O`quv materiallari


 Oddiy foizlarda pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymatini aniqlash



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

 

2. Oddiy foizlarda pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymatini aniqlash 

Qoidaga  koʻra  oddiy  foizlardan  qisqa  muddatli,  bir  yil  yoki  undan  kam 

muddatlarda  oʻtkaziladigan  moliyaviy  operatsiyalarda  qoʻllaniladi.  Bunday  holatda 



44 

 

har bir bir davr uchun foiz hisoblashda baza sifatida shartnomadagi dastlabki summa 



olinadi.   

Oddiy foizlar boʻyicha oʻsish hisoblanishi  

 Umumiy holda yillik oddiy foiz stavkalari boʻyicha mablagʻlar kelgusi qiymati 

quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi: 

𝐹𝑉 = 𝑃𝑉(1 + 𝑟 × 𝑛),                                (2.1) 

bu yerda FV – kelgusi qiymat; 

PV – joriy qiymat; 

n – davr (yillar soni) 

r – foiz stavkasi. 

Amaliyotda  qisqa  muddatli  operatsiyalar  davomiyligi  odatda  bir  yildan  kam 

boʻladi.    Bunday  holatda  operatsiya  amalga  oshiriladigan  muddat  quyidagi  shaklda 

aks ettiriladi: 

𝑛 =


𝑡

𝑉

                                                    (2.2) 



bu yerda t – operatsiya oʻtkaziladigan kunlar soni; 

V – vaqt bazasi (yil kunlari soni 360, 365 yoki 366). 

Operatsiya  muddati  aniqlashtirilgan  holda  kelgusi  qiymatni  quyidagi  formula 

bilan aniqlash mumkin: 

𝐹𝑉 = 𝑃𝑉(1 + 𝑟 ×

𝑡

𝑉



)                          (2.3) 

Odatda  operatsiya  muddatini  aniqlash  jarayonida  uning  boshlanish  va  tugash 

kunlari bir kun hisoblanadi. 

Tahlil  oʻtkazish  jarayonida  vaqt  bazasi  (V)  sifatida  qulaylik  uchun  shartli 

ravishda moliya yili 360 kun (12 oy 30 kundan)dan iborat deb olinadi. Bunday baza 

boʻyicha  hisoblanadigan  foizlar  odatiy  yoki  tijorat  foizlari  deb  yuritiladi.  Aniq 

foizlarda esa vaqt bazasi olinayotganda haqiqatdagi yil kunlari soni 365 yoki 366 kun 

olinadi. 

Misol koʻrib chiqamiz. 

10 000  birlik  qiymatga  teng  mahsulot  30  kunga  toʻlov  kafolati  olingan  holda 

xaridorga  tijorat  krediti  tarzida  berildi.  Kredit  boʻyicha  yillik  foiz  stavkasi  30%. 

Shartnoma boʻyicha muddat yakunlangach xaridordan qancha mablagʻ olinadi? 

a) Odatiy foizdan foydalangan holda hisoblaymiz: 

FV = 10 000x(1+0,30x(30/360)) = 10250 birlik

b) aniq foizlardan foydalangan holda hisoblaymiz: 



FV = 10 000x(1+0,30x(30/365)) = 10 246,57 birlik. 

Oʻz navbatida operatsiya davomiyligi muddati t oy boʻyicha olinganda shartli 

ravishda 30 kun yoki oy boʻyicha haqiqatdagi kunlar soni olinadi.  

Shunday qilib, t va V parametrlariga bogʻliq holda operatsiya muddati quyidagi 

variantlarda hisoblanishi mumkin: 

-  365/365  –  operatsiya  amalga  oshiriladigan  kunlarning  aniq  soni  va  yil 

boʻyicha haqiqatdagi kunlar soni; 

-   365/360  –  operatsiya  amalga  oshiriladigan  kunlarning  aniq  soni  va  moliya 

yili (12 oy 30 kundan iborat deb olinadi); 



45 

 

-  360/360 – operatsiya amalga oshiriladigan kunlarning taxminiy soni (bir oy 



30  kunga  teng  deb  qabul  qilinadi)  va  moliya  yili  (12  oy  30  kundan  iborat  deb 

olinadi). 

Odatiy  foizlar  (360/360)  tahliliy  hisob-kitoblarda  foydalanish  uchun  juda 

qulay.  Bu  jihat  ularning  koʻplab  rivojlangan  davlatlar,  xususan  AQSh  va  Yevropa 

mamlakatlari amaliyotida qoʻllanilishi bilan izohlanadi. 

Oʻzbekiston amaliyotida asosan operatsiya oʻtkaziladigan kunlar aniq soni va 

moliya yili (365/360) amaliyotda qoʻllaniladi. Rossiya Federatsiyasi amaliyotida esa 

aniq foizlar (365/365) qoʻllaniladi. 

Aniq  foizlarni  formula  boʻyicha  hisoblash  operatsiyalar  oʻtkaziladigan 

kunlarning  haqiqatdagi  sonini  aniqlashni  talab  etadi.  Bunda  foizlar  boʻyicha 

ma’lumotlar  aks  etgan  maxsus  jadvallardan  yoki  kompyuter  dasturlaridan,  masalan 

Microsoft Excel dasturidan foydalanish tavsiya etiladi. 

10 000  birlik  pul  mablagʻining  yillik  10%,  15%  va  20%lik  stavka  boʻyicha 

kelgusi qiymati quyidagi jadvalda keltirilgan (1-jadval). 

1-jadval 


Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish