O’quv materiallari


-mavzu: Ijtimoiy-madaniy faoliyatning pedagogik asoslari



Download 2,01 Mb.
bet62/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

15-mavzu: Ijtimoiy-madaniy faoliyatning pedagogik asoslari

Reja:

1.Tarbiya va ta’lim uyg’unligining mohiyati

2.Madaniyat muassasalarida amalga oshiriladigan pedagogik munosabat

3.Tarbiyaviy jarayon samaradorligini ta’minlashda ijodkorlik omili

Tayanch sо‘z va iboralar:

Ta’lim, tarbiya, pedagogik munosabat, bilish, qobiliyat, ijodiy jarayon.
Tarbiya kishilik jamiyatida shakllanishi bilan rivojlanib kelmoqda. Inson tug‘ilishi bilanoq ota-onaning parvarishi orqali atrof-muhit bilan tanishadi. U ulg‘ayishi mobaynida odamlar bilan til topa bilish ishlab chiqarish tajribasi va malakalarini о‘zlashtiradi, shu jarayonda unda aqliy va jismoniy kamolot, madaniyat, ahloqiy va estetik qarashlar shakllanadi.

Insonning jamiyatda shakllanishi ijtimoiy hodisa ekanligi hususida fikr yuritganda tarbiyani aniq maqsadda yо‘naltirilgan hodisa ekanligini anglashimiz inson kamolotiga ta’sir etuvchi omillar orasida tarbiya va ta’lim hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

Shu boisdan ham ijtimoiy-madaniy faoliyatda tarbiya bilan shug‘ullanadigan har bir mas’ul shaxs avvalo о‘z faoliyatini va unda kо‘zda tutulgan maqsadni aniq tasavvur eta olish, bu maqsadni ijtimoiy muhimligini anglash lozim.

Ma’lumki, jamiyatda har qanday odam tarbiya natijasida “avval qanday edim endi qandayman” degan savollarni avvaldan tasavvur etish zarur. Bu maqsad jamiyatning komil insonni tarbiyalashdek maqsadiga mos kelishi zarur.

Tarbiyaning vazifalari keng va kо‘p qirralidir. Ta’limning asosiy vazifasi о‘qituvchilar tomonidan qatnashchilarni bilimlar, kо‘nikma va malakalar bilan qurollantirish bо‘lsa, tarbiya esa yosh avlodni jamiyatimizda qabul qilingan obod-ahloq qoidalariga mos keladigan e’tqodini, ahloqiy malaka va kо‘nikmalarini, extiyoji va intiliklarini tarkib toptirishdan iborat.

Buyuk tarbiyashunos olim Abdulla Avloniy о‘zining «Turkiy guliston yoxud ahloq» asarida inson kamolotida tarbiyaning rolini alohida ta’kidlab shunday degan edi. «xaq Olloh insonlarning asl hilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan».

Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga yetkazmoq tarbiya vositasida bо‘ladir.

Agar bola yaxshi tarbiya topib jamiyat tomonidan e’tirof etilgan hulqlarga odatlanib katta bо‘lsa, baxtiyor bir inson bо‘lib chiqadi.

Shu boisdan ham tarbiyani – har bir insonning hayotda yashashi jarayonida ortirgan saboqlari va intellektual faoliyatlarining ijobiy kо‘nikmasini о‘zgalarga berish jarayoni, deb talqin etish mumkin.

Global axborot asrida butun planetamiz ma’naviy hamda ekotizimining izdan chiqishi davlatlar, jamiyatlarning ijtimoiy-siyosiy tanazzuli, inson tarbiyasining muammoli holatga kelib qolgani bu jarayonning nechog‘li tez kechayotgani matbuot, televideniye va internet orqali ma’lum bо‘lib turibdi va hammamizni jiddiy tashvishga solmoqda. Dunyo va insonga xavf tug‘diradigan asosiy tahdid tashqi ta’sirlardan ham kо‘ra insoniyatning ichki muammolariga bog‘liq ekanligi odamlar tomonidan endi-endi anglanmoqda. Shu boisdan ham sо‘nggi yillarda tarbiya omiliga dunyo, jamiyatlar va insoniyat halokatini saqlab qoluvchi sо‘nggi imkoniyat, yagona kuch sifatida qaralmoqda. Inson tarbiyasini samarali yо‘lga qо‘yishda esa kitob mutolaasi juda katta ahamiyatga egadir. Dunyoda kitoblar kо‘p. Lekin, insonga naf keltiradigan, uning eng aziz ne’mati bо‘lgan farzandini baxtli qila oladigan kitoblar kо‘p emas. Ana shunday kamyob ma’naviy boyliklar sirasiga tarbiya sohasining atoqli olimi, pedagogika fanlari doktori, professor Muhammadjon Quronovning “Bolam baxtli bо‘lsin desangiz” nomli kitobi qо‘shildi. Muallif mazkur kitobni bosqichma-bosqich, uzoq yillar mobaynida yaratishga erishgan. Kitobning sarlavhasining о‘zidanoq, pedagog va jurnalist M.Quronovning uslubi rо‘yi-rost namoyon bо‘ladi. Kitob sо‘z boshisida qayd etilganidek, bayoni sodda, tushunarli, ilmiy, zamonaviy, hammabop, xazmi yengil, amaliy kо‘rgazmalarga boy matndan iborat bо‘lib, ota-onalar, ta’lim-tarbiya muassasalari va barcha qiziquvchilar uchun foydali manbadir.

Tarbiya samaradorligi kо‘p jihatlarga kо‘ra tarbiya muhiti tarbiya jarayoniga bog‘liqdir. Tarbiya qanday tashkil etilganligi olinadigan pedagogik samarada rо‘yi-rost kо‘rinadi. Kommunistik mafkuraning yirik ideologi, shо‘rolar pedagogikasining asoschilaridan biri A.S.Makarenko ham tarbiyaviy jarayon masalasiga, uni qanday tashkil etilishiga jiddiy e’tibor qaratgan. Uning fikriga kо‘ra, tarbiyaviy jarayonni shunda tizimga solish kerakki, toki, tarbiya subekti bо‘lgan inson unga qilinayotgan tashqi ta’sirlar mohiyatini teran anglamasdan, shо‘rolar tuzumi talablarini sо‘zsiz bajarib borsin. A.S.Makarenko tarbiyaviy faoliyat shaxsni kollektivning xamma qatori miqdoriy a’zosi yoxud oddiy bir murvatiga aylantirib qо‘yishdagi asosiy bosqich, deb yondoshadi hamda bu jarayonni insonning shaxs sifatida о‘zligini jamiyatda yaxlit namoyon eta olmasligi uchun samarali ijtimoiy mexanizm deb qaraydi. A.S. Makarenko insonni mafkuraviy о‘zgartirish yо‘lida butun dunyoda ma’qullanmaydigan yо‘l, ya’ni odamlar ustida tajriba, eksperementlar о‘tkazishni talab qiladi.

U yozadi: “.... Men bolalarning hayoti ma’lum bir odatlar turkumini tarbiyalaydigan tajriba tarzida yо‘lga qо‘yilishini talab etaman”. (Makarenko A.S. “Moi pedagogicheskiye vozzreniya” M Izd.APN.1958 T.5, 284-str.) Ana shu talabga binoan shо‘ro bolalarida har ishga tayyorlik, labbaychilik, siyosiy intizom, kommunistik fidoyilik, mutloqlashtirilgan kollektivizm, jamoa qabul qilgan qarordan boshqa fikrga murosasizlik singari mafkuraviy sifatlarni shakllantirishga urg‘u berildi. Natijada tarbiyaviy jarayon tо‘laligicha totalitar mafkuraga yо‘nalgan ijtimoiy sifatlarni shakllantirish vazifasiga bо‘ysundirildi. Insonda tanlash imkoniyati qoldirilmadi, tanlashni ixtiyor etganlar esa kollektivdan tashqariga chiqarib tashlandi. Jamoadan chetlatilgan odamlar esa, jismonan yо‘q etildi, qatog‘on qilindi.

Pedagog M.Quronov esa “Bolam baxtli bо‘lsin desangiz” kitobida bunday yondashuvga tamomila qarshi bо‘lib, tarbiyaviy jarayon dastavval insonni tо‘laqonli shaxs sifatida shakllantirish, uni jamiyatning oddiy murvati emas, balki, jamiyatda muayyan iz qoldira olish quvvatiga ega bо‘lgan, jamoaning faol hamda bunyodkor a’zosi bо‘lib, odamlar orasida jamiyatda о‘zligini tо‘la anglagan shaxs, har jihatdan baxtli inson sifatida tarbiyalash zarurligini asoslaydi.

M.Quronov bola ehtiyoji haqida fikr yuritib, bu atamaning ham ichki ham tashqi evolyusiyasi mavjudligini ta’kidlaydi hamda har bir tarbiya subektida о‘z ehtiyojlarini anglash masalasi nechog‘li muhimligiga e’tibor qaratadi. Zero, har qanday qiziqishning anglangan ehtiyojga, demakki, uning matlabi, hayotining mazmuniga, xarakatlarining mantiqiyligi va izchilligiga aylantirish bugungi pedagogikaning bosh masalasidir.

M.Quronov “Bolam baxtli bо‘lsin, desangiz” kitobida dastavval shaxsga tanlov imkoniyati berilishi zarurligini, faqat tanlash imkoniyati bor insonlargina о‘zini baxtli sanay olishini ta’kidlaydi. Darhaqiqat, har bir odam odatda boshqalar tomonidan “bu yaxshi” deb tanlab bergan narsani emas, kо‘proq о‘zi tanlagan narsasini qadrlaydi. Demak, tarbiyada insonga tayziqiy maslahatlar emas, balki u tanlashi mumkin bо‘lgan turli yо‘llar, maqbul variantlarni kо‘rsatish, muqobillik asosida tushuntirish va tavsiya etish usullariga urg‘u berish zarur. Kitobda ota-onalar, ustozlar tomonidan yaxshilik maslagida turib tavsiya etilgan narsalarni tо‘g‘ri tanlay olgan odamlarning hayotda obrо‘, baxt topganligi misollarini rо‘y-rost bayon etish zarurligi foydadan holi bо‘lmasligi ham yorqin hayotiy va badiiy lavhalar orqali asoslab beriladi.

Muhammadjon Quronov tarbiya orqali insonga naf keltirishda dono pedagog, sahovatli ijodkor sifatida namoyon bо‘lgan. U sizning farzandingiz tushishi mumkin bо‘lgan barcha muammoli hayotiy vaziyatlarga Siz bilan birga boradi, qulog‘ingiz, qalbingiz, shuuringizga “unday qilmang, bunday ish tuting”, degan dono о‘gitlarini soladi. Siz bilan birga kuyunadi, shodlanadi. Agar siz farzandingiz baxtli bо‘lsin, desangiz, xar qanday muammolardan aql bilan chiqa oluvchi yoxud noqulay vaziyatlarga umuman tushmaydigan farzand tarbiyalayman, uning hayotidan xotirjam yashayman, desangiz, bu kitobni toping va uni о‘z dо‘stingizga aylantiring.

Ayni vaqtda tarbiya ijodiy davom etadigan jarayon bо‘lib kishi muayyan faoliyat mobaynida о‘zidagi jixatlarni boshqalarga о‘tkazishga aytiladi. Insonning ulg‘ayishi, tajribasi ortish mobaynida ilm va tarbiyaviy jihatlar uning yashashi hayot kechirishi uchun eng zarur shart va vositalar ekanligini anglab boradi.

Tarbiyaviy jarayon “Avesto” kitobida ta’kidlanganidek, uch muqaddas birlikka tayanadi. YA’ni, bu muqaddas uchlik ezgu – fikr, ezgu sо‘z va ezgu amal, ish faoliyat tarzida namoyon bо‘ladi. Tarbiyaviy jarayon insonni jamiyatga moslashtirishni ifoda etadi.

Shu boisdan ham tarbiya ijodiy jarayon bо‘lib, obektning mutlaqo yangi, ilgari kо‘chilmagan holatini yangi narsalar, hodisalar, jarayonlarni vujudga keltiruvchi, insonning atrof-olam bilan faol о‘zaro ta’sirga kirishish shakli deb ta’rif berish mumkin.

Insonning ijodiy faoliyati uning hayotiy faoliyatining rang-barang, ba’zan kutilmagan, bir qarashda jumboqli sohalarida namoyon bо‘ladi.

Ijod deganda maishiy hayot odatiy ong darajasida insonning rо‘zg‘orda, uyda, chorbog‘dagi faoliyat deb talqin etish о‘rinli bо‘ladi.

Ishlab chiqarishdagi ijodiy jarayon esa, о‘z mehnati predmetiga yangicha inovatsion ta’sir kо‘rsatish borasidagi mehnat faoliyati tarzida namoyon bо‘ladi.

Insonning faoliyati bir qolipga tushib qolgan, bir yoqlama hususiyat kasb etgan joyda ijodga о‘rin ham bо‘lmaydi.

Inson о‘z ishiga о‘z kasbiga butun qalbini, is’tedodini, qobiliyatini baxsh etgan, odamlarga imkon qadar kо‘proq joyda keltirishga intilgan joyda esa, aksincha ijodiy norasmiy, ilxom bilan yondoshish hollariga duch kelamiz.

Ijodkor shaxs g‘ayrat-shijoat bilan ba’zan dam olish va uyquni unitib о‘zi haqida, о‘zining foydasi va manfaati haqida emas boshqalar, о‘z ite’dodi va ijodini kimga bahshida yetayotgan bо‘lsa, о‘sha odamlar haqida о‘ylab ijod qiladi.

Insonning tabiati bilish jarayonida, biluvchi subekt tabiatning jozibali, sirli, jumboqli, ba’zan hatto havli kuchlari bilan yakkama-yakka qolganida odamlarning ijodiy qobiliyatlari, ayniqsa yorqin namoyon bо‘ladi. Bilish jarayonidagi ijodda insonning barcha ma’naviy kuchlari, ong, aql-idrok, tasavvur, fantaziyalar, hotira, intuisiya, sog‘lom fikr va hayotiy tajriba bevosita faol ishtirok etadi. Borliqning yuzini bilishiga intilishida insonning mahorati, topqirligi, ustamonligi va uddaburonligini bilish jarayonidagi ijodning kо‘rinishlarini tavsiflaydi.

Odamlar obektning u yoki bu jihatlari va hassalari haqida yangi bilim olib, bilish jarayonida va uning natijalaridan behad lazzatlanadilar, ularda bilish jarayonining natijalarini ijodiy analizdan о‘tkazib, tushunib yetib va ulardan о‘z amaliy faoliyatida faol foydalanib, olg‘a harakatlanish istagi tug‘iladi.

Subektning bilish qobiliyatining ijodiy salohiyati cheksiz, ijodiy bilish jarayonning о‘zi esa kо‘pgina odamlar, ayniqsa, ijodkor, faol yoshlar uchun behad qiziqarlidir.

Bilish jarayonidagi ijodda odamlarnig qobiliyati, iste’dodi hatto dahosi yorqin namoyon bо‘ladi., yangi bilim olish jarayonining о‘zi ham, bilish faoliyatining natijalarini mushohada qilish, teran va aniq tushunib yetish ham ijodiy jarayondir.

Subektning ijodiy – bilish bilan bog‘liq faolligidan bilim olish, uni о‘zlashtirish, о‘stirish, inson ehtiyojlari uchun undan foydalanish tizimiga о‘tkadigan bо‘lsa, ijodning yon jihatidan yangi bosqichga kо‘tarilamizz – bu fan emas, balki ilmiy bilishdir. Fan deganda muttassil, faol va ijodiy ravishda yangi bilimlar ishlab chiqaradigan ijtimoiy institut tushuniladi, olimlar, ilmiy hodimlar, oliy ma’lumotli mustaxassislar esa bu ilmiy bilish bilan shug‘ullanuvchi odamlardir. Mutassil ijodiy izlanish, bilimiga intilish о‘z ilmiy tadqiqot faoliyatida halollik va holislik chinakam olimning zarur sifatlaridir. Chinakam olim, ijodkor fanda bitta maqsadga obektiv haqiqatga, aniq, tо‘g‘ri mukammal va teran bilimiga yechishiga xizmat qiladi.

San’atning xilma-xil kо‘rinishlari va janrlari yordamida qatnashchilarning rang tasvir, qalam tasvir haqidagi bilimlari, hakaltaroshlikka doir kо‘nikma va malakalari, ijodiy qobiliyatlari shakllanadi. Rasm darslari tasviriy, amaliy arhitektura san’at о‘zbek va chet el san’at ustalarining ijodlari, asarlari bilan tanishtiradi. О‘quvchilarda rasm chizish malakasini tarbiyalaydi va ijodiy kо‘nikma beradi.

Tarbiya jarayonida ijodiy bahs-munozaralar tashkil etish ashula va musiqadan foydalanishning kattadir. Musiqa va ashula qatnashchilarning estetik qobiliyatlarini, musiqiy hotira, didini о‘stiradi.

Musiqiy tо‘garaklar qatnashchilariga musiqadan nazariy ma’lumot beriladi, ular notalar, turli davlardagi musia, asboblari, musiqashunoslarning ijodi, uslublar janrlar bilan tanishadilar birgalikda ashula aytishga, raqsga tushishga о‘rganadilar.

Shu tariqa tarbiya jarayonida ilk ijodiy kо‘nikmalar shakllantiriladi. Tarbiya jarayonida adabiyotdan foydalanish katta imkoniyatlarga ega.

Badiiy adabiyot qatnashchilarga hayotni chuqurroq anglashni о‘rgatadi.

Tarbiya berish jarayonida madaniyat xodimi adabiyotdan ibrat omili sifatida foydalanib shoir va yozuvchilarning she’rlar, hikoyalar, folklor, maqol va matallar, doston va ertaklar va romanlardagi ijobiy qahramonlarning xislatlarini aholi turli qatlamlari vakillariga ideal sifatida singdirishga xarakat qiladi va shu qahramonlardek bо‘lishga da’vat etadi.

Shoir va yozuvchilarning hayoti, ijodiy faoliyati, asarlari bilan tanishish, tahlil qilish madaniyat muassasalariga keluvchilarning bilim olishini kengaytiradi, his-tuyg‘usi va til boyligini takomillashtiradi. Shuningdek, tarbiya berishda adabiyot estetik idrok va estetik kechinmalarning yorqinligini, chuqurligini ta’minlaydi.

Madaniyat uylaridagi adabiyot tо‘garaklari qatnashchilari turli nasriy asarlar, she’rlardan parchalar yod olishlari, ularning badiiy nutq va ijodiy kо‘nikmalari rivojlanadi badiiy madaniyati ham shakllanadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tarbiya orqali ijodiy kо‘nikmalarni rivojlantirish deganda tarbiya berish jarayonida badiiy asarlardagi epizodlar mazmuniga hayotiy voqealarni ham qо‘shib ketsa va tarbiya jarayonida badiiy ijoddan foydalanish yanada samaraliroq kechadi.

Madaniyat muassasalarida amalga oshirilishi shakllari jihatidan qaraladigan pedagogik munosabat-tо‘garak rahbari va tо‘garak qatnashchilarining о‘zaro birgalikdagi xarakati, faoliyat shakl va usullarining sistemasidir. Bunda avvalo axborot ayirboshlash, tо‘garak rahbari tomonidan turli xildagi kommunikativ vositalar yordamida qatnashchi bilan о‘zaro hamjihatlik va о‘zaro hamfikr munosabatlar yondashuvlar о‘rnatilishi munosabatning mazmunini tashkil etadi. Madaniyat muassasalarida tо‘garak rahbari faoliyatning didaktik va xususan tarbiyaviy vazifalarini havaskorlik jamoasi rahbari va qatnashchilari о‘rtasidagi sermahsul munosabat jarayonini qо‘ymasdan turib yetarli darajadagi samaradorlikka erishib bо‘lmaydi.

Pedagogik munosabat deganda tо‘garakdagi rahbar va qatnashchilar jamoasi о‘rtasidagi о‘zaro birgalikdagi xarakatning mazmunan axborot ayirboshlashdan, о‘quv tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatish va о‘zaro hamjihatlikni tashkil etishdan iborat sistemasi, usullari va malakasi tushuniladi. Tо‘garak rahbari ushbu jarayonning tashabbuskori sifatida maydonga chiqadi va uni tashkil etadi hamda unga boshchilik qiladi. Shu tariqa pedagogik munosabat, bir tomondan, tо‘garaklardagi о‘quv tarbiya jarayonining hissiy holati bо‘lib, ikkinchidan esa, uning bevosita mazmuniy ta’rifi sifatida namoyon bо‘ladi. Tо‘garak rahbari muayyan kommunikatsiya sifatida faoliyat yuritib, tо‘garak a’zolari bilan biror bir ijodiy mahsulot yaratsa, masalan, biror bir kuy, ashula yoki rassomlik asari yaratsa, uning kommunikativ faoliyati shu bilan cheklanib qolmaydi, balki, yaratilgan buyum orqali о‘zining xususiyatlarini, о‘z individualligini boshqa odamlarga uzatadi, о‘zini boshqa odamlarda davom ettiradi.

Yaratilgan narsa (kuy, qо‘shiq, she’r, о‘tqazilgan daraxt, ijro etilgan raqs va xakozo) bu-bir tomondan, faoliyat mavzui bо‘lsa, ikkinchi tomondan esa vosita sifatida namoyon bо‘ladiki, kishi uning yordami bilan ijtimoiy-madaniy muhitda о‘zini qaror toptiradi. Atoqli pedagog V.Suxomlinskiy shunday deb yozgan edi: Inson о‘zini avval nishonda qoldiradi. Bizning umrboqiyligimiz ham ana shundadir. Hayot kechirishning oliy baxt-soadat ekanligi va mohiyati ham ana shundadir. Biz о‘z naslimizni davom ettirarkanmiz, unga о‘z gо‘zalligimizni, ideallarimizni yuksaklikka va oliyjanoblikka sodiqligimizni qoldiramiz. Siz о‘zingizni odamda qanchalik chuqur aks ettira va namoyon eta olsangiz, siz shunchalik boy-badavlat erursiz va sizning shaxsiy hayotingiz shu qadar baxtiyor bо‘lar edi”. (Suxomlinskiy V.A. “Mi prodoljayem sebya v detyax» M.: Pedagogika 1981, 3 tom, 517-518 betlar).

Demak, ijtimoiy-madaniy faoliyatning pedagogik asoslari deganda biz ijodiy jarayonda odamlararo ta’sir munosabat va tarbiyaviy natijalarni tushunishimiz lozim.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish