O’quv materiallari


Madaniyat sohasida milliy g’oya ifodasi



Download 2,01 Mb.
bet110/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

Madaniyat sohasida milliy g’oya ifodasi. Bugungi globallashuv sharoitida milliy g'oya va mafkura muhim ahamiyat kasb etmoqda. Milliy g'oya — bu, jamiyatni birlashtiruvchi, rahlantiruvchi va olg'a yetaklovchi kuchdir.

Milliy g'oyaga birinchi Prezidentimizning:



  • yurt tinchligi;

  • vatan taraqqiyoti;

  • xalq manfaatiga oid fikrlari asos bo'ladi.

Milliy g'oya millatning maqsadi sifatida milliy mafkuraning o'zak tomirini tashkil etadi. Milliy mafkura jamiyatni belgilangan manzil tomon yetaklovchi fikrlar majmuyidir. Prezidentimiz fikri bilan aytganda, u «jamiyatni sog'lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o'z muddaolariga erishishi uchun ma'naviy-ruhiy kuch-quwat beradigan poydevor».

Milliy g'oya va mafkurani targ'ib qilish uchun unga xizmat qiluvchi barcha vosita, usul va shakllardan samarali foydalanishimiz zarur. Bu borada, ayniqsa, madaniyatning o'rni benihoya kattadir. Boshqacha qilib aytganda, madaniyatsiz, ya'ni, adabiyot, san'at (musiqa, kino, teatr, tasviriy ijod), ma'rifat, ilm-fan, odat, marosim, bayram kabilarsiz milliy mafkura o'z ifodasini topishi qiyin. O'z navbatida, milliy mafkura milliy madaniyatning ravnaq topishi va ezgu maqsadlar sari intilishiga yordam beradi.

Milliy mafkurasiz madaniyat ravnaq topishi mumkinmi, degan savol tug'iladi. Balki mumkindir. Biroq bunday madaniyat millatni ezgu maqsadlar sari yetaklay olmaydi. Odillik, halollik, imon-e'tiqodlilik, hurfikrlilik, vatanparvarlik, ma'rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik, olijanoblik, mehr-muruwatlilik, saxovatlilik, insonparvarlik kabi ma'naviy omillarsiz milliy mafkura rivoj topa olmaydi. Bu omillarsiz madaniyat, jumladan, ilm-fan, adabiyot, san'at, ta'lim-tarbiya tizimi rivojlansa ham, jamiyat taraqqiyotida ijobiy emas, balki salbiy rol o'ynaydi.

Ezgulikka xizmat qiladigan milliy g'oya, mafkura va milliy madaniyat uyg'unlashgandagina, ular jamiyat ravnaqiga xizmat qiladi. Chunki:

— birinchidan, milliy mafkuraning shakllanishida madaniyat muhim o'rin tutadi. Madaniyatning tarkibiy qismi bo'lmish ilm-fan, ma'rifat, adabiyot, san'at, din, axloq, an'analar mazmunidagi eng yaxshi, xalqchil, ezgu fikr, g'oyalar saralanib, umumlashib, uyg'unlashib milliy mafkuraning shakllanishi va rivojlanishiga poydevor bo'ladi;

—ikkinchidan, madaniyat milliy g'oyani targ'ib qilishda samarali vosita hisoblanadi. Xalq ijodi (maqol, asotir, aforizm, afsona, ertak, doston), an'analar (xalq odatlari, marosimlari va bayramlari) adabiyot (poeziya, proza, publitsistika, pyesa), san'at (musiqa, teatr, raqs, tasviriy va amaliy ijod) kabi madaniyat turlari mazmunida milliy g'oyaning asosini shakllantiruvchi imon-e'tiqodlilik, hurfikrlilik, vatanparvarlik, halollik, ma'rifatparvarlik kabi insoniy fazilatlar targ'ib qilinadi.

To'g'ri, shunday asarlar ham borki, ular oddiy insoniy va milliy g'oyaga qarshi qusurlarni targ'ib qilmoqda. Masalan, chet eldan bizga kirib kelayotgan ba'zi adabiy asar va filmlar zo'ravonlik, urushqoqlik, xudbinlik, shuhratparastlik kabi o'zbek milliy mentalitetiga zid g'oyalarning yoyilishiga sabab bo'lmoqda. «...Yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko'pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizlikni o'rganadi. Natijada ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag'irlik, zo'ravonlik, axloqsizlik kabi illaflar joy olganini o'zi sezmay qoladi» (LKarimov). Bu filmlardan zaharlanib, xudbinlik balosiga giriftor bo'lgan «shaxs»lardan tashkil topgan millat yaxshi ravnaq topa olmaydi.

Milliy g'oya, mafkurani amaliyotda rivojlantirishda madaniyatning har bir turining o'ziga xos o'rni bor.



Ilm-fan milliy g'oya va mafkurani ravnaq topishida katta ahamiyat kasb etadi. Ihn-fanda paydo bo'lgan g'oyalar, konsepsiyalar, ta'limotlar hayotni taraqqiy ettiradi. Shuning uchun biz ilm-fan sohasida jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan fikr, g'oya, ta'limotlar paydo bo'lishi uchun qulay sharoitlar yaratishimiz kerak.

Eski davrda shakllangan bilimlar bilan yangi jamiyat qurib bo'lmaydi. Yangi jamiyatga yangi bilimlar, yangi fanlar zarur. «Buning uchun, birinchi galda, taraqqiyotning har bir yo'nalishi — jamiyatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy munosabatlarning rivoji haqida maxsus darsliklar, qo'llanmalar, ommabop adabiyotlar yaratish zarur» (LKarimov). Ayniqsa, falsafa fani bo'yicha fundamental darsliklar yaratish o'ta zarur bo'lmoqda. Axir, falsafa qadimgi davrdan buyon insoniyatning eng yaxshi g'oya-fikrlarini mujassamlashtirib kelgan fanlarning «ota»si. Buning ustiga, ajdodlarimiz yaratgan falsafiy fikrlar nafaqat vatanimiz, balki jahon sivilizatsiyasiga hissa qo'shgan. Demak, biz, eng avvalo, Vatanimizda paydo bo'lgan, ajdodlarimiz yaratgan falsafiy fikr, g'oyalar asosida (yunon, rim, chin, hind falsafasi qatori) o'z milliy falsafamizni yaratishimiz lozim. Shuningdek, jahon falsafasidagi eng ilg'or g'oyalarni o'zlashtirishimiz zarur. Chunki uni bilmasdan jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallay olmaymiz.



San'at (musiqa, raqs, teatr, tasviriy san'at)da xalqning ongi va qalbini qamrab oluvchi sehrli kuch borligini inkor etib bo'lmaydi. Bu mo'jizaviy imkoniyatdan xalqimiz ongini o'stirish va ruhini tetiklashtirishda samarali foydalanish zarur.

San'at asarlarida tarixiy merosga, milliy qadriyatlarimizga murojaat etila boshlangani quvonchli hol. Biroq hozirgi yaratilayotgan san'at asarlarining saviyasi yetarli darajada emas. Shuni bilish kerakki, buyuk qadriyatlar haqida past saviyada gapirib bo'lmaydi. Masalan, yuksak g'oyalarni ifoda etish uchun o'sha darajadagi ijodkor kerak. Agar Ahmad Farg'oniy haqida spektakl yaratayotgan dramaturg, rejissyor va aktyorning g'oyaviy, falsafiy, ma'naviy va madaniy saviyalari past bo'lsa, mantiq talab qilgan yuqori darajadagi teatr asari yaratilmaydi. Past darajadagi asarlar, aholining madaniy saviyasini yuqoriga ko'tara olmaydi.

Shuni unutmaylikki, nazariy jihatdan bitta qo'shiq yoki bitta badiiy film bilan jahonga tanilish mumkin. Qani endi, «o’zbek kino»da yaratilgan bir kinofilm, jahonning turli kino va teleekranlarida namoyish qilinish darajasiga loyiq bo’lsa! Yoki Vatanimizda yaratilgan ohangrabo qo'shiq jahonning ko'plab joylarida ham yangrashiga erishsak, agar milliy san'atni yuqori darajaga ko'tara olsak, bu asarlar bilan birga bizning fikr, g'oyalarimiz, fazilatlarimiz, bir so'z bilan aytganda, milliy ma'naviyatimiz ham jahonga chiqadi.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish