O’quv metodik material o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti


deb ongli tarzda mehnat qilish, ijodiy ilmiy faoliyat yuritib tabiat, jamiyat



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/57
Sana13.03.2022
Hajmi1,75 Mb.
#492659
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57
Bog'liq
milliy goya asosiy tushuncha va tamoillar

deb ongli tarzda mehnat qilish, ijodiy ilmiy faoliyat yuritib tabiat, jamiyat 
hodisalarining sir-asrorlarini bilish va ularni o‘z ehtiyojlariga qarab o‘zgartirish, o‘zidan 
tug‘ilgan farzandlarini tarbiyalab voyaga etkazish, boshqalarning dardlariga malham bo‘lish, 
o‘zidagi jismoniy. va ma’naviy barkamollikni uyg‘unlashtirish qobiliyatiga ega bo‘lgan fahm-
farosatli, tirik aqlli mavjudotga aytiladi. 
Komil inson tushunchasi. "Komil” so‘zi arabchadan o‘zbek tiliga kirib kelgan bo‘lib "etuk, 
to‘liq, mukammal"
180
degan ma’noni anglatadi. SHunga ko‘ra komillik deb mexr-muruvvat, adolat, 
to‘g‘rilik vijdon, or-nomus, iroda, tadbirkorlik matonat kabi ko‘plab asl insoniy xislat va 
fazilatlarning majmuiga aytiladi. Ana shunday komillikka erishgan insonlar jamiyatni 
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etgan. SHu tufayli komil inson g‘oyasi dunyoga kelgan. 
Xo‘sh, komil inson kim? Bu savolga yurtboshimiz I.A.Karimov shunday javob beradi: "Biz 
komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor soxasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson 
deganda biz, avvalo, ongi yuksak mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat 
bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan 
aldab bo‘lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko‘radi. O‘z fikr-o‘yi, xulosasini 
mantiq asosida qurgan kishi etuk odam bo‘ladi"
47
. Demak, milliy g‘oyamizning asosiy 
maqsadlaridan biri - har tomonlama komil insonni tarbiyalashdai iborat. Komil Inson esa, bu - ozod 
shaxs, erkin fikr etuvchi, o‘z xalqining ideallari uchun kurashuvchi inson, o‘z Vataniga xalol xizmat 
kiluvchi kishidir. 
Komil inson g‘oyasini amalga oshirishdagi ustuvor vazifalar. O‘zbek xalqi Mustaqillikka 
erishgach komil inson g‘oyasi yangicha mazmun-ma’no kasb eta boshladi. Hozirgi kunda komil 
insonga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlarni shakllantirish vazifasi kuyilgan: 
1.
Har bir odamni jismonan sog‘lom kilib tarbiyalash. Jismoniy tanasida nosog‘lom bo‘lgan 
odam qanchalik urinmasin komillik darajasiga ko‘tarila olmaydi. 
2.
Har bir katta-kichik odamning dunyoviy (tabiiy va gumanitar, ijtimoiy-iktisodiy) bilim 
asoslarini chuqur o‘zlashtirishini yo‘lga qo‘yish. Dunyoviy bilimlarni puxta o‘zlashtirmagan odam 
taraqqiyotning nima ekanligini tushunmaydi, texnika va texnologiyalardan, xo‘jalik va davlatni 
м
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ; // Унинг ўзи. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. -Т.:Ўзбекистон, 1999. -
Б.134. 


boshqarish san’atidan to‘g‘ri foydalana olmaydi. 
3.
Har bir fuqaro diniy bilim asoslaridan xabardor bo‘lishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish. 
Diniy bilim asoslaridan xabardor bo‘lmagan odamlar ko‘r-ko‘rona boshqa yullarga kirib ketishi, 
ya’ni diniy ekstremizm kabi vayronkor g‘oyalarning kurboniga aylanishi mumkin. 
4.
Odamlarni ma’naviy-ruxiy jihatdan xam sog‘lom bo‘lishi xaqida qayg‘urish. Ma’naviy 
qashshoqlik ruhiy xastalik balosiga giriftor bo‘lgan odamni hech kim komil insonlar safiga 
ko‘shmaydi. 
5.
Ki
shilarni' qanday bo‘lmasin biron bir foydali kasb-xunarning egasi, ya’ni o‘z kasbining ustasi, 
aniqrog‘i etuk mutaxassis qilib etishtirish. Kasb-xunarsiz odamlar bilan farovon hayot kurib 
bo‘lmaydi. 
6.
YOshlarni ongli, mustaqil fikr yuritadigan, har tomonlama bilimli, voqealar rivojidan 
mantiqan to‘g‘ri xulosa chiqara oladigan qilib tarbiyalash. Aqlsizlik jaholatga olib keladi. Jaholat 
esa halokatga olib keladi. 
7.
Kishilarning ma’naviy vujudida yuksak axloqiy - ma’naviy fazilatlarni shakllantirish. Inson 
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga qanchalik amal qilsa, uning axloqiy-ma’naviy fazilati ham 
shunchalik yuksak bo‘ladi. 
8.
YOshlarni ozod va erkin, o‘z Vatanini jondan ortiq sevguvchi shaxs qilib voyaga etkazish. 
Uning vujudiga Vatanning mustaqillik ruhini singdirish. 
YUqorida bildirilgan fikrlarga asoslangan holda komil inson tushunchasiga quyidagicha 
falsafiy ta’rif berish mumkin. 
Komil inson 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish