O’quv materiallari



Download 2,01 Mb.
bet67/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

Mustaqil О‘zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash siyosati madaniy qurilishda muxim tayanch hisoblanadi. U respublikamizda ma’naviy hayotni yangilash masalalari bilan bog‘liq bо‘lib, milliy madaniyatni rivojlantirish, tiklash soxasi xodimlarini tayyorlashni taqazo etadi.


Respublikamiz madaniy xayotida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, xuquqiy о‘zgarishlar yuz berayotganligi Ijtimoiy-madaniy faoliyatga bо‘lgan talab va extiyojni yanada oshirdi.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimining faoliyati inson faoliyatining barcha soxalari singari о‘z xususiyatlariga ega. Uning eng birinchi xususiyati Ijtimoiy-madaniy faoliyatning xayot bilan, mustaqillik davri vazifalari bilan uzviy bog‘langanligidadir.

Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi faoliyatining xayotdan, uning muammolaridan, kishilarning extiyojlaridan ajralib qolishi, ularni muxim ma’rifatchilarga quruq safsatabozlarga aylantirib qо‘yadi.

Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi faoliyatining yana bir muxim xususiyati shundan iboratki, u muntazam izlanishlarini, ishga xamma vaqt ijodiy yondoshishni talab qiladi. Mustaqillikni qо‘lga kiritgan Respublikamiz jaxon xamjamiyatida о‘z о‘rnini egallab, tobora rivojlanib bormoqda.

Respublikamizda sodir bо‘layotgan о‘zgarishlar natijasida kishilarimizning ma’naviy-madaniy extiyojlari kundan kunga о‘sib, о‘zgarib bormoqda, axloqiy qiyofasi va fe’l-atvorida xam о‘zgarishlar rо‘y bermoqda. Bunday sharoitda ijtimoiy-madaniy ishlarning shо‘rolar davrida maqbul bо‘lgan shakl va usullari bugungi kunda eskirib, talabga javob bermayapti. Mustaqillik sharoiti kishilarning о‘sib borayotgan extiyojlarini qondirish, unga g‘oyaviy ta’sir etishning yanada yangi, samarali usul va vositalarini qо‘llashni talab qilmoqda. Bu esa ijtimoiy-madaniy ishlarning mazmunini takomillashtirib, yangilab borishni taqazo etadi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyat pedagogik faoliyatning boshqa turlaridan о‘zining mazmunan murakkabligi, kо‘p qirraliligi, shaklan xilma-xilligi, ish shakllarining о‘ziga xos tarzda bir-biriga chatishib ketganligi bilan farq qiladi.

Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi faoliyati tarbiyaviy faoliyat xam xisoblanadi, lekin u tarbiyaviy ishlarni maktab va о‘quv yurtlari pedagogik jamoalarida bо‘lganidek bir xil yoshdagi, bir xil tayyorgarlikka ega bо‘lgan qatnashchilar yoki talabalar bilan emas, balki yoshi, kasbi, bilim darajasi, qiziqish va extiyojlari turlicha bо‘lgan kishilar orasida olib boradi. о‘quv yurtlarida tarbiya jarayoni majburiy mashg‘ulotlar orqali amalga oshirilsa, Ijtimoiy-madaniy soxa xodimlari kishilarning bо‘sh vaqtini mazmunli uyushtirish, ma’naviy extiyojlarini qondirish, qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirish maqsadida ijtimoiy-madaniy muassasalarda tashkil etiladigan xilma-xil ommaviy tadbirlar о‘tkazish yо‘li bilan xal qiladilar.

Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi faoliyatining yana bir xususiyati Ijtimoiy-madaniy tadbirlarda kishilarning aql-idroki bilan birga ularning xissiyotiga xam ta’sir kо‘rsatish lozim. Ijtimoiy-madaniy muassasalarda о‘tkaziladigan xar bir tadbir chuqur mazmunli, yuksak darajada g‘oyaviy bо‘libgina qolmay, qiziqarli, jozibali, odamlarni maftun etadigan xam bо‘lishi kerak jonsiz, quruq о‘qilgan ma’ruza, puxta tayyorlanmay kо‘rsatilgan konsert, baxs-munozara kechasi yoki boshqa tadbirlar qatnashchilarni qiziqtirmaydi, bekor о‘tkazgan vaqt uchun achinish xissini, uyg‘otadi.

Ijtimoiy-madaniy soxa xodimining kasbiy (professional) faoliyati о‘z moxiyati bilan tarbiyaviy ish ekanligini biz yuqorida ta’kidlagan edik. Uning asosiy vazifasi xar tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishdan iboratdir. U kishilarning madaniy dam olish, о‘z ma’naviy extiyojlarini qondirish, iste’dod va qobiliyatlarini о‘stirishga qaratilgan ijtimoiy-foydali faoliyatni uyushtiruvchidir. Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi ommaning pedagog-tarbiyachisi, ular orasida о‘tkaziladigan ijtimoiy-foydali ishlarning tashabbuskori, xavaskorlik jamoalarining raxbaridir.

Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi faoliyatining bunday kо‘p qirraliligi ijtimoiy-madaniy soxa xodimi shaxsiyatiga, uning axloqiy qiyofasiga yuksak talablar qо‘yadi.

Mustaqil davlatimiz ijtimoiy-madaniy soxa xodimi chuqur g‘oyaviy-nazariy va kasbiy tayyorgarlikkaega bо‘lishi, о‘z kasbiga mexr-muxabbatli, sadoqatli bо‘lishi kerak. о‘z kasbiga sodiqlik, xushyorlik, ishda qat’iylik, о‘ziga talabchanlik, ishdaqat’iylik, о‘ziga talabchanlik Ijtimoiy-madaniy soxa xodimining asosiy xislatlaridandir. Shuningdek, ishga ijodiy yondoshish, tashabbuskorlik, yangilikka intilish xislatlar xam xos bо‘lishi kerak. Bularsiz u Ijtimoiy-madaniy ishlarning mazmuni, shakl va usullarini tо‘xtovsiz takomillashtirib borishdek muxim vazifani muvoffaqiyatli bajara olmaydi.

Kishilar bilan va kishilar uchun ishlashga da’vat etilgan Ijtimoiy-madaniy xodimining qiyofasini vatanparvarlik, insonparvarlik kabi yuksak axloqiy sifatlarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki madaniyat uyidagi xar bir ommaviy tadbir, tо‘garak mashg‘ulotlari kishilarni о‘z ona yurtiga, xalqiga chuqur mexr-muxabbat tuyg‘ularini shakllantirishga, vatanparvarlik xissini mustaxkamlashga yordam berish kerak. Bu esa Ijtimoiy-madaniy soxa xodimining о‘zida vatanparvarlik tuyg‘ulari qanchalik chuqur va mustaxkam о‘rin olganligiga, о‘tkaziladigan tadbirlar mazmunini yagona maqsadga yо‘naltira bilishiga bog‘liq.

Hayotda sinovdan о‘tgan bir naql bor: «Boshqalarni tarbiyalaydigan kishining о‘zi yaxshi tarbiyalangan bо‘lishi kerak». Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi faoliyatiga bо‘lgan talabalar mana shu pedagogik xaqiqatdan kelib chiqadi.

Bilimlar targ‘ibotchisi, ommaning bо‘sh vaqtini mazmunli о‘tkazishga mutasaddi bо‘lgan ijtimoiy-madaniy soxa xodimi yuksak darajadagi dunyoqarash madaniyatini, ya’ni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va falsafiy bilimlar majmunini egallagan bо‘lishi kerak. chunki Ijtimoiy-madaniy soxa xodimining ong-bilim darajasi u ish olib borayotgan kishilar bilimidan, saviyasidan yuqori bо‘lishi kerak.

Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi uchun eng zarur bilim tarmoqlaridan biri-bu pedagogik bilimlar xisoblanadi. Pedagogika Ijtimoiy-madaniy soxa xodimiga olib boriladigan ishlarning mazmuni va moxiyatini chuqur tushunib olishda, kishilarga tarbiyaviy ta’sir о‘tkazishning yangi-yangi usullarini о‘zlashtirib olib, ulardan oqilona foydalanish yо‘llarini о‘rganishda yordam beradi. Pedagogik odobi-о‘zini jamoatchilik orsida qanday tutishi, qanday gapirish va xokazolarni egallab olish, ta’lim-tarbiya ishlarini uddalay bilish xam talab qilinadi.

Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi kasbiy madaniyatining yana bir muxim kо‘rsatkichi –bu psixologik (ruxiyatshunoslik) bilimlaridir. Ruxiyatshunoslik jarayonlari qonuniyatlarini chuqur о‘zlashtirib olish, ishni uyushtirishda Ijtimoiy-madaniy muassasalardagi tarbiyaviy jarayonni tо‘g‘ri uyushtirish va uning samarali bо‘lishini ta’minlash mumkin.

Ijtimoiy-madaniy xodimining tashkilotchilik qobiliyatlari quyidagilarni о‘z ichiga oladi:


  • Kommunikativ xususiyatlarni, ya’ni kishilar bilan tezda til topishishni ular bilan aloqa bog‘lashni, bir-birlarini tezda tushunishni, jamoaning xar bir a’zosining imkoniyatlarini, uning ijtimoiy topshiriqni bajarishga layoqatini tо‘g‘ri aniqlay olishini;

  • Vujudga kelgan vaziyatni tez va tо‘g‘ri baxolashni, muayyan xolatda tо‘g‘ri yо‘l topib, uni zudlik bilan ishga sola bilishni;

  • Ishga ijodiy yondoshishni, tadbirkorlikni yangi, samaraliroq ish shakllari va usullarini tezda topib, Ijtimoiy-madaniy ish amaliyotiga joriy qila bilishni;

  • Ishni amalda tashkil etishni, maqsadga intilgan xolda tez xarakat qilishni, topshirilgan ishning ijrosini nazorat qila va tekshira bilishni.

Kо‘rsatib о‘tilgan fazilatlarning kо‘pchiligi kishida bolalik chog‘idan boshlab о‘qish, ayniqsa jamoat ishlarida qatnashish jarayonida namoyon bо‘ladi va rivojlanib boradi. Maxsus о‘quv yurtlari-kollej va institutlaridagi ta’lim bu sifatlarning yanada rivoj topishiga yordam beradi. Lekin Ijtimoiy-madaniy soxa xodimining tashkilotchilik qobiliyatlarini о‘stirish va shakllantirishda uning ommaviy faoliyati xal qiluvchi rol о‘ynaydi. Ijtimoiy-madaniy soxa xodimining tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirshda о‘z-о‘zini tarbiyalash usullari orqali ijtimoiy-madaniy soxa xodimi о‘zida ishchanlikni, boshlangan ishni oxiriga yetkaza bilishni egallab olishi mumkin. о‘z-о‘zini tarbiyalash boshqa kо‘p ijobiy sifatlarni о‘stirishga, salbiy sifatlardan qutulishga yordam beradi.

Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi doimo kishilar bilan aloqada bо‘ladi. Ijtimoiy-madaniy muassaga keluvchilarning, о‘zi bilan birga ishlaydigan xamkasblarining «diqqat markazida» turadi. Shuning uchun xam u xar bir ishda ibrat bо‘lishga intilishi, odamlarni о‘z shaxsiy namunasi, yuksak odobi, xulqi bilan ishontirishi va tarbiyalashi kerak.

Ibratli sifatlarga ega bо‘lgan Ijtimoiy-madaniy xodimgina jamoa orasida obrо‘ qozonadi. Obrо‘ning о‘zi nima? Obrо‘ - kuch, xokimiyat, ta’sir ma’nolarini bildirib, ular majbur etishga emas, balki shaxs yoki jamoaning axloqiy qadr-qimmatini jamoatchilik tomonidan ixtiyoriy tan olishga asoslangan bо‘ladi. obrо‘ning darajasi madaniyat xodimi bilimlarining о‘tkirligi, vijdonnan ishlashi, ijtimoiy-siyosiy aktivligi, axloqiy qiyofasi bilan belgilanadi.

Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi faoliyatini ta’sirchinligini oshiradigan omillardan yana biri bu madaniyat xodimining pedagogik odobidir.

Ijtimoiy-madaniy xodimining pedagogik odobi-bu uning mayyan vaziyatda shaxsga yoki jamoaga tarbiyaviy ta’sir etishning maqsadga muvofiq usullari va yо‘llarini tanlay va qо‘llay bildirish. Pedagogik odobi amaliy faoliyatda, kishilar bilan muloqotda bо‘lish jarayonida namoyon bо‘ladi va mustaxkamlanadi. Odoblilikning rivojlanishi Ijtimoiy-madaniy xodimning umumiy madaniyati, shaxsiy sifatlarga bog‘liq bо‘ladi.

Pedagogik odobi avvalo kishilar bilan muomalada, u bilan samimiy, rostgо‘y bо‘lishda namoyon bо‘ladi.

Ishdan bо‘sh vaqtda о‘z bilimlarini boyitish, qobiliyatlarini о‘stirish, ma’naviy extiyojlarini qondirish uchun madniy-ma’rifiy muassasaga keluvchilarga mexribonlik, g‘amxо‘rlik kо‘rsatish Ijtimoiy-madaniy xodim pedagogik odobining muxim xususiyatlaridir.

Pedagogik odobi kishiga xurmat bilan karashni nazarda tutadi, lekin bu unga talabchan bо‘lishni istisno etmaydi, adolatli talabchanlik xamma vaqt tarbiyachining obrо‘yini kо‘taradi.

E’tibor bilan karab, о‘z diqqatini boshqa narsalarga chalg‘itmasdan, urinsiz savollar bilan suxbatdoshining sо‘zini bо‘lmasdan, eshita bilishlilik xam ijtimoiy-madaniy soxa xodimining muxim xususiyatidir.

Yumor, xazil, askiya-bular suxbatdoshga, tinglovchilarga emotsional ta’sir etishning kuchli vositasidir.

Ijtimoiy-madaniy faoliyatning maqomi о‘tgan davrlar mobaynida doimiy evolyusiya bо‘lib keldi. SHо‘rolar davridagi mazkur kasb sohasining professional fazilatlari kommunistik mafkuraga sadoqat negizida shakllantirib kelingan bо‘lsa, istiqlolga erishilgandan sо‘ng ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimining maqomi va uning kasbiy fazilatlari tubdan о‘zgardi. Yangi mohiyatga ega bо‘lgan ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimining maqomi va uning kasbiy fazilatlari mamlakatimizda qabul qilingan milliy istiqlol g‘oyasi hamda vatanimizda demokratik, fuqarolik jamiyat qurish maqsadlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, komil insonni tarbiyalash nuqtai nazaridan shakllantirilmoqda. Ana shu ezgu maqsadlar asosida ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimining maqomi va uning kasbiy fazilatlari quyidagi jihatlarni о‘zida namoyon etishi kо‘zda tutiladi:

ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimi ma’naviy yuksak fazilatlarga ega bо‘lishi, о‘zining xar bir xatti-xarakatiga axloq nuqtai nazaridan e’tibor berishi;

ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimi о‘z ehtiyojlarini qondirishda boshqalarning huquqlariga zarar yetkazmasdan harakat qilish huquqiga ega bо‘lishi va u jamiyat farovonligini oshirishga о‘z hissasini qо‘shishi;

xar bir madaniyat muassasasi boshqaruv shaklidan qat’iy nazar, odamlarni maksimum darajada madaniyat va san’at namunalariga yaqinlashtirishga intilishi;

ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimi ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya qilishi;

ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimi о‘zining bilimlarini, kо‘nikma va malakalarini alohida odamlar, guruhlar, jamoa va jamiyatlarning taraqqiy etishi uchun yо‘naltirishi;

ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimi milliy, irqiy mulkiy va boshqa diskriminatsiyani rad etishi madaniyat muassasasiga keluvchilarning jinsi, yoshi, millati, diniy e’tiqodi, tili, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar ularni badiiy, estetik ijodiyotga jalb etishi;

ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimi har bir odam va ijtimoiy guruh huquqlarini, ularning ma’naviyati va sha’nini hurmat qilar ekan, “BMTning inson huquqlari xartiyasi” va boshqa xalqaro hujjatlarga asoslanishi;

ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimi madaniyat muassasasiga keluvchilarning daxlsizligini himoyalash tamoyiliga asoslanishi, bunga tanlov erkinligi va kasbiy sir, madaniyat muassasasiga keluvchilarning о‘z huquqlari va shaxsiga tegishli hujjatlar yig‘masi nima maqsadlarda talab etilishi mohiyatini tushuntirib berishi lozim.

ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimi madaniyat muassasasiga keluvchilarning badiiy ijodiyot turlarida faol ishtirokini ta’minlaydi va u bilan hamkorlikda ish olib boradi. Ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimi о‘zlari duch keladigan har qanday murakkab vazifani hal qilishda tо‘garak a’zolari, faollar, mutasaddi idoralar bilan hamkorlik qilishlari lozim, bunda madaniyat muassasasiga keluvchilarning manfaatlarini xolis himoya qilish uchun harakat qilishi kerak. Ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimi xizmatlaridan foydalanayotgan shaxslar о‘z muammolarini hal etishda umumjamoa manfaatlarini ustuvor bilishlari lozim. Madaniyat muassasasiga keluvchilar har doim ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimi tomonidan amalga oshirilgan birgalikdagi harakatlarining maqsadi va oqibatlari (xatar va foyda) haqida ma’lumot olishlari zarur.

Ijtimoiy-madaniy faoliyat bilan mashg‘ullik badiiy ijodiyot turlari bilan shug‘ullanuvchilarning ixtiyoriyligi tamoyiliga asoslanadi. Demak, bu faoliyat har qanday majburiylikni minimum darajaga tushirish uchun yо‘naltirilgan bо‘ladi.

Badiiy ijodiyot turlari bilan mashg‘ul ishtirokchilardan bir guruhining muammolarini boshqa guruh muammolari hisobiga hal qilish taqiqlanadi. Har doim muqobil guruhning manfaatlarini batafsil kо‘rib chiqish, har ikki guruhni tо‘la eshitib bо‘lgandan keyingina maqbul yechim tanlashga asoslanishi zarur. Ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimi muqobil guruhlarning har ikkisini ham malakali tо‘garak rahbarlari bilan ta’minlashlari zarur.

Ijtimoiy-madaniy faoliyatda о‘z fuqarolarini ezadigan, terrorizm, qiynoqlar va shunga о‘xshash shafqatsiz vositalardan foydalanadigan biror shaxs, guruh, siyosiy kuchlarni qо‘llab-quvvatlashga yо‘l qо‘yilmaydi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyat axloqiy andozalari 5 guruhga bо‘linadi; axloqiy xulq-atvor andozalari; madaniyat muassasasiga keluvchilar bilan о‘zaro samimiy munosabatlar; boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar bilan о‘zaro munosabatlar; hamkasabalar bilan о‘zaro munosabatlar; kasbga munosabat.




Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish