kamolotga erishishi mumkinligini, takidlagan Abu Nasr Forobiy. Axloqiy kamolot shartlari va asoslarining sharhiga alohida to‘xtalib, axloqiy kamolotga erishish, avvalo, shaxs jamiyat azolari bilan faoliyatda mushtarak-mutanosib bo‘lsa, uning ongida nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy manfaatlarga ham moyillik yuzaga kelishi orqali amalga oshishini ko‘p bor tilga oladi.
Buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy axloqiylik insonning kishilarga, jamiyatga va o‘z-o‘ziga real, amaliy munosabati asosida shakllanishini takidlaydi. Beruniy insonni oliy mavjudot sifatida tavsif etar ekan, Alloh unga inoyat etgan aql-zakovatga munosib bo‘lmog‘i kerakligini bayon etib, insondagi noxush axloqsizlik, badfellik, avvalo, uning o‘zi uchun, qolaversa, jamiyat uchun katta musibat keltirishini uqtiradi.
SHu bois jamiyat taraqqiyoti uchun zarur hisoblangan axloqiy qadriyatlarning egallanishi, insonning amaliy faoliyatda ularga amal qilishi - axloqiy madaniyatning asosiy mohiyatini tashkil qiladi.
Axloqiy madaniyat, avvalo, ijtimoiy va iqtisodiy omillarga axloqiy tamoyillar amollar va qadriyatlar shakllanishi sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.
Axloqiy madaniyat olamni manaviy-amaliy anglashning zarur vositalaridan biri sifatida malum qadriyatlarga yo‘nalganlikni, faoliyat meyorlari va sabablarini, insonlararo munosabatlarning o‘ziga xos shakllarini qamrab olgan holda, ularni asoslab beradi. Axloqiy madaniyatning muhim omili bo‘lgan axloqiy ong o‘z navbatida u yoki bu holatda nafaqat qanday yo‘l tutish kerakligini, balki vaziyat taqozo ettan vazifani qanday amalga oshirish zaruratini ham tushunishga imkon yaratadi. Axloqiy madaniyatga, avvalo, tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiya qilish mahsuli sifatida qarash, shu bilan birga, unga erishgan shaxs turli ijtimoiy muhitlar stixiyasi va favqulodda sodir bo‘lgan hodisalar zarbidan o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligini ham takidlash joiz.
Insonning go‘zal hayot kechirishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topa olishi, boshqalarning hurmat-ehtiromiga erishishda muomala madaniyatining o‘rni kattadir. Insonning shirinso‘zligi, uning tarbiyalanganidan guvohlik bersa, so‘zga boyligi, chechanligi, bilimdon va o‘qimishli, ekanligini ko‘rsatadi. Go‘zal muomala inson dilini qanchalik xushnud etsa, aksincha achchiq so‘z, qo‘pol muomala inson qalbini larzaga soladi.
Donishmandlarning “YUziga boqma, so‘ziga boq” degan hikmatlari ayni haqiqatdir. Til – inson tafakkuri mahsuli. U inson madaniyati fikriy go‘zalligini yaxshi , ibratli, havas qilsa arziydigan fazilatlarini yuzaga chiqaruvchi vositadir. Muomala esa insonlarni bir-biriga bog‘lovchi, YAqinlashtiruvchi, katta-kichik xayrli ishlarga undovchi fazilatdir. Insonning go‘zal hayot kechirishida, jamiyat orasida o‘z o‘rnini topa olishida, boshqalarning hurmat extiromiga erishishda muomalaning o‘rni kattadir. Insonning shirinso‘zligi kishining tarbiyalanganligidan guvohlik bersa, so‘zga boyligi, chechanligi, manodorligi uning o‘qimishli, bilimdonligini ko‘rsatadi. Go‘zal muomala inson dilini qanchalik hushnud etsa, aksincha achchiq so‘z, qo‘pol muomala inson qalbini larzaga soladi. SHirin muomalada bo‘lish ham katta sanat. SHirin so‘z bilan kishining ishonchi va qalbini egallash mumkin. So‘z, yuz va ko‘z, tilning ko‘rki hisoblanadi.
Insonning boshqa inson bilan muloqotiga qarab, uning axloqiga ham baxo beriladi. So‘z orqali insonlarning tafakkuri, fikri anglashiladi, muomala madaniyati orqali u kishining odobi, kelib chiqishi, naslu-nasabi, ota-onasi va ustozining bergan talim tarbiyasi namoyon bo‘ladi. Insonnning ichki dunyosi, SHaxsi, aqli va his-tuyg‘ulari uning tashqi qiyofasi – ko‘zlari, chehrasi, shuningdek qaddi-qomati va yurish-turishida to‘la aks etadi. Insonning ichki dunyosi qanchalik mukammal bo‘lsa, yurish – turishi ham shunchalik madaniyatli bo‘ladi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish