Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi ma’lumotlari asosida tuzildi.
Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi ma’lumotlari asosida tuzildi.
120
0 bank
000
000
382 ,0
JAMI
54409367
3711
2249
558
536 68477
6030
14641 7
06,4
Keltirilgan jadval ma’lumotlardan koʻrib turibdiki, Oʻzbekenergo AJ
tomonidan 7,41 trillion soʻmlik aksiya muomalaga chiqarilgan va joylashtirilgan.
Oʻzbekneftegaz milliy xolding kompaniyasi tomonidan esa 3,23 trillion soʻmlik
aksiya joylashtirilgan. Shuningdek, Oʻzqurilishmateriallari AJ esa 1 trillion soʻmlik
aksiyalar muomalaga chiqargan.
Respublikamizdagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonilan 2017 yil 1 yanvar
holatiga 30463,5 milliard soʻmlik aksiyalar muomalaga chiqarilganligini koʻrishimiz
mumkin (5-jadval).
5-jadval
Hududlar kesimida aksiyadorlik jamiyatlarining soni va ular tomonidan
muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻ
ozlar
22
№
Hududlar
Aksiyadorlik
jamiyatlari
Chiqarilgan qimmatli
qogʻozlar hajmi
Soni
Jamiga
nisbatan
foizda
Milliard
soʻmda
Jamiga
nisbatan
foizda
1
Qoraqalpogʻiston
Respublikasi
22
3,34
70,6
0,2
2 Andijon
43
6,53
662,9
2,2
3 Buxoro
38
5,77
124,1
0,4
4 Jizzax
18
2,73
306,8
1,0
5 Qashqadaryo
47
7,13
181,5
0,6
6 Navoiy
22
3,34
833,5
2,7
7 Namangan
29
4,40
151,4
0,5
8 Samarqand
32
4,86
90,8
0,3
9 Surxondaryo
23
3,49
54,4
0,2
10 Sirdaryo
17
2,58
172,2
0,6
11 Toshkent viloyati
49
7,44
1110,5
3,6
12 Fargʻona
46
6,98
435,8
1,4
13 Xorazm
29
4,40
79,9
0,3
14 Toshkent shahri
244
37,03
26189,3
86,0
JAMI
659
100,0
30463,5
100,0
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan koʻrinib turibdiki, faoliyat koʻrsatayotgan
aksiyadorlik jamiyatlarining 244 tasi, ya’ni 37 foizi Toshkent shahrida joylashgan
boʻlib, ular tomonidan 26189,3 milliard soʻmlik, ya’ni jamiga nisbatan 86 foiz
qimmatli qogʻozlar chiqarilgan. Bu borada eng past koʻrsatkich Surxondaryo
viloyatiga toʻgʻri keladi.
22
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi ma’lumotlari asosida tuzildi.
121
Aksiyalarni ochiq obuna tartibida joylashtirish amaliyoti qisqacha IPO (ing.
«Initial Public Offering») deb yuritiladi. IPO emitent tomonidan aksiyalarni bozorda
birlamchi ochiq obuna usulida joylashtirish boʻlib, bu jarayon davomida ular
investorlarning keng doirasiga kirib boradilar va fond birjasida yerkin savdoni
amalga oshiradilar. Boshqacha qilib aytganda IPO deganda emitent kompaniyaning
aksiyalarini ochiq bozorda birinchi marta sotuvga chiqarishi tushuniladi. Shu yoʻl
bilan kompaniya «yopiq» dan «ochiq» ga oʻzgaradi, ya’ni shu kompaniya
aksiyalariga qiziqib qolgan investorlar ularni fond birjasida yerkin sotib olishlari
mumkin. Kompaniya qimmatli qogʻozlarining birjada muomalaga chiqishi natijasida
ularni yerkin savdo-sotiq predmeti boʻlishiga, likvidliligi oshishiga va ularning bozor
bahosining maksimal oʻsishiga olib keladi. IPO yordamida kompaniyada joriy
xarajatlarni qoplashga va yirik loyihalarni amalga oshirish uchun uzoq muddatli
tashqi moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoni tugʻiladi. IPO uchun talab qilinadigan
jarayonlar va ularning amalga oshirilishi kompaniyaning shaffofligini oshiradi va
uning moliyaviy holatini ob’ektiv baholash imkonini beradi.
Umumiy holda IPO operatsiyalarining afzalliklari va kamchiliklari sifatida
quyidagilarni keltirishimiz mumkin (6-jadval).
6-jadval
Oddiy aksiyalar emissiyasi hisobiga moliyalashtirish va IPO operatsiyalari
afzalliklari va kamchiliklari
№
Afzalliklar
Kamchiliklar
1.
Bu manba oʻzida majburiy toʻlovni
oʻzida aks ettirmaydi, ya’ni dividend
toʻlash toʻgʻrisidagi qaror direktorlar
kengashi tomonidan qabul qilinadi va
aksiyadorlar umumiy yigʻilishida
tasdiqlanadi.
Korxonani
boshqarishda
va
foydani taqsimlashda ishtirokchilar
sonining koʻpligi.
2.
Aksiyalar qoplanishi boʻyicha qat’iy
belgilangan muddatga ega emas,
chunki aksiyalar doimiy kapital
manbasi boʻlib xizmat qiladi.
Qoʻshimcha aksiyalar emissiyasi
investorlar tomonidan salbiy signal
sifatida qabul qilinishi mumkin va
bu qisqa muddat ichida aksiyalar
kursining pasayishiga olib kelishi
mumkin
3.
Aksiyalar likvidliligining oshishi va
kapital kiymati pasayganda yirik,
uzoq muddatli moliyalashtirish
manbasiga ega boʻlishi
Moliyaviy va yuridik
ma’lumotlarning oshkoraligi
4.
Kelajakda pozitsiyalari kuchliroq
kompaniya bilan oʻzaro
birlashishning osonlashishi
IPOni tashkil etish bilan bogʻliq
xarajatlarning yuqoriligi
122
5.
Investorlar
va mulkdorlar uchun
biznesdan chiqish yoʻlining
osonlashishi
«Dushman» aksiyadorlarning
kompaniya faoliyatiga kirib kelish
ehtimoli
6. Kompaniya nufuzining oshishi, uning
bozorda tanilishi va investitsion
jozibadorlikning ta’minlanishi va
boshqalar
Kompaniyaning investitsion tarixi
boʻlishi shartligi
IPO jarayoni koʻp bosqichli boʻlib, uzoq vaqtni (bir necha yillarni) va yuqori
miqdordagi
moliyaviy
xarajatlarni
talab
qiladi.
Kompaniyaning
ichki
tayyorgarligidan va barcha zaruriy jarayonlardan oʻtishidan tashqari, IPOning amalga
oshish vaqti iqtisodiyotning joriy holati bilan bogʻliqligini ham alohida ta’kidlash
lozim. Chunki bozordagi nobarqaror holat kapitalni joylashtirish boʻyicha risk
darajasini keskin oshirishi va kutilayotgan kapitallashuv darajasiga etishish
imkoniyatini pasaytirishi mumkin. Kompaniya oʻz ichki imkoniyatlarini tahlil qilgan
holda IPO operatsiyalarini amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgandan keyin,
tayyorgarlik jarayonini boshlaydi. Bu jarayon bir necha yillarni oʻz ichiga qamrab
olgan toʻrtta bosqichni oʻzida aks ettiradi. Har bir bosqich haqida quyida toʻxtalib
oʻtamiz.
Birinchi bosqichda tashkilotchilar va IPO ishtirokchilari guruhi tuziladi hamda
ular tomonidan kompaniya moliyaviy strategiyasi belgilanadi va mos ravishda
biznes-reja ishlab chiqiladi. Shuningdek, kompaniya tayyorgarlik darajasi moliyaviy
tomondan baholanadi. Bu jarayonda xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotlar
tayyorlanadi.
Ikkinchi bosqichda tashqi hamkorlar, maslahatchilar, yirik potensial investorlar
tomonidan kompaniya moliyaviy holatining ishonchliligini tekshirish (ingl. «due
diligence») jarayoniga katta e’tibor qaratiladi. Bu jarayon oʻz ichiga oladigan jihatlar
quyidagi jadvalda keltirilgan (7-jadval).
7-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: