Qorin bo’shlig’i bo’limlari
Qorin bo’shlig’ida joylashgan organlarning aniq topografik tuzilmasini o’rganish uchun ularni muayyan bo’limlarga bo’lamiz.
Qorin bo’shlig’i, asosan, uchta katta bo’limga bo’linadi:
Qorin bo’shlig’ining old bo’limi – regio mesogasterica old tomondan diafragma muskuli, ikki yondan qovurg’alar bilan, o’ng va chap qovurg’a osti - regio hypochondriaca dextera ef sinistra va to’sh suyagining kuraksimon tog’ayi – regio xiphoidea bilan chegaralanadi.
Qorin bo’shlig’ining o’rta bo’limi - regio mesogasterica o’ng va chap yonbosh - regio iliaca dextera ef sinistra tomonlarda joylashgan, uning yuqori qismida bel bo’limi - regio lumbalis, pastki qismida esa kindik bo’limi - regio umbilicalis bor.
Qorin bo’shlig’ining keyingi bo’limi - regio hypogasterica bir qancha bo’limlarga bo’linadi: o’ng va chap chov bo’limlari - regio inguinalis dextra ef sinistra chov kanaliga yaqin joylashadi. Qov bo’limi - regio pubis qov suyagining ustida bo’lib, unda to’g’ri ichak, qovuq va jinsiy organlarning boshlanish qismi joylashadi. I va II qorin bo’limlarida hazm organlarining ham ko’p qismi joylashgan.
Hazm organlari eng muhim va murakkab tuzilgan sistema bo’lib hayvon organizmining rivojlanishi bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham sodda hayvonlar hazm organlarining tuzilishi ancha oddiy bo’ladi. Hayvonlar rivojlanib borgan sari, hazm organlari ham murakkablashib boradi. Suvda yashovchi umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning hazm organlari nafas olish organlari bilan juda ham bog’liq bo’ladi, chunki ular yonma – yon joylashadi. Nafas olish organlari quruqlikda yashovchi hayvonlarda ovqat hazm qilish organlarining boshlanish joyidan kelib chiqadi. Bu har ikkala organ ko’krak, qorin va tos bo’shliqlarida joylashadi. Ovqat hazm qilish organlarning hajmi katta bo’lib, organizmda murakkab prosess – moddalar almashinuvi uchun xizmat qiladi.
1) Hazm organlari quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:o’z atrofini o’ragan tashqi muhitdan har xil qattiq va yumshoq moddalarni oladi; 2) og’iz bo’shlig’idagi organlar yordamida ovqatni yutishga tayyorlaydi; 3) halqum, qizilo’ngach yordamida ovqatni oshqozonga o’tkazib, har xil shiralar yordamida shimilishga tayyorlaydi; 4) tayyorlangan oziq moddalarni ichak devoriga o’tkazib, oziq qismlarni shimish va qoldiq qismlarini tashqariga chiqarib tashlash vazifalarini bajaradi.
Tos bo’shlig’i qorin bo’shlig’ining kaudal tomonida bo’lib, unda siydik pufagi, to’g’ri ichak va ko’payish jinsiy organlari joylashadi. Bunda ko’krak va qorin bo’shliqlariniki kabi hyech qanday chegara bo’lmaydi. Qorin pardasining davomi tos bo’shlig’ining oldingi bo’limigacha yetib keladi va ikkala bo’shliqda ham joylashgan organlarni (masalan, siydik pufagi, ko’payish organi, ichak) o’rab oladi.
Tirik organizmda doim moddalar almashinuvi prosessi sodir bo’lib turadi, buning natijasida keraksiz moddalar (jumladan, siydik) paydo bo’ladi. Siydik ayirish organlari bu moddalarni ishlash va ularni vaqtincha saqlab turish, keyin tashqariga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Siydik ayirish organlari anatomik tuzilishi jihatidan jinsiy organlar bilan bir xil bo’lsa ham, funksiyasi butunlay farq qiladi.
Ko’payish organlari erkak va urg’ochi hayvonlarning urchish organlariga bo’linib, nasl qoldirish vazifasini bajaradi. Erkak hayvonlarning jinsiy organlari erkak jinsiy hujayralar – sperma ishlab chiqaradi. Spermalar urg’ochi jinsiy hujayralar – tuxum bilan qo’shilib urug’lanishi natijasida embrion, ya’ni yosh organizm paydo bo’ladi. Erkak hayvonlar jinsiy organlariga: juft urug’don, urug’ xaltasi, urug’ yo’li, qo’shimcha jinsiy bezlar va jinsiy a’zo kiradi. Urg’ochi hayvonlar jinsiy organlariga: juft tuhumdon, tuxum yo’li, bachadon, qin, qin dahlizi, uning tashqi lablari va klitor kiradi. Ko’payish organlari boshqa sistemalar bilan, masalan, ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish va nerv sistemalari bilan bevosita bog’liq bo’ladi, chunki butun kerakli moddalarni shu sistemalar orqali oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |