O’quv materiallari


Mitra bayrami va Lazgi raqsi



Download 2,01 Mb.
bet11/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

Mitra bayrami va Lazgi raqsi. Zardushtiylar davrida “olov uylari”, otashgohlar ko‘p vazifalarni bajargan. Otashgoxlar ular sig‘inadigan ibodatxonalargina bo‘lib qolmay, balki u yerda qisman marosimlar, tomoshalar ham o‘tgan. Masalan, Mitra bayramlari va marosimlari shu yerda o‘tkazilgan.

Mitra — O‘rta Sharq xalqlari ilohiyatining ma'budi, eramizdan ikki yarim ming yillar burun ham ya'ni zardushtiylikdan ham ilgari ajdodlarimpz unga topinganlar. Afsonaga ko‘ra, Mitra go‘yo qoyadan bunyod bo‘lgan, cho‘ponlar uni tarbiyalaganlar. U balog‘atga yetgach, quyosh bilan kurashadi, lekin bu kurashda hyech qaysisi g‘olib chiqmaydi. Shundan keyin Quyosh bilan Mitra ittifoq tuzadilar. Mitra oq otda Quyosh oldiga tushib, unga yo‘l ko‘rsatuvchi vazifasini o‘z zimmasiga oladi.

Dastlab Mitra urug‘-qabilalar o‘rtasidagi yaylovlar va suvli yerlar bo‘yicha kelishuvlarni nazorat etgan, biroq keyinchalik u jangchi-iloh sifatida tanilgan. Jangchi Mitra adolat uchun kurashadi. U odamlar ustidan hamda marhumlar ruhlari ustidan hakam, quyoshning samoviy safarida kuzatuvchidir. Ayrim mamlakatlarda Mitra quyoshning o‘ziga sig‘inish bilan qo‘shilib ketgan.

Umuman, Mitra «Avasto»da kishilar ustidan “Osha” hamda “Vartragna” degan darg‘azab qahon hamrohligida oq otlar qo‘shilgan aravada uchib yuruvchi osmoniy xudo, yaylovlar shohi, jamoalar madadkori, rostgo‘ylar va benavolar himoyachisi, eng toza nasl beruvchi pushti panoh; xiyonatchi, yolg‘onchi, subutsiz, kazzoblarni jazolovchi adolatpesha sifatida gavdalanadi. Mitra marosimlari, u bilan bog‘liq bo‘lgan tomoshalar aynan qanday bo‘lganini hozir aniq aytish amri mahol. Shunday bo‘lsada, xayol qilib ko‘raylik. «Mitra qasidasi»ning matni shunga imkon beradi.

Zardushtiylar taqvimiga ko‘ra, har oyning 16-kuni Mitra kuni hisoblangan ekan. Shu kuni Mitraga bag‘ishlangan “yasht” qasida va “got”duolar o‘qilgan, to‘g‘rirog‘i, ijro etilgan. Chunki, qasidaning nuqul munojot savol-javob, ta'rifu tavsiflardan, ya'ni dialog, monolog va xorlardan iborat bo‘lgan mathi shu fikrni tasdiqlaydi. Matn Axuramazdaning Zardushtga vahiylik bilan aytgan so‘zlari, ular o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan savol-javoblar, Mitraning Axuramazdaga, Zardushtga, ibodatchilarga murojaatlari, mug‘larning Mitra haqidagi rivoyatlari, madhiyalari, xudojo‘ylarning Mitraga yakka va umumiy iltijolaridan iborat bo‘lib, ularni faqat qiroat qilish, kuylash, ijro etish, gavdalantirish mumkin. Qasidada «bor ovozda duo qilish» haqida gap boradi. Shuningdek, zardushtiylarning Mitraga sig‘inishda qo‘llarini yozib, osmonga qarab iltijo qilishlari, muruvvat hamda madad so‘rashlari ham shunga ishora. Matnga tayangan holda Mitra qasidasi ijrosida Axuramazda, Zardusht, Mitra timsollari namoyon etilgan, deb baralla aytish mumkin. Ayniqsa, Mitra timsoli mukammal gavdalantirilgan, deb o‘ylaymiz. U baland bir joyda jangchi qiyofasida afsonaviy oltin aravada o‘tirgan holda ko‘rsatilgan. Mug‘lar, dindorlar o‘shanga qarab murojaat qilgan, sig‘inganlar. Mitra o‘sha samoviy arava yoki ko‘shkdan turib ummatlariga so‘z qotgandir. Chunki matnda, uch marotaba bevosita Mitraning o‘ziga murojaat qilishadi.

«Mitra qasidasi» o‘z tuzilishiga ko‘ra dramani, to‘g‘rirog‘i, qadimiy yunon tragdiyalarini - eslatadi. Bunda ham qahramon — Mitraning va'zlari monolog, kohinlarning hikoyalari va zardushtiylarning iltijolari xorlar asosiy o‘rinni egallaydi. Uncha ko‘p bo‘lmasada, savol-javoblar dialog ham bor. Hammasi baland ohanglarda kuchli ehtiros bilan qiroat qilinadi, kuylanadi. Qadimiy yunon tragediyasi ijrosida bo‘lganidek, «Mitra qasidasi» ijrosida ham bosh kohin ya'ni asosiy ijrochi yetakchi bo‘lib, unga ko‘pi bilan yana ikki-uch mug‘ yordam berib turgan bo‘lsa kerak. Ammo Mitraga madhiya o‘qib, iltijo qiluvchilarning; soni ko‘proq bo‘lgan, deb tasavvur qilamiz. Bir so‘z bilan aytganda, “Mitra qasidasi” sahna tomoshasini eslatib turgan. O‘z davrida M. Rahmonov ham shunday fikr bildirgan edi: «Mitra obrazini ham, qohin obrazini ham teatrlashtirilgan uslubda maxsus ijrochilar tomonidan o‘ynalib, ularning qahramonlik va kurashlari, kechinmalari jonli tasvirlanib berilganiga shubha yo‘q».

Mitraga bag‘ishlangan rasmiy marosimlardan tashqari xalq orasida ham tomosha shaklini olgan urf-odatlar bo‘lgan. Rasmiy marosimlarda «Avastoning duolari qiroat qilingan va qasidalari ijro etilgan bo‘lsa, xalq orasida majoziy va hayot bilan bevosita bog‘langan tomoshalar, o‘yinlar rasm bo‘lgan. Chunonchi, otashparast ozarbayjonlar orasida Mitra bilan bog‘liq «Godu-godu» degan tomosha bor ekan. Bunda kattakon qo‘g‘irchoq qiyofasida quyosh — Mitra timsoli yasaladi. U har xil yaltiroq taqinchoqlar bilan bezatiladi. Mana shu timsolni «Godu-godu» dsb ataydilar. Bir ijrochi uni ko‘tarib olib, quyosh sha'niga butun bir monolog o‘qiydi. Qolganlar quyoshni birgalashib olqishlaydilar. Mitra — goduning oldida, uning ko‘nglini olish maqsadida har xil kulgili sahnalar namoyish qilinadi. M. Allaxverdievning yozishicha, tomoshadan maqsad Mitraning ko‘nglini yumshatish va elu yurtni toshqindan, seldan asrash bo‘lgan ekan.

Bizning ajdodlarimiz orasida ham shunga yaqin o‘yinlar bo‘lgan bo‘lsa kerak. Negaki, «Godu-godu» tomoshasi turklarda «Bodi-bodi» deb atalgan. Janubiy viloyatlar aholisining shevalarida «bodi» so‘zi bo‘lib, o‘ziga bino qo‘ygan, satang, maqtanchoq kishilarga nisbatan hamon qo‘llanadi. Bir paytlar «bodi» so‘zi Mitra timsoliga nisbatan ishlatilgan, deb faraz qilish mumkin. Chunki, Mitra timsolini qo‘g‘irchoqni ko‘tarib olgan ijrochi uning tilidan kuch-qudratini, hamma ishga qodirligini faxrlanib aytgan, balki kuylagandir.

Xorazmda yaqin yillargacha o‘ynab kelingan “O‘t o‘yin”, Buxoro amirligi hududida rasm bo‘lgan «Otashxo‘r» nomli tomoshalar ham bir zamonlar zardushtiylik va uning asosiy ko‘rsatkichlaridan bo‘lmish olov va Mitra timsoliga bog‘liq bo‘lgan, deb o‘ylaymiz.

«Otashxo‘r» o‘yinini 1960 yilda Buxoroda Safar masxara Abdullaev tilidan yozib olingan. Unda ikki mustaqil tomosha — «Otashxo‘r» va «Hindubozlik» birlashtirilgan bo‘lib, birida hindu nayrangboz muqallid qilingan, ikkinchisida sudxo‘r hindular hajv ostiga olingan. Shundan bizni hozir qiziqtirayotgan «Otashxo‘r» tomoshasida hindu nayrangboz to‘yxonaga kirib keladi, korfarmon bilan uning o‘rtasida kulgili savol-javob bo‘lib o‘tadi, keyin korfarmon boshliq bir guruh tomoshabinlarning «Otashxo‘r-yey, otashxo‘r» degan kuyiga o‘yinga tushadi.



O‘yin tugagach, nayrangboz paxta tolalarini yondirib og‘ziga soladi. Davra aylanib, to‘rt-besh joydan turib og‘zidan olov purkaydi. Odamlar orqaga tisariladilar, biroq undan qo‘rqmaydilar. Chunki, xushchaqchaq, saxiy nayrangboz qiyofasi namoyon bo‘ladi. U olov purkar ekan, har gal olovning xosiyatlarini zavq-shavq bilan ta'riflaydi. Bu ko‘rinishda «Otashxo‘r» birmuncha ijtimoiy tus olgan. Ammo o‘zining dastlabki ko‘rinishlarida u olov yoki Mitra timsoli bilan bevosita bog‘langan shaklda, sal keyinroq «Bodi-bodi» o‘yiniga o‘xshash. Xorazmiylarning «Mash'ala» va «O‘t o‘yin» tomoshalarida boshqacha talqinni ko‘ramiz. «O‘t o‘yin»da ijrochi cho‘g‘ yutib, jangovar ruhda o‘ynab, ajdaho qiyofasiga kirib, olov purkab, odamlarni qo‘rqitadi. «Mash'ala»da esa nayrangboz bir necha mash'alani otib-otib o‘ynaydi. Ko‘rinib turibdiki, bu o‘yinlarda qahramon salbiy bir tusda. Shundan kelib chiqib, mazkur o‘yinlarda yomonlik tangrisi, olovni o‘g‘irlab odamlarga kulfat keltirishni o‘ylovchi shum qadam Anxra-Manu timsolini ko‘rish mumkin.

Dastlab quyoshga, uning sadoqatli yo‘ldoshi Mitraga va muqaddas olovga alohida-alohida topinganlar. Ammo bora-bora ajdodlar tasavvurida bu tangrilar bir-biri bilan chatishib ketgan, Mitra timsoli ham quyoshni, ham olovni o‘zida jamuljam etgan. Shundan bo‘lsa kerak, boshqa ilohlarga qaraganda. Mitraga e'tiqod qilish, sig‘inish kuchliroqdir. Mitra sha'niga uyushtiriladigan marosimlar, tomoshalar ham shunga yarasha e'tiborliroq, miqyosi kengroq, ta'sirliroq o‘tgan. Xorazmiylarning mashhur «Lazgi» raqsining kelib chiqishiga shu nuqtai nazar bilan yondoshsak, yanglishmaymiz. Shu paytgacha «Lazgi»ning paydo bo‘lishini jangovar qabilalarning harbiy harakatlari bilan bog‘laydilar. Chunonchi, raqsshunos L. Avdeeva «Lazgi» qo‘rqmas jangchining beqiyos bahodirligi, ehtirosli intilishlari, ilhom baxsh harakatlarini ifodalaydi, degan fikr bildiradi. T. Qilichev «Lazgi» o‘yini ibtidoiy jamiyatdagi xorazmliklarning jangchi harakatlarini o‘zida saqlab kelayotir, deb unga qo‘shiladi. Balki «Lazgi» raqsida qadimiy jangchilarning ba'zi harakatlari saqlangandir. Lekin uning kelib chiqishini faqatgina jangovar qabilalarning xatti-harakatlari bilan bog‘lab tushuntirish to‘g‘ri bo‘lmas. «Lazgi» harakatlari silsilasiga, tarkibi, tuzilishiga e'tibor bersangiz, uning shakli-shamoyili, mazmuni xiyla boy ekaniga amin bo‘lasiz. Bizningcha, «Lazgi»ning kelib chiqishi eng avvalo zardushtiylik va uning eng muhim belgisi bo‘lmish quyosh, olov va Mitra timsollari bilan bog‘liqdir. Buni T. Qilichevning o‘zi ham tan oladi. U eslab o‘tgan Hyerodotning quyidagi gapi shundan guvohlik beradi: «Araks Amudaryo bo‘ylarida yashovchi massagetlar kechasi gulxan yoqib, o‘simlik hididan mast bo‘lib, uning atrofida olov o‘chguncha qo‘shiq aytib, raqs tushar edilar». Ha, «Lazgi» mana shu muqaddas olov atrofida tug‘ilib, keyin turli-tuman tasavvurlar, timsollar, harakatlar bilan boyib borgan. «Lazgi»ning bizgacha yetib kelgan nusxalarida zardushtiylikning; quyoshga, olovga, Mitraga sig‘inishning izlari aniq sezilib turadn. Avvalo u erkagu ayol, yoshu qari, boy-yu kambag‘al, shohu gado — hammaniki. Hamma o‘ynaydi. Har kim o‘z yoshi, jinsi, holiga yarasha raqs harakatlari to‘qib, o‘z his-tuyg‘ularini baralla ifoda qilib jo‘sh urib o‘ynaydi va o‘ziga xos timsol yaratadi. Ammo boshlanishi bir xil: qo‘llarini osmonga ko‘tarib, ularni mayin silkitib, ularga mahliyo bo‘lib bir dam tikilib turadilar, so‘ng ko‘zlarini yerga qadaydilar. Bu harakat bir necha bor takrorlanadi. Bunda bevosita quyoshga sig‘inishni, quyosh shu'lalari va uning sig‘inuvchiga ta'siri ifodasini ko‘rish mumkin. Keyingi harakatlar ham aksar holda olov atrofida o‘yinga tushayotgan kishilarning holatlarini eslatadi: go‘yo olovga bir yaqinlashib, bir uzoqlashadilar, olov taftidan yuzlarini berkitadilar, olov atrofidan aylanadilar, ba'zida olovga tegajaklik qiladilar. Ammo shu bilan birga «Lazgi» tarkibida jangovar harakatlarni jumladan, o‘q-yoy harakatini ham, tabiat hodisalari hayvonlar va o‘simliklar dunyosi tasvirlarini ham hissiy-ruhiy kechinmalar ifodasini ham uchratish mumkin. Shu jihatdan N. Rahimovaning ta'rifi haqiqatga yaqindir. U «Lazgining Onash xalfa (1885—1952) ijrosidagi talqinini shunday bayon etadi: «U qo‘llarini yuqoriga ko‘tarish bilan, boqishlarini yerga qadadi. Bir necha daqiqa bir joyda qotib turadi. So‘ngra barmoqlari uchiga jon kirgandek bo‘lib, asta-sekin harakat mavji badaniga yoyildi. Yana u barmoqlari bilan nozik harakatlar qiladi. Sollona-sollona qadam tashlaydi, oyoq uchiga ko‘tarilib, yo‘rg‘alay boshlaydi. Musiqa usuli tezlashadi. Uning siynasi uchishga tayyor qushday oldinga intiladi. Bilaklariga bog‘langan qo‘ng‘iroqchalar jaranglaydi. Shunda u juda tez goh yuqoriga, goh yerga boqib harakat qiladi. Ammo boshini mag‘rur tutib, o‘yinga salobat qo‘shadi... Raqqosa o‘zining nozik ijrosi bilan go‘yo lashkarlarning jang qilayotgan holatini, sho‘x cho‘l shamollarini, o‘z mahbubiga erisholmay hijronda azob chekayotgan go‘zal qizning alamini, erkin qushlarning parvozini hikoya qilardi»

Qisqasi, «Lazgi» o‘z rivojida murakkab yo‘lni bosib o‘tgan, deb o‘ylaymiz. Dastlab olov atrofida, so‘ng ibodatxonalarda o‘ynalib, keyin maydonga chiqqan, to‘yxonalarga kirib borgan. Bora-bora marosimlik unutilgan va u sof raqs tomoshasiga aylangan. Zamonlar o‘tishi bilan «Lazgi» harakatlari, tizmalari, mazmunlari o‘zgarib, saralanib, boyib, mukammallashib borgan va u umuman xorazmiylar raqslari ramziga, mumtoz bir ifodasiga aylangan. «Lazgi — shunchaki raqs emas,— deb yozadi L. Avdeeva, — balki mavzu va ijro uslubiga ko‘ra xilma-xil raqslarni maydonga keltiruvchi o‘ziga xos harakatlar tizimidir».

Tarixiy manbalardan ma'lum bo‘lishicha, «Lazgi»ga o‘xshagan ajdodlarimizning qadimiy dunyoqarashi va hayot tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan raqslari V—VII asrlarda nafaqat Turonda balki Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlarda ham shuhrat qozongan ekan. Bu raqsni qoyilmaqom qilib ijro etgan Samarqand, Buxoro, Shahrisabz raqqoslari chin-mochin shoirlari tomonidan madh etilgan.

Raqqosa chir aylanganda payqash maholdir yuzi qayda, ko‘ksi qayda, qayda kuragi, qayda yuragi! Bunda bizni «charx urganda, olov halqa jilolanganday», «osilib turgan kabi lola-rang quyosh» degan iboralar ko‘proq qiziqtiradi. Demak, raqqosa o‘z harakatlari bilan olovni, quyoshni ifoda qilgan, ularga sig‘ingan. Boshqa bir she'rda harir libos kiygan raqqosaning ikki qo‘li bilan ko‘kka intilishi, so‘ng quyunday, arava g‘ildiragiday chir aylanishi ajib bir ehtiros bilan kuylanadi. Shoirlar raqqosalar ijrosidagi charxlar tasviriga alohida diqqat qilishganki, bu bejiz emas. «Charx» — bu borliq, koinot, falak; quyosh harakati. V— VII asrlardagi Turondan chiqqan raqqosalar quyoshga taqlid qilar ekanlar, uning harakatini o‘zlarining chapdan o‘ngga tomon gir aylanishlari bilan ifoda qilganlar. Charxlarning o‘zbek xalq raqsida hamon katta o‘rin egallab kelishi ham ana shundan. Xitoylik shoirlarning ta'rifu tavsiflarida qo‘ng‘iroqli kamar haqida gap boradi. Tarixiy, adabiy manbalar, arxeologik topilmalar bu ma'lumotni tasdiqlaydi. Chindan ham islomgacha bo‘lgan O‘rta Osiyoda zang va qayroqlar bilan ijro etiladigan raqslar mavsumiy bayramlarda, bazmlarda, to‘ylarda keng shuhrat qozongan. Ularning yoniga shu davrlarda rasm bo‘lgan tir, shamshir, zanjir bilan o‘ynaladigan raqslarni ham qo‘shib xayol qiladigan bo‘lsak, bu toifa raqslarning Quyosh va uning yo‘ldoshi – jangchi Mitraga taqlid sifatida inkishof topgani, jangovar ruhdagi mazmunlari oydinlashadi. Qizig‘i shundaki, zang va qayroq bilan o‘ynaladigan raqslar Xorazm vohasida, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida hamon keng ko‘lamda yashab kelmoqda.



Raqs sifatida «Munojot» harakatlari, undagi hikoya mazmuni qadim ajdodlarimiz e'tiqodi va hayotini aks ettiradi. Bu raqs Ali Ardobus, G‘affor Vallomatzoda, G‘ulom Nazarzoda va boshqalar ijrosida mashxur bo‘lgan. “Munojatni” Tamaraxonim ham ijro etgan. Lekin «Munojot» — tom ma'noda erkaklar raqsi hisoblangan. Shunday qilib bobolarimiz xudolarga iltijoni – Xor shaklini raqsda ifodalab “Lazgi va “Munoajat” deb nomlanadi. Katta shakldagi iltijo – Xorni “kichik shakldagi” raqsga aylanishi uni tomoshaviyligini – ko‘rimligini oshirdi.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish