O‘quv qo‘llanma (Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun) Toshkent-2019


Tariflashga o‘xshash mantiqiy usullar



Download 0,96 Mb.
bet152/281
Sana11.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#543738
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   281
Bog'liq
2 5422714034484942030

Tariflashga o‘xshash mantiqiy usullar
Bilish jarayonida tariflashga o‘xshash usullar ham ishlatiladi. Ulardan tushunchani tariflashning yuqorida biz ko‘rib chiqqan turlarini qo‘llash mumkin bo‘lmay qolganda yoki unga zaruriyat bo‘lmaganda foydalaniladi:
a) tariflashga o‘xshash usullardan biri tushunchani unga qarama-qarshi bo‘lgan tushuncha orqali tariflashdir. Bu usul bilan odatda kategoriyalar mazmuni ochib beriladi. Masalan, «Ong materiyaning miyamizdagi inikosidir»;
v) tasvirlashda tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning bazi tashqi belgilarini ko‘rsatish orqali aniqlanadi. Badiiy asarlarda tabiat manzaralarini, personajlarning portretlarini chizish, sodir bo‘lgan birorta voqeaning bayon etilishi tasvirlashga misol bo‘ladi;
s) tavsiflash yordamida predmetning bazi bir munosabatdagi muhim tur belgilari ko‘rsatiladi. Bunga misol qilib birorta shaxsga berilgan tavsifnomani ko‘rsatish mumkin.
Tafovutlash, ostensiv tariflash kabi usullar ham mavjuddir.
Tariflash bilishda katta ahamiyatga egadir. U qisqa holda predmet haqida yaxlit fikr, tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Lekin predmet haqida fikr yuritganda u bilan cheklanib qolish mumkin emas. U, albatta, bilish jarayonida boshqa bilimlar yordamida konkretlashtirilishi, chuqurlashtirilishi zarur. Ana shundagina tushuncha ifoda etuvchi predmet haqidagi tasavvur aniq, to‘laroq bo‘ladi.
Tushunchalarni bo‘lish.Bo‘lish va klassifikatsiya (tasnif)
Ananaviy yondashuvga ko‘ra tarif berilgan turni jins va tur belgisiga ajratishdan tashkil topadi. Lekin jinsning o‘zi ham har xil turlarga ajratilishi mumkin. Masalan, tekis figura jins sifatida nafaqat uchburchak turlariga, balki to‘rtburchak, konussimon kesim va shu kabilar turlariga ham ajratilishi mumkin. Jinsning turlarini ko‘rsatish mantiqiy bo‘lish yoki qisqacha bo‘lish deb ataladi1.
Tushunchaning hajmini unda aks etgan predmetlarni ayrim guruhlarga (ayrim predmetlarga) ajratish yo‘li bilan aniqlashga tushunchani bo‘lish deyiladi. Bo‘lish amalini bo‘linuvchi tushuncha (hajmi aniqlanishi lozim bo‘lgan tushuncha), bo‘lish asosi (predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi) va bo‘lish azolari (bo‘lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalar) tashkil etadi. Masalan, «inson»larni (bo‘linuvchi tushuncha) jinsiga ko‘ra, (bo‘lish asosi) erkak va ayollar (bo‘lish azolari)ga ajratish yo‘li bilan uning hajmi aniqlanadi. Bo‘linuvchi tushuncha – jins tushuncha, bo‘lish azolari – tur tushunchalar bo‘lib, ular o‘zaro birga bo‘ysunish munosabatidadirlar.
Tushunchalarni bo‘lish amalini predmetlarni qismlarga ajratishdan farq qilish lozim. Masalan, avtomobilni kuzov, shassi, dvigatel va shu kabilarga ajratsak, uni qismlarga bo‘lgan bo‘lamiz. Predmetning qismi predmetning umumiy belgilariga ega bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun ham «Kuzov avtomashinadir», degan mulohaza hosil qilsak, u xato bo‘ladi. Agar «Avtomobil» tushunchasini «Engil avtomobil», «YUk tashuvchi avtomobil» tushunchalariga ajratsak, uni bo‘lgan bo‘lamiz.
Bo‘lishning ikkita turi mavjud: asos bo‘lgan belgining o‘zgarishiga qarab bo‘lish va dixotomik bo‘lish. Birinchi turida predmetning birorta umumiy belgisi bo‘lish uchun asos qilib olinib, uning o‘zgarishiga muvofiq holda predmetlarning ayrim guruhlari aniqlanadi. Masalan, burchakning o‘zgarishiga qarab «uchburchak» tushunchasi uchta tur tushunchaga: «to‘g‘ri burchakli uchburchak», «o‘tmas burchakli uchburchak», «o‘tkir burchakli uchburchak»larga ajratiladi. Bo‘lish asosi qilib bo‘linuvchi tushunchaning mazmunida fikr qilinadigan har qanday umumiy belgini olish mumkin. Masalan, «uchburchak» tushunchasini tomonlariga qarab «teng tomonli uchburchak», «teng yonli uchburchak», «turli tomonli uchburchak» tushunchalariga ajratish mumkin.
Tushunchaning qaysi belgisini bo‘lish asosi qilib olish bo‘lishda hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifaga bog‘liq. Lekin qanday vazifani hal qilishdan qati nazar, bo‘lish o‘zining obektiv asosiga ega bo‘lishi lozim, yani bo‘lish asosi bo‘lgan belgi predmetning umumiy belgisi bo‘lishi shart.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish