Nazorat uchun savollar:
Oila tushunchasi.
Oilaning vazifalari.
Jamiyatga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari.
Odamlarga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari.
Asosiy adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - T., 2012-y.
2. O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi. - T., 1998-y.
3. Hasanboeva O. va boshqalar. Oila pedagogikasi. - T., 2007-y.
4. Hoshimov K., Nishonova S. va boshqalar. “Pedagogika tarixi” -T.,1996.
5. Abdurauf Fitrat. “Oila yoki uni boshqarish tartiblari” -T.,1996-y.
6. Musurmonova O. O‘quvchilarning ma'naviy madaniyatini shakllantirish.
2.3. Oilaning turlari.
REJA:
Oilaning tarixiy turlari.
Hozirgi vaqtda oilalarning xilma-xil shakllari.
3. O‘zaro munosabatlar xarakteri bo‘yicha oilalarning turlari.
Tayanch tushunchalar: oila, tarixiy turlari, shakllari, o‘zaro munosabatlari, ijtimoiy maqom.
Jamiyatda oilaning rolini o‘z kuchi bo‘yicha boshqa hech bir ijtimoiy institutlar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Aynan, oilada insoning shaxsi shakllanadi va rivojlanadi; bola jamiyatda qiyinchiliklarsiz moslashib ketishi uchun u oilada ijtimoiy vazifalarni egallaydi. Oila birinchi tarbiyaviy institut sifatida ishtirok etadi, inson o‘zining u bilan bog‘liqligini butun hayoti davomida his etadi. Oilada inson ma’naviyatiga asos solinadi, xulqi qoidalari yuzaga keltiriladi, shaxsning ichki dunyosi, individual sifatlari ochib boriladi. Statistikaning ko‘rsatishicha, xo‘jalik yuritishning bozor siyosatiga o‘tishi ijtimoiy institut sifatida oila holatiga ancha salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Demograflar tug‘ilish kamayganini qayd etadilar. Sotsiologlar asotsial oilalar sonining o‘sib borishini qayd etadilar va turmush darajasining pasayishini taxmin qiladilar.
Hamma davrlarda ham oila o‘zining bolalarini tarbiyalashda yordam olishga talabni his etgan. Tarix ko‘rsatishicha, odamlar katta oilalar bilan yashaganlarida oilaviy hayotning zarur bo‘lgan bilim va ko‘ikmalari avloddan-avlodga tarbiyaviy ravishda va oddiy kundalik jarayonda o‘tib kelgan.
Zamonaviy rivojlangan jamiyatda avlodlar o‘rtasidagi oilaviy aloqalar buzilmoqda. Shuning uchun jamiyat oilani tashkil etish va bolalarni tarbiyalash haqidagi zarur bilimlarni yetkazish bo‘yicha ishlarni o‘z zimmasiga oladi. Hozirgi paytda ota-onalarga mutaxassis psixologlar, ijtimoiy ishlar xodimlari, ijtimoiy pedagoglar va bolalarni tarbiyalash bo‘yicha boshqa mutaxassislarning yordami zarur. Ana shu mutaxassislar yordamiga faqat notinch, yomon sharoitdagi oilalar emas, bugungi kunda tinch, yaxshi oilalar ham muhtoj.
Do'stlaringiz bilan baham: |