Guruh haqida tushuncha. Guruh- bu muayyan belgiga, masalan, sinfiy mansublikka, birgalikda faoliyat ko`rsatishning mumkinligiga va uning xarakteriga, tashkil topish xususiyatlari va shu kabilar asosida ajralib turadigan umumiylikdir. Guruhlarning klassifikatsiyasi ham shunga muvofiq tarzda bo`lib, kichik va katta guruhlarga bo`linadi - o`z navbatida ular ham real (bog`langanlik, shartli formal (rasmiy), hamda noformal (norasmiy) guruhlarga, rivojalanish darajasi turlicha bo`lgan ya`ni rivojlangan (jamoalar) va yetarli darajada rivojlanmagan yoki kam rivojlangan guruhlarga (uyushmalarga, birlashmalarga, aralash guruhlarga) bo`linadi.
Katta guruhlar umumiy makon va zamonda hayot kechirayotgan anchagina odamlarni o`z tarkibiga olgan sotsial umumiylikni tashkil qiladigan real guruhlar shaklida bo`lishi mumkin.
Bu xildagi katta guruhlarga korxonaning mehnat jamoasi, yoki ko`pgina o`qituvchilar bir-birlari bilan bevosita o`zaro aloqada bo`lmasalar ham, lekin ayni chog`da bitta rahbarga bo`ysunadigan, bitta partiya va kasaba uyushmasi tashkilotiga kiradigan, maktab hayotiga oid hamma uchun umumiy hisoblangan ichki tartibning barcha qoidalariga amal qiladigan kattagina bir maktabning pedagoglar jamoasi kiritilgan bo`lishi mumkin. Katta guruhlar ba`zan bir belgilari (sinfiy, jinsiy, milliy, yosh va boshqa belgilari)ga binoan ajratiladigan va birlashtiriladigan shartli guruhlar shaklida bo`lishi ham mumkin. Katta shartli guruhga kiritilgan kishilar hech qachon bir-birlari bilan uyushmagan bo`lmasa ham, lekin bu xildagi guruhga ajratilgani uchun asos bo`lgan belgilariga ko`ra umumiy sotsial va psixologik ta`rifga ega bo`lishlari mumkin.
Kichik guruhlar – hamisha bog`langan umumiylik bo`lib, unga kiruvchi shaxslarning o`zaro birgalikdagi real harakati va ular o`rtasidagi o`zaro munosabatlar bilan bog`langandir. Bu guruhlar rasmiy (formal) bo`lishi, ya`ni yuridik jihatdan qayd etilgan xuquq va burchlarga, normativ asosida o`rnatilgan strukturaga, tayinlab yoki saylab qo`yilgan rahbarlikka ega bo`lishi mumkin.
Shuningdek, yuridik jihatdan qayd etilgan statusga ega bo`lmagan, ammo tarkib topgan shaxslararo munosabatlar (do`stlik, hayrihohlik, hamjihatlik, ishonch va shu kabilar) sistemasi bilan ifodalaniladigan norasmiy (ko`pincha ularni noformal deb ham atashadi) guruhlar ham alohida ajralib turadi. Ular alohida ajralib turadigan umumiylik (masalan, turli maktablar va hunar-texnika bilim yurtlarining mototsikl sportiga qiziqishi umumiyligi negizida birlashgan bir qancha o`quvchisi) sifatida yuzaga chiqishi va rasmiy guruhlar ichida yetarli darajada barqaror tus kasb etishi (sinfdagi do`stona ulfat tarzida kirishi) mumkin.
Rasmiy va norasmiy guruhlar o`rtasidagi chegaralar shartli va nisbiydir. O`quvchilarning bu xildagi norasmiy guruhlarini shakllantirish o`qituvchi olib borishi shart bo`lgan tarbiyaviy ishning muhim vazifasi hisoblanadi.
Guruhlar rivojlanishining darajasi yoki saviyasi ularning klassifikatsiyasining eng muhim negizi hisoblanadi. Guruhiy rivojlanish darajasi–shaxslararo munosabatlarning shakllanganligining belgisi, guruhlar shakllanishi jarayonining natijasidir.
Rivojlanish darajasiga ko`ra farqlanadigan guruhlarning – diffuz guruhlar, sotsial yo`nalishdagi uyushmalar, sotsial yo`nalishga zid uyushmalar va birlashmalar, kollektivlarning psixologik toifasi shu asnoda tarkib topadi.
Guruhiy rivojlanishning tegishli ravishda ancha ifodalangan darajalarini ko`rsatadigan (har bir konkret guruh boshidan kechirishi mumkin bo`lgan son sanoqsiz oraliq holatlari bilan birga) qat`iyan beshta pozitsiya alohida ajralib turadi:
Bilvositalikning mumkin qadar yuksak darajasi va faoliyatning shaxslararo munosabatlari bilvosita ifoda etuvchi omillarning eng yuksak sotsial qimmati. Bu jamoadir.
Agar guruhda tegishli tarzda birgalikdagi faoliyat mavjud bo`lsa, shaxslararo munosabatlarni bilvosita ifoda eta oladigan eng yuksak darajadagi sotsial yo`nalishga ega omillar mavjud bo`lgan taqdirda bilvositalikning eng past darajasi. Bu sotsial yo`nalishdagi uyushma (misol uchun studentlarning do`stona kompaniyasi)dir.
Birgalikdagi faoliyatning yo`qligi bilan bog`liq bilvositalikning mavjud emasligi. Bu diffuz guruh (masalan, avtobusdagi yo`lovchilar yoki umumiy palatadagi bemorlardir).
Shaxslararo munosabatlarning eng yuksak darajasi nosotsial yo`nalishga ega bo`lgan bilvosita omillar mavjud sharoitlardagi qandaydir birgalikdagi faoliyatning past darajada bilvosita ifoda etilishi. (masalan, bezorilik qiluvchi o`spirinlar guruhi). Bu prosotsial uyushmadir.
Faoliyat vositasi ifoda etishning eng yuksak darajasi va bilvosita ifoda etuvchi omillarning eng yuksak daraja aksil ijtimoiy, reaktsion xarakterga egaligi. Bu-birlashma (masalan, mafiya).
Jamoaning yuksak darajada rivojlangan guruh sifatida boshqa guruhlarga nisbatan printsipial jihatdan farqlari tajriba yo`li bilan kayd etildi. Jamoada faoliyatning samaradorligi bilan o`zaro his-xayajonli psixologik munosabatlarning makbul xarakteri o`rtasidagi nisbat ijobiy, sust rivojlangan guruhlarda esa salbiy bo`ladi. Past darajada rivojlangan guruhlarda guruhning miqyosi bilan uning a`zolaridan umumiy ishga eng ko`p hissa ko`shish istagi o`rtasidagi teskari bog`lanish mavjudligi aniqlandi, guruhning mikyosi yiriklasha borishi bilan jamoadan birgalikdagi faoliyat ishtirokchilarining motivlari susaymaydi. Tasodifiy guruhda yordamga muxtoj kishiga yordam ko`rsatilish ehtimoli guruhning mikyosi kengayishi bilan susaya boradi, jamoada esa bunday qonuniyat namoyon bo`lmaydi va hokazo.
Shunday qilib, birgalikdagi sotsial qimmatga ega shaxs uchun ahamiyatga molik faoliyatning amalga oshirilishi o`zaro jamoatchilik munosabatlari o`rnatilishi, individual munosabat bilan jamoa munosabatlari o`rtasidagi ziddiyatlar barham topishini ta`minlaydi. Bunday faoliyat jarayonida shaxslararo munosabatlarda boshqa sharoitlada qayd etilishi mumkin bo`lmagan alohida hodisalar yuz beradiki, guruh rivojlanishining alohida belgisi sifatidagi jamoatchilik hosil bo`ladi. Aynan jamoa shaxsning jamiyatga bog`liqligini ifoda etadi. Shaxs ana shu bog`liqlik orqali erkinlikka muvaffaq bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |