Ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimining majburiyatlari:
Badiiy ijodiyot bilan shug‘ullanuvchilarni sha’ni va unikalligini hurmat qilib uni harakatga, tashabbusga, ijodga undash;
Badiiy ijodiyot bilan shug‘ullanuvchilarni eshita bilish, sabr-toqat kо‘rsatish, muammo va vaziyatni tushunish, boshqaning о‘rniga о‘zini qо‘ya bilish, nazokat va odob kо‘rsata bilish;
muloqotmand bо‘lish, ochiq bо‘lish, badiiy ijodiyot bilan shug‘ullanuvchilarni iste’dodini rо‘yobga chiqara olish birgalikda muammolarning yechimini aniqlash; atrofdagilar uchun kerakli va qiziqarli bо‘lish;
Madaniyat muassasalariga keluvchilar bilan ishlashda norasmiy bо‘la bilish, ularning muammolarini hal qilishda maslahatchi, kо‘makchi vazifasini bajarish;
о‘z xulq-atvorining yuksak axloqiy andozalarga mosligini saqlash;
о‘ziga kо‘makchilarni topa bilish, ijtimoiy-madaniy faoliyatni rivojlantirishda jamoatchilik kо‘magini ta’minlash;
faqatgina о‘zi vakolatli bо‘lgan doirada ish yuritish, о‘z ishining sifati uchun shaxsan mas’ul bо‘lish; tashqi ta’sir va bosimlarga berilmaslik;
о‘zining kasbiy munosabatlaridan shaxsiy maqsadlar yо‘lida foydalanmaslik; vaziyatlarni muhokama qilish va baholashda faqat kasbiy maqsadlar bilan ishtirok etish; Kо‘rsatilgan xizmatlar uchun haqni faqat qonuniy asoslarda olish. Bajarilgan ish uchun qimmatbaho sovg‘alar olmaslik;
kasbiy bilimlari, mahorati, malakasini uzluksiz oshirib borishga intilish, о‘z amaliy faoliyatini kasbiy bilimlar asosida tashkil etish;
kasbning obrо‘si va pokligini himoya qilish va orttirishga intilish. Kasbiy о‘zaro munosabatlar va о‘zaro ta’sir jarayonida hamkasblar ishonchiga hurmat bilan qarash, nazokat va adolatni saqlash. Kim bо‘lishidan qat’iy nazar, hamkasbi axloqqa zid harakat qilsa, unga tarbiyaviy choralar kо‘rish.
Malaka tavsifi bilan belilangan majburiyatlarni bajarish uchun ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimi о‘zining quyidagi huquqlaridan keng foydalanishi mumkin:
Badiiy ijodiyot bilan shug‘ullanuvchilar manfaatlarini qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlarida ifodalash va himoyalash;
Maxsus oliy ma’lumot tо‘g‘risidagi va litsenziyaga mos bо‘lgan diplom yoki sertifikat bо‘lgani taqdirda davlat yoki xususiy ijtimoiy-madaniy faoliyatni yuritish;
aholining madaniy ehtiyojlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni tо‘plash, aholi orasida sotsiologik sо‘rovlar, diagnostik tadqiqotlar о‘tkazish;
Madaniyat muassasalariga keluvchilarning ijtimoiy va shaxsiy muammolarini hal qilish tо‘g‘risidagi rasmiy sо‘rovlar va iltimoslari bilan jamoat tashkilotlariga, davlat muassasalariga murojaat qilish;
о‘z faoliyati doirasidagi u yoki bu muammoning holati tо‘g‘risida davlat idoralariga axborot berish;
madaniyat muassasalardagi tajribani ommaviy axborot vositalari yordamida targ‘ib qilish uchun faol ish yuritish;
muayyan ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan jamoat tashabbuskorlik harakatlariga boshchilik qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |