O‘quv qo‘llanma (Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun) Toshkent-2019


Falsafiy antropologiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi



Download 0,96 Mb.
bet112/281
Sana11.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#543738
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   281
Bog'liq
2 5422714034484942030

Falsafiy antropologiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi. YUnoncha sophia – donishmandlik, anthropos – inson va logos – talimot so‘zlaridan kelib chiqqan «falsafiy antropologiya» atamasi etimologik jihatdan inson haqidagi falsafiy talimotni anglatadi. Falsafiy antropologiya insonning alohida borliq manbai sifatida kelib chiqishi, tadrijiy rivojlanishi va mavjudligining o‘ziga xos xususiyatlariga doir falsafiy qarashlarni aks ettiradi.
SHu manoda falsafiy antropologiyaning ilk ildizlariga XVIII asr fransuz mutafakkirlarining asarlarida duch kelish mumkin. Ammo Kant, shuningdek, insonning mohiyati muammosini falsafaning «birdan-bir, universal va oliy» predmeti darajasiga ko‘taruvchi antropologik tamoyillarni falsafaga kiritgan va asoslab bergan Feyerbax say-harakatlari bilan falsafiy antropologiya mustaqil falsafiy fan sifatida shakllana boshladi.
Falsafiy antropologiya XX asrning 20-yillarida asosan M.SHeler, A.Gelen, X.Plesner asarlari tasirida uzil-kesil vujudga keldi. Xususan, M.SHelerning «Insonning kosmosdagi o‘rni» asarida inson haqida fundamental fan yaratish lozimligi qayd etiladi va uni falsafiy bilish dasturi taklif qilinadi.
M.SHeler falsafiy antropologiya insonning yaxlit konsepsiyasini yaratib, uni muayyan ilmiy, falsafiy va diniy jihatdan anglab etishda birlashtiruvchi rol o‘ynashi lozim, deb hisoblaydi. U «Falsafiy antropologiyaning vazifasi insonning barcha o‘ziga xos monopoliyalari, ishlari va amallari: til, vijdon, asboblar, qurol... davlat, rahbarlik, mif, din, fan... inson borlig‘ining asosiy strukturasidan qanday kelib chiqishini aniq ko‘rsatib berishdan iboratdir»1, deb qayd etadi.
Jamiyat inqirozi, ijtimoiy qarama-qarshiliklar va boshqa ziddiyatlarni M.SHeler inson, uning shaxsiyati inqirozining alomatlari deb hisoblaydi. U inson shu paytgacha (XX asrgacha) hali hech qachon bu darajada «muammoli» bo‘lmaganligini takidlaydi. Buning asosiy sababini SHeler insonni o‘rganish antropologik tafakkurning bir-biri bilan uncha bog‘liq bo‘lmagan turli yo‘nalishlari – teologik, falsafiy, tabiiy-ilmiy antropologiya doirasida amalga oshirilishida ko‘radi. Masalan, teologik antropologiya insonni faqat iudeycha-xristiancha ananalar nuqtai nazaridan o‘rganadi. Falsafiy antropologiya asosiy etiborni insonning o‘zligini o‘rganishga qaratadi, tabiiy-ilmiy antropologiya (tabiatshunoslikning barcha tarmoqlari va genetik psixologiya) esa faqat Yer rivojlanishining eng so‘nggi mahsuli sifatidagi, hayvonot dunyosidagi o‘zidan oldingi shakllardan energiya va qobiliyatlar birikmasining murakkablik darajasi bilangina farq qiluvchi mavjudot sifatidagi inson haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
M.SHeler fikriga ko‘ra, falsafiy antropologiyaning vazifasi inson borlig‘i strukturasidan insonning barcha ishlari va amallari, shu jumladan til, fan, mif, sanat, din, jamiyat, davlat, tarix, g‘oyalar, vijdon va insonni tavsiflovchi boshqa omillar qanday kelib chiqishini ko‘rsatib berishdan iborat. SHu nuqtai nazardan inson falsafasi barcha fanlar fani maqomini kasb etadi.
M.SHeler fikricha falsafiy antropologiyaning predmeti – bu inson mohiyati va uning strukturasi haqidagi fandir.
M.SHeler G‘arbiy Evropa jamiyatini axloqiy, falsafiy va diniy qadriyatlar odamlar uchun ikkinchi darajali ahamiyat kasb etayotgani uchun tanqid qiladi va ularga bu qadriyatlarni birinchi o‘ringa qo‘yishni tavsiya etadi. Jamiyatni chulg‘ab olgan inqirozdan chiqish yo‘lini M.SHeler aynan shunda ko‘radi.
SHunday qilib, inson ongli mavjudot sifatida M.SHeler falsafasida markaziy o‘rinni egallaydi, inson borlig‘ining asosiy tamoyillari sifatida qudratli, biroq kelajakni oldindan ko‘rolmaydigan yashashga intilish, hamma narsani anglab eta oladigan, ammo hayotni belgilashga ojiz bo‘lgan ong amal qiladi.
SHeler talimoti hayot falsafasi va ekzistensializmning rivojlanishiga ancha kuchli tasir ko‘rsatdi. Uning negizida keyinchalik alohida falsafiy-antropologik talimotlar – biologik, psixologik, madaniy, diniy va boshqa nazariyalar vujudga keldi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish