chiqarish jarayonining davomiyligiga xizmat qiladi. Faoliyatni moliyaviy ta’minlash
oʻz va qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Xorijda “Ko‘plab
kompaniyalar o‘z aktivlarini qisqa muddatli qarzlar, uzoq muddatli qarzlar va oddiy
aksiyalar kombinatsiyasi orqali moliyalashtirishadi. Ba’zilari esa «gibrid» qimmatli
qog‘ozlardan foydalanishadi, masalan imtiyozli aksiyalar, konversiyalanuvchi
korxonalarning oʻz manbalari hisobiga moliyalashtirish shakllari sifatida ichki va
Oʻz mablagʻlarining ichki manbalari moliyaviy-xoʻjalik faoliyati jarayonida
shakllantiriladi va har qanday korxonada muhim ahamiyat kasb etadi va oʻz-oʻzini
moliyalashtirish qobiliyati sifatida baholanadi. Shunday ekan, korxona oʻz moliyaviy
talablarini toʻliq yoki zaruriy darajada qoplay olishi qoʻshimcha kapitalni jalb qilish
boʻyicha talabning kamayishi va mablagʻlar jalb qilish bilan bogʻliq risklarni
pasaytirish hisobiga iqtisodiy oʻsish uchun qulay imkoniyatlar va sezilarli darajada
Har qanday tijorat korxonasida moliyalashtirishning asosiy ichki manbalari
sifatida sof foyda, amortizatsiya ajratmalari, foydalanilmayotgan aktivlarni sotish
Brigham, Houston. Fundamentals of Financial Management. Concise 8-th edition. 2015. - 64 p.
114
Hozirgi sharoitda korxona ixtiyorida qolgan foydasini mustaqil taqsimlaydi.
Foydadan toʻgʻri foydalanish korxonaning istiqboldagi rivojlanish boʻyicha rejalarini
amalga oshirish, shuningdek mulkdorlar, investorlar va xodimlar manfaatdorligini
ta’minlash imkonini beradi. Umumiy holatda foyda qanchalik koʻproq moliyaviy-
xoʻjalik faoliyatini kengaytirishga yoʻnaltirilsa, qoʻshimcha moliyalashtirishga
boʻlgan talab shunchalik kamroq boʻladi. Taqsimlanmagan foyda miqdori xoʻjalik
faoliyati rentabelligi, shuningdek mulkdorlarga toʻlovlar boʻyicha munosabatlarga
qaratilgan korxona siyosati (dividend siyosati)ga bogʻliq.
Foydani reinvestitsiyalashning afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish
mumkin:
- tashqi manbalardan kapital jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning oldi
olinishi;
- mulkdorlar tomonidan korxona faoliyati ustidan nazorat qilishning saqlab
qolinishi;
- moliyaviy barqarorlikni oshirish va tashqi manbalardan mablagʻlar jalb qilish
uchun qulay imkoniyatlar yuzaga kelishi.
Oʻz navbatida mazkur manbadan foydalanishning kamchiliklari sifatida
koʻrsatkichlarning oʻzgaruvchanligi va chegaralanganligini, prognozlashning
murakkabligini, shuningdek korxona boshqaruvi tomonidan korxona faoliyatiga ta’sir
qiluvchi tashqi omillar (bozor kon’yukturasi, iqtisodiy sikl fazasi, talab va narx
oʻzgarishi va boshqalar) bilan bogʻliq jihatlarni nazorat qilish imkonini bermasligi
kabilarni keltirish mumkin.
Amortizatsiya ajratmalari korxonalarda oʻz-oʻzini moliyalashtirishning yana
bir muhim manbasi sifatida xizmat qiladi.
Ular asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishini oʻzida aks ettirib
korxona xarajatlariga kiritiladi, sotilgan mahsulot va xizmatlar hisobiga tushgan pul
mablagʻlari tarkibida mavjud boʻladi. Ularning asosiy vazifasi asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlarni qayta sotib olish uchun imkoniyat yaratishdan tashqari takror
ishlab chiqarish jarayonini kengaytirish ham hisoblanadi.
Moliyalashtirish manbasi sifatida amortizatsiya ajratmalarining afzalligi
shundaki, u korxonaning har qanday moliyaviy holatida amal qiladi va har doim oʻz
ixtiyorida qoladi.
Investitsiyalarni moliyalashtirish manbasi sifatida amortizatsiya miqdori koʻp
jihatdan davlat tomonidan oʻrnatilgan tartibga, shuningdek tanlangan hisoblash
usuliga bogʻliq.
Amortizatsiya hisoblashning tanlangan usuli korxona hisob siyosatida qayd
etiladi va asosiy vositadan foydalanish muddati davomida qoʻllaniladi.
Tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash usullarini qoʻllash asosiy vositalardan
foydalanishning dastlabki yillarida amortizatsiya ajratmalarini yuqori miqdorda
hisoblash va bu oʻz navbatida qoʻshimcha aylanma mablagʻni korxona ixtiyorida
qoldirish imkonini beradi.
Ayrim holatlarda foydalanilmayotgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni
sotish yoki ijaraga berish hisobiga ham oʻz moliyaviy resurslarini shakllantirish
115
mumkin. Lekin bu amaliyot bir martalik xususiyatga ega hisoblanadi va pul
mablagʻlarini tizimli ravishda jalb qilish imkonini bermaydi.
Korxonaning oʻz-oʻzini moliyalashtirish (self financing – SF) qobiliyatini
baholash uchun va mos davrlar boʻyicha uning miqdorini prognozlash quyidagi
formuladan foydalangan holda aniqlanishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: