O‘quv qo‘llanma (Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun) Toshkent-2019



Download 0,96 Mb.
bet71/281
Sana11.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#543738
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   281
Bog'liq
2 5422714034484942030

Ijtimoiy makon. Makon va vaqt munosabatlarining yanada murakkabroq manzarasi ijtimoiy tuzilmalarda kuzatiladi. Ijtimoiy makon bu insonning dunyoga munosabati bilan belgilangan, inson faoliyati va amaliyotining o‘ziga xos xususiyatlariga tarixiy bog‘liqligidir. U alohida insoniy mano kasb etadi va biosfera, sayyora va koinot darajasidan bir vaqtda o‘rin oladi, shu bilan birga inson yaratgan infratuzilma, o‘zlashtirilgan hududlar, foydalanilayotgan suv va fazo okeanlari, jamuljam holda inson yashaydigan makonga aylangan koinot kengliklari ko‘rinishida ulardan ajralib turadi. Bunda ko‘lamli strukturalar o‘z holicha, xaotik tarzda vujudga kelmaydi, balki jamiyat evolyusiyasi obektiv jarayonlarining mahsuli hisoblanadi va muayyan xalqlarning turmushi va madaniyatini, ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, malum vaqt ruhini o‘zida aks ettiradi. Bularning barchasi pirovardida «ikkilamchi tabiat»ni tashkil etadigan tegishli arxitektura, o‘zgartirilgan landshaft va shu kabilarda o‘z aksini topadi.
Xulosalar. Borliq haqidagi falsafiy qarashlarni umumlashtirib va bu kategoriyalarni bilish insonning umumiy dunyoqarashining rivojiga ijobiy tasir ko‘rsatadi degan xulosaga kelish mumkin.
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
1.Borliq tushunchasi va uning asosiy turlari nimalardan iborat?
2.Substantsiya tushunchasining ma’nosi qanday?
3.Materiya tushunchasi va uning ilmiy-falsafiy ahamiyati nimalardan iborat?
4.Harakat fazo va vaqt tushunchalarining mohiyatini izohlab bering.
5.Sharq mutafakkirlari falsafiy ta’limotlarida olam-falakning doimo harakatda ekanligi haqida so’zlab bering.
6.Tabiat tushunchasi ma’nosini aytib bering. Inson tabiatning oliy mahsuli ekanligini qanday tushunasiz?
7.Inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi nimalardan iborat?
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo‘nalishlari va asosiy muammolari

Insonning o‘zini qurshagan dunyoga bo‘lgan munosabatlaridan biri - bilishdir. Inson o‘z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, yani tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o‘zini, o‘zining ruhiy-manaviy dunyosini ham bilib boradi.


Insonning dunyoni bilishini falsafa ham, boshqa hamma aniq fanlar ham o‘rganadi. Bunda aniq fanlar dunyoning turli tomonlarini, ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rgansa, falsafa esa inson bilishining eng umumiy tomonlarini, qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rganadi va ochib beradi. Aristotel ko‘rsatishicha, alohida fanlar borliqning ayrim tomonlarini o‘rgansa, falsafiy bilish borliqning eng umumiy tomonlarini o‘z ichiga oladi. Falsafa keng ko‘lamdagi kategoriyalar, tushunchalar vositasi bilan butun g‘oyalarni sintezlashtiradi.
Bilish nazariyasi, borliq va bilish rivojlanishining umumiy qonunlari haqidagi talimot. Bilishning falsafiy nazariyasiga ko‘ra, bilish moddiy va manaviy borliqning inson miyasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faol aks etishidir. Inson bilishining manbai esa ayni shu moddiy va manaviy borliq, ularni tashkil qilgan predmetlar, hodisalar va jarayonlardir. Bu predmetlar, hodisalar va jarayonlar insonga tasir qilib, uning miyasida aks etadi. Ular moddiy va manaviy borliqning inson miyasidagi subektiv obrazlari, ramzlari va belgilaridir. Bu jihatdan inson bilishi, avvalo, moddiy va manaviy borliqning xususiyatlariga va shu bilan birga, ularni faol inikos ettiruvchi inson miya mexanizmining rivojlangan darajasiga bog‘liqdir.
Bilish insonning tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, manaviy faoliyat turidir. Inson o‘zini qurshab turgan atrof-muhit to‘g‘risida bilim va tasavvurga ega bo‘lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo‘lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro‘y beradi. SHuningdek, bilish insongagina xos bo‘lgan manaviy ehtiyoj, hayotiy zaruriyatdir.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish