5. Davom etish davriga koʻra moliyaviy inqirozlarni quyidagicha ajratib
koʻrsatish mumkin:
- Qisqa muddatli moliyaviy inqirozlar. Bunday inqirozlarga odatda bir necha
oy davomida (bir chorakkacha) bartaraf etish mumkin boʻlgan inqirozlarni kiritish
mumkin.
- Oʻrta muddatli moliyaviy inqirozlar. Bunday inqirozlarning davomiyligi
odatda bir yilgacha davrni tashkil etadi.
- Uzoq muddatli moliyaviy inqirozlar. Bunday inqirozlar bir yildan ortiq
muddatga uni bartaraf etgunga qadar davrni oʻz ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |