O’quv qo’llanma) (5110900 – Педагогика ва психология) Andijon-2019 ishanova m. Oila pedagogikasi



Download 0,68 Mb.
bet25/41
Sana18.02.2023
Hajmi0,68 Mb.
#912567
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Bog'liq
OILA PEDAGOGIKASI OQUV qo\'llanma

Nikoh to‘ylari. Har bir kishining hayotida yangi sahifa ochadigan, muhim burilish yasaydigan eng muhim voqeaning tantanali nishonlanishidir. Nikoh to‘yi oilaviy marosimlar ichida eng yirigi bo‘lib, uni tashkil qilish va o‘tkazish uzoq muddatni o‘z ichiga oladi. Nikoh to‘yi bilan bog‘liq odatlar, irim, rasm-rusmlar ham juda ko‘p. O‘zbeksitonning turli shahar, qishloqlarida o‘tkaziladigan nikoh to‘ylarining umumiy jihatlari bo‘lganidek, har bir hududdagi to‘ylarning o‘ziga xos tomonlari ham mavjuddir.
O‘zbek nikoh to‘ylari uch bosqichli jarayonni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich – kelin tanlash, unga sovchi yuborish, non sindirish fotiha qilish kabi marosimlardan iborat. Xalqmizning to‘y marosimi bilan bog‘liq “sovchilik” udumi haqida ikki og‘iz so‘z.
Sovchilar ko‘pni ko‘rgan obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan kishilar bo‘ladilar. Sovchilar bo`lg‘usi kelinning ota-onasini, oilaviy hayotini, hovli-joyining ozodaligini, ota-onasining muomalasini kuzatadilar. Ayniqsa, bo‘yiga yetgan qizning uyiga sovchi kelganda, sovchilar birinchi galda shu xonadonning oshxonasiga va hojatxonasiga e’tibor berganlar. Agar oshxona sarishta bo‘lsa, hojatxona ham toza bo‘lsa, sovchilar bu xonadonning qizi farosatli, mehnatsevar ekan degan tasavvurga ega bo‘lganlar. Ayniqsa, qizning onasiga e’tibor berganlar, “Onasini ko‘rib, qizini ol” degan maqol shu ma’noda ishlatiladi. Sohibqiron Amir Temur o‘z tuzuklarida shunday vasiyat qiladi: “O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko‘rdim”, – deya farzandlarga juft tanlash masalasiga katta e’tibor bergan.
Ikkinchi bosqich – kelinni kuyovning uyiga olib kelish, nikohlash, to‘y-tomosha, bazm kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Uchinchi bosqich – nikoh to‘yidan so‘ng o‘tadigan “yuz ochdi”, “kelin salom”, “kuyov chaqirdi” kabilardan iborat.
Nikoh to‘ylarida o‘zbek xalqining eng yaxshi ma’naviy fazilatlari namoyon bo‘ladi; to‘yga barcha oldindan tayyorlanadi, hamma o‘zining yaxshi ko‘rgan liboslarini kiyadi, barchada ko‘tarinki ruh, xursandchilik hukm suradi.
Hhozirgi paytda nikoh to‘ylarida ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bugungi nikoh to‘ylari yigit-qizning roziligi, o‘zaro muhabbati asosida o‘tkazilmoqda. Balog‘atga yetmagan yoshlarni nikohdan o‘tkazish butunlay yo‘qoldi. “Qalin”, “sut puli” kabi ortiqcha harajat talab qiladigan qadimiy udumlar deyarli barham topdi. Ortiqcha harajatlar butunlay yo‘q bo‘lmasa-da, ular o‘rnini yangi oila uchun zarur bo‘lgan jihozlarni olib berish an’anasi egalladi. Mustaqillik sharofati bilan yoshlarni nikoh oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yaxshi an’anaga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 17-moddasida ko‘zda tutilgan: “Nikohlanuvchi yoshlar tibbiy ko‘rikdan faqat ularning roziligi bilan o‘tkaziladi” – degan qoidadan kutilgan maqsad-muddao g‘oyat qutlug‘dir. Bu qoida mohiyatan jamiyatda sog‘lom oilani shakllantirish, sog‘lom avlodni dunyoga keltirish va ularni barkamol bo‘lib tug‘ilishini ta’minlashga qaratilgan an’anadir.
O‘zbek nikoh to‘ylari hozirgi paytda, asosan, uchta marosimdan iborat bo‘lmoqda:

  1. “Non sindirish” marosimi – kelin va kuyovning ota-onasi, qarindoshlarining nikoh to‘yini o‘tkazish rejasini tuzib olishlari uchun zarur bo‘lgan muloqot – kengash vazifasini o‘taydi;

  2. Kelin-kuyovning FHDYo byurosi ro‘yhatidan o‘tishi. Bu an’ana oilaning huquq va majburiyatlarini qonunlashtirish vazifasini bajaradi;

  3. To‘y marosimi yosh yigit-qiz oila qurganligini tantanali nishonlash uchun xizmat qiladi.

Oilaviy marosimlarni o‘tkazish jarayonida namoyon bo‘ladigan insonparvarlik, mehribonlik, mehmondo‘stlik kabi fazilatlar yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi. Bu tadbirlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xalq odatlari, folklor janrlari, lapar, yor-yor, o‘lan marosim qo‘shiqlari, o‘yin-musobaqalar, duolardan foydalanish – yoshlarning ma’naviy kamol topishida katta ahamiyatga ega.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish