Bunda, nemis modeli ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga, britan modeli iqtisodiyotni
davlat tomonidan tartibga solishga, fransuz modeli davlat tadbirkorligiga, shved modeli ijtimoiy
tenglik va adolatni ta’minlash ustuvorligiga asoslangan xrlda iqtisodiy faoliyat olib borishga
saratilganligi bilan ajralib turadi.
Osiyo mamlakatlaridagi yapon modeli iqtisodiyotni yaponcha hayot tarzi an’analariga
muvofiq "oila+jamoa"ni uyg‘unlashtirish asosida jamiyatni ijtimoiy tashkil etish,
koreys modeli
investitsiyalarni jalb etish; hind modeli korxonalarning innovatsion faolligi; xitoy modeli
industrlashtirish, shaharlashtirish, marketinglash va baynalmillashuv, shuningdeq iqtisodiyot,
siyosat, madaniyat, jamiyat va ekologiya
sinteziga asoslanadi
178
. Ushbu modellarning ishlash
mexanizmlari, ular keltirib chiqaradigan natijalar tuliq o‘rganib chiqilgandan so‘ng, ulardan nusxa
ko‘chirilmasdan, o‘zbek xalqining manfaatlariga mos keladigan va ularni porloq kelajak uchun
boshlab boradigan taraqqiyotning yangi "o‘zbek modeli" O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
I.A.Karimov tomonidan 1992 yilda yozilgan "O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yuli" nomli
kitobi va keyingi asarlarida ilmiy jihatdan asoslangan holda ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etildi.
2.
"O‘zbek modeli"ning mohiyat-mazmuni. Uning kishilar tafakkurini yangilashda tutgan
o‘rni va roli
"O‘zbek modeli”ning asosiy maqsadi va vazifalari. "O‘zbek modeli"ning asosiy maqsadi
bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyatni barpo etishdan iborat bo‘lsa, asosiy
vazifalari esa iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa sohalarda tub o‘zgarishlar va
islohotlarni
amalga oshirish, xalqning turmush farovonligini yuksaltirish,
komil insonlarni
tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat.
"O‘zbek modeli"ning mohiyati va mazmuni. "O‘zbek modeli"ning mohiyati-mazmunini
millati, tili va dinidan qat’i nazar, davlatimizda yashovchi barcha kishilar uchun munosib hayot
sharoitini yaratib berish, har bir inson uchun ijtimoiy kafolatlangan turmush darajasini va
erkinliklarini ta’minlash, xalqimizning qadriyatlari va mentalitetiga, milliy davlatchilik an’analariga
tayanish, dunyo tajribasining ilgor yutuqlariga asoslanish, umuminsoniy
qadriyatlar ustuvorligini
ta’minlash masalalari tashkil etadi.
"O‘zbek modeli"ning asosiy tamoyillari. "O‘zbek modeli"ning asosiy tamoyillari: 1)
iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi, siyosatdan ustunligi; 2) davlat - bosh islohotchi; 3) bozor
munosabatlariga tadrijiy yo‘l bilan bosqichma-bosqich o‘tish; 4) qonun ustuvorligi; 5) kuchli
ijtimoiy siyosat yuritishdan iborat.
"O‘zbek modeli”ning kishilar tafakkurini yangilashda tutgan o‘rni va roli. "O‘zbek
modeli"ning kishilar tafakkurini yangilashda tutgan o‘rni va roli quyidagilar: birinchidan,
odamlarning dunyoqarashini tubdan o‘zgartirib, mustaqillikning ulug‘ saodat ekanligiga ishonchini
mustahkamlaganligi;
ikkinchidan, iqtisodiy erkinlik - shaxs, oila, mehnat jamoasi, ijodiy
guruhlarning tashabbuskorligi va tadbirkorligini kuchaytirib xalq farovonligini oshirayotganligi;
uchinchidan, xususiy mulkning daxlsizligini ta’minlab, uning mavqeini kuchaytirayotganligi;
to‘rtinchidan, aholining nochor qatlamlari, bolalar, talabalarning ijtimoiy jihatdan qo‘llab
quvvatlanayotganligi; beshinchidan, ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirib, komil insonlarni
voyaga etkazishga xizmat qilayotganligi; oltinchidan, jahonda o‘zbek degan xalqning borligini har
tomonlama namoyon qilayotganligi va boshqalar bilan ifodalanadi. SHuning uchun ham bu
modelning o‘zbek xalqi hayotida tutgan o‘rni va roli haqida I.A.Karimov: "...biz tanlagan taraqqiyot
strategiyasining naqadar to‘g‘ri bo‘lganini hayotning o‘zi yana va yana bir bor tasdiqlab
bermoqda"
46
, - degan edi.
3.
Komil insonlarni tarbiyalab voyaga etkazish - ma’naviy yangilanishning pirovard natijasi
Inson tushunchasi. Inson - har qanday falsafiy ta’limotning asosini tashkil etuvchi
46
Каримов И.А. Мамлакатимизни демократик янгилаш ва модернизация қилишга қаратилган тараққиёт йўлимизни қатъият билан
давом эттириш - бош мақсадимиздир // Халқ; сўзи, 2014 йил, 6 декабрь.
fundamental falsafiy kategoriya hisoblanadi. Inson tushunchasiga aniq ta’rif berish uchun uni
olamda mavjud bo‘lgan boshqa biologik mavjudotlardan ajratib turuvchi eng muhim xususiyatlarni
aniqlash zarur. Ta’kidlash zarurki, eng avvalo, inson boshqa tirik mavjudotlardan o‘zining xotirasi,
tafakkuri, tili borligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, til uning ajdodlari
va avlodlari orasidagi
vorisiyliq aloqadorlik vazifasini bajaradi. Inson nasliga xos barcha genetik xususiyatlar, axloqiy
normalar, uning faoliyatini boshqaruvchi dasturlar xuddi shu til orqali ajdodlardan avlodlarga
o‘zatiladi. Boshqa tirik mavjudotlardan insonning tub sifatiy farqni ifodalovchi xususiyatlardan
yana biri uning o‘z amaliy faoliyatini tartibga sola bilishidir. Bu holat insonning insoniyligini
belgilovchi eng muhim xususiyat, madaniyat ekanligini ifodalaydi. SHuningdek insonning o‘z
turmushi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish malakasiga egaligi
ham ana shunday xususiyatlardan biri hisoblanadi. Inson xayotida mehnat asosiy rol o‘ynaydi.
Mehnat tufayli inson o‘zi yashayotgan tabiiy muhitni o‘zgartiradi, moddiy va ma’naviy
boyliklar
yaratadi, o‘z-o‘zini o‘zgartiradi.
Bugungi kunda faylasuflar inson uchta buyuk qudrat:tana, ruhiyat va ma’naviyatning
yig‘indisi ekanligini uqdirmoqdalar. Bunda insonning biologik holatideganda uning tanasida sodir
bo‘ladigan morfofiziologik genetik miyasida ro‘y beradigan elektroximik o‘zgarishlar, uning yoshi,
irqi va jinsini ifodalovchi alomatlar; tushuniladi. Insonning ruhiy holati haqida fikr yuritganda
uning his-tuyg‘ulari, kayfiyati, kechinmalari, irodasi, temperamenti anglanadi. Insonning
ma’naviyati jamiyatda mavjud bo‘lgan ob’ektiv shart-sharoitlar va sub’ektiv omillar natijasida
shakllangan fazilatlar,
xislatlar, qobiliyatlar, malakalar yigindisidir. YUqoridagi fikr-mulohazalar
insonning murakkab, bir butun biosotsial jonzot ekanligidan dalolat beradi.
YUqorida bayon qilingan fikrlarni umumlashtirgan holda inson tushunchasiga quyidagicha
falsafiy ta’rif berish mumkin.
Inson
Do'stlaringiz bilan baham: