O’quv materiallari



Download 2,01 Mb.
bet100/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

Mutolaa texnologiyasi kitobxon tomonidan matnni о‘zlashtirish usullarini bildirib, uning matn mazmunini qanchalik darajada anglaganligi hamda anglangan tushunchalarni hayotga qanchalik tatbiq qila olishi bilan belgilanadi. Bu mutolaa texnologiyasining sifat jihatiga taalluqli bо‘lsa, uning miqdoriy jihati esa, о‘quvchining tez yoki sekin о‘qishida namoyon bо‘ladi. Mutolaa jarayonida shaxsning operativ xotirasi hamda diqqatning muqimligi shakllanadi. Bu ikkalasi esa о‘z navbatida shaxsning aqliy va badiiy kamolotini ta’minlaydi. Jamiyatning har bir a’zosini aqliy va hissiy rivojlantirish esa, mamlakatimizda amal qilayotgan komil inson konsepsiyasining hamda har tomonlama sog‘lom avlodni shakllantirish borasidagi say-harakatlarimizning asosiy maqsadidir.

Mutolaa tezligi ma’lumotlarni qabul qilish tezligiga bog‘liq. Shu bilan birga, bunda kitobxonning tahlil qilish tezligi va intellektual salohiyati kabi shaxsiy xususiyatlari ham muhim ahamiyatga ega bо‘ladi.

AQShlik mutaxassislar mutolaa jarayonlarini о‘qilayotgan matnni tushunish koeffitsiyenti 70%dan kam bо‘lmagan “meyoriy” hamda koeffitsiyenti 50% atrofida bо‘lgan “saralab” о‘qish turlariga ajratadilar. Bunda meyoriy о‘qish oddiy (minutiga 200-300 ta sо‘z), tez (minutiga 300-500 ta sо‘z) hamda juda tez (minutiga 550 tadan oshiq sо‘z) о‘qish bо‘lishi mumkin. Saralab о‘qish esa, qarab chiqish, qidirish va saralashdan iborat bо‘ladi. Saralab о‘qishda о‘qish tezligi minutiga 800-1600 ta sо‘zni tashkil etadi. Ushbu о‘qishni mutaxassislar diagonal о‘qish deb ham nomlashadi20.

Mutolaa madaniyatining ikkinchi tizim yasovchi belgisi – mutolaa darajasi ham mutolaa texnologiyasi bilan bog‘liq bо‘lib, о‘quvchi tomonidan ma’lumotni anglash darajasini bildiradi. Buning, bizningcha tо‘rtta bosqichi mavjud. Ular quyidagilar:



Birinchi darajada о‘quvchi matnning mazmunini anglab, hikoya qilinayotgan voqeaning syujetini hamda uning asosiy jihatlarini eslab qoladi.

Ikkinchi darajada о‘quvchi matnning mazmunini hamda syujetni anglab, voqealar rivojini ma’lum darajada bashorat qila olish qobiliyatini namoyon qiladi.

Uchinchi darajada о‘quvchi matnga va unda hikoya qilinayotgan voqeaga о‘zining mustaqil munosabatini bildirib, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholay oladi hamda asarning epizodlarini tahlil qila oladi.

Tо‘rtinchi darajada о‘quvchi matnning mazmunini tо‘la anglab, voqeani mustaqil tahlil qila oladi. Qahramonlarning xatti-harakatlarini voqealar mantig‘i asosida tahlil qilib, sintetik, ya’ni umumlashma xulosalar chiqara oladi.

Fuqarolarimizda yoshligidanoq mutolaaning mazkur darajalarini shakllantirib borish lozim.

Mutolaa madaniyatining eng muhim tizim yasovchi belgisi – mutolaa intensivligi bо‘lib, bunda mutolaa manbalaridan davriy foydalanish sur’ati tushuniladi. YA’ni, bir kishining bir hafta davomida yoki bir oy (yil) mobaynida nechta kitob о‘qiganligi, mazkur shaxsning mutolaa intensivligini belgilaydi. Mutolaa intensivligi jamiyatda mutolaa madaniyatining darajasiga mutanosib bо‘lib, intensivlik qanchalik yuqori bо‘lsa, mutolaa madaniyati ham shunchalik yuksak bо‘ladi.

Mutolaa intensivligining yuqori bо‘lishini ta’minlovchi omillar quyidagilardir:



  1. Mutolaaga va ma’lumot olishga qiziqish darajasining yuqoriligi. Bu xususiyat shaxsda yoshligidan, maktab partasidan, hatto bolalar bog‘chasidan shakllanadi. Demak, jamiyatda barkamol shaxslarni kamol toptirishning muhim jihatlaridan biri – bolalarda mutolaaga qiziqishni shakllantirish zarur.

  2. Mutolaa manbalarining qiziqarli, mazmunan boy bо‘lishi. Buni ta’minlash uchun mutolaa manbalarining mazmundorligini oshirish, shuningdek jahon hamda milliy mumtoz adabiyot durdonalari namunalarini, yuksak iste’dod va mahorat bilan yaratilgan zamonaviy asarlarni kо‘proq chop etish kerak.

  3. Mutolaa manbalariga oson ega bо‘lishni ta’minlash. Buning ikkita omili mavjud bо‘lib, birinchisi iqtisodiy omildir. YA’ni, aholining xarid quvvati bilan mutolaa manbalarining bahosi mos kelishi kerak. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining mutolaaga bо‘lgan ehtiyojlari himoya qilinishi, ya’ni kam ta’minlangan va nogironlarga yordam kо‘rsatilishida ularni bepul kitoblar bilan ta’minlash va gazeta-jurnallarga obuna qilishni tashkil etish lozim.

Ikkinchi muhim jihat esa, mutolaa manbalari tarqatiladigan muassasalarining qulay joylashuvidir. YA’ni, kutubxonalar, internet-kafelar, kitob hamda gazeta dо‘konlari istiqbolni kо‘zlagan qa’iy reja asosida joylashtirilishi, bunda eng avvalo, kitobxon va gazetxonlarning manfaatlari hisobga olinishi darkor.

  1. Bozor iqtisodi talablariga mos ravishda turli adabiyotlar va boshqa mutolaa manbalarining reklamasini keng yо‘lga qо‘yish kerak.

Shaxsda mutolaa madaniyatini shakllantirishda kutubxona va axborot-resurs markazlarining ahamiyati katta. Ular о‘zining barcha vositalari orqali kitobxonlarning о‘qish xarakteriga va mutolaa orqali tarbiyalanishiga ta’sir kо‘rsatadi, ya’ni kitobga qiziqish uyg‘otadi, kо‘nikmalarni tarbiyalaydi, kitobga mehr paydo qiladi. Kutubxona mustaqil ravishda kitob tanlashni, undan bilim va zavq olish yо‘llarini, о‘qigan narsalar haqida fikr yuritishni va unga tanqidiy qarashni, shu bilan birga kitoblarni tartibli ravishda о‘qishni о‘rgatadi.

1971 yili YUNESKO va xalqaro nodavlat tashkilotlar tomonidan qabul qilingan «Kitob xartiyasi»da «Jamiyat barcha kishilarga kitoblardan zavqlanishni ta’minlashga burchlidir», degan jumlalar bor. Darhaqiqat, badiiy adabiyotni о‘qishdan asosiy muddao – undan zavq olish, badiiy obrazlar olamiga kirib borish, ularning turfa taqdirlari, о‘y-fikrlari, orzu-intilishlari, muhabbat sururi-yu ayriliq hasratlariga sherik bо‘lish, qahramonlar hayoti bilan yashash, ular bilan birga nafas olish, qisqasi kitobning mazmun-mohiyatini aqlan anglab yetish va qalbdan his qilishdan iboratdir. Asarni bu darajada mukammal о‘zlashtirish jо‘n ish emas, u kishidan yuksak intellektual va estetik darajani, ya’ni о‘ziga xos mutolaa madaniyatini talab qiladi. Bunday maqomga erishgan kishi esa haqli ravishda badiiy rivojlanishning yuqori pillapoyalariga kо‘tarilgan hisoblanadi.

Mutolaa madaniyatini belgilovchi mezon – kitobni tanlab, saralab о‘qish. Xalqda “sen menga о‘qigan kitoblaringni ayt, men senga kimligingni aytaman” degan gap yuradi. Kitobning murabbiylik xususiyatiga, kishiga ham aqlan, ham ruhan oziq berib tarbiyalovchilik xususiyatiga ishora bu.

Ochig‘ini aytganda, tuppa-tuzuk kitobsevar kishilar ham kо‘pincha “qо‘lga ilinganini” mutolaa qiladilar. Buning samarasi kam. Tezkor zamonamizda vaqtni behuda sarflashdan, ayniqsa yoshlarning vaqti behuda ketishidan ehtiyot bо‘lish kerak.

“О‘qib uqi, uqib о‘qi!” deya nasihat qiladilar adib va olim G‘aybulloh as-Salom “Tolibnoma” kitobida. О‘qib tushunish maroqli, ammo tushunib о‘qish, tag‘in takror о‘qish behad lazzatli, farahbaxshdir. Bunga erishgan kishini kitobxonlik baxti chо‘lg‘ab oladi. Yoshlarimizni kitobxonlikda ana shu mavqega kо‘tarish uchun intilish ota-onalar, о‘qituvchilar, kutubxona xodimlari, qо‘yingki, har birimizning burchimizdir.

Yuqorida ta’kidlanganidek, mutolaa uchun kitob tanlash mutolaa jarayonining muhim tarkibiy qismidir. Hozirgi matbaa imkoniyatlari natijasida kitob nashr qilish о‘ta rivojlandi. Elektron shakldagi kitoblar ham kо‘payib ketdi. Bugungi zamonda mualliflar qaysi shaklda (elektron, qog‘oz) bо‘lsa ham о‘z maqolalari, risolalari, kitoblarini kо‘paytiradi va tarqatadi, xullas, har kim о‘z g‘oyasini о‘tkazmoqchi bо‘ladi. Bu juda katta xavf. Xalqimizda “Ustoz kо‘rmagan shogird har maqomga yо‘rg‘alar” degan maqol bor. Endilikda yosh kitobxonlarga yordam berish kerak. Ularning qiziqishlarini tо‘g‘ri о‘zanga solish lozim. Shuning uchun pedagoglar, olim va mutaxassislar, sotsiologlar kim nimani о‘qiyotgani bilan qiziqishi, о‘rganishi kerak. Ayniqsa informatsion chalkashliklar (chiqindilar desa ham bо‘ladi) orasidan yaxshi, zarur, foydali axborotni, kitobni ajratib berishga tajribali kishilar, adabiyotshunoslar kо‘maklashishlariga ehtiyoj katta. Kitobxonlarni, ayniqsa yosh kitobxonlarni tо‘g‘ri yо‘lga yо‘naltirish uchun malakali maslahatlar, tavsiyalar zarur.

Shu ma’noda, О‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti olimlari bilan maslahatlashgan holda professor M.Bekmurodov g‘oyasi asosida tuzilgan “Aholi turli qatlamlari vakillarining mustaqil о‘qib, о‘zlashtirishi tavsiya etiladigan badiiy, ilmiy-falsafiy va tarixiy-axloqiy adabiyotlar rо‘yxati”i kitobda ilova qilinmoqda.

Tavsiya etilayotgan adabiyotlar rо‘yxatidan insonni tо‘laqonli shaxs bо‘lib shakllanishga chorlaydigan, о‘ziga xos yо‘l kо‘rsatadigan asarlar о‘rin oldi. Unda jahon adabiyoti va boshqa xalqlar adabiyotidan kiritilgan asarlarning о‘zbek tiliga tarjima qilinganiga ahamiyat berildi. Mazkur rо‘yxatga kiritilgan badiiy, ilmiy-falsafiy va tarixiy-axloqiy asarlarning kо‘p yoki kamligi hali maxsus muhokama bо‘lishi ham mumkin.



Alisher Navoiy shoir bо‘lish uchun kishi kamida 50 ming misra she’rni yod bilishi kerak, degan talab qо‘ygan. E’tibor bering “о‘qishi” emas, “yod bilishi” kerak demoqda. Hozirgi mutaxassislarga, ayniqsa san’at bilan, ijod bilan, badiiy talqin bilan shug‘ullanadigan mutaxassislarga ham shunday mezon bilan yondashish lozim.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish