O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet39/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Qoramol va qorako‘l qo‘ylarning elka suyagi kaltaroq, lekin yo‘g‘onroq bo‘ladi. Undagi o‘simtalar, do‘ngliklar ham ancha yaxshi rivojlangan.
CHo‘chqalarning elka suyagi ham kalta, yo‘g‘on, yon do‘ngliklari anchagina rivojlangan bo‘ladi.
Otlarning elka suyagi birmuncha uzun va do‘ngliklari ancha rivojlangan. Suyak boshining o‘rta qismi chetida sinovial chuqurcha - lossa synovilis bo‘ladi.
Bilak va tirsak suyaklari - ossa sntibrachii uzun nay shaklida bo‘lib, bir – biriga qo‘shilgan. Bilak suyagi tirsak suyagining oldingi tomonida joylashadi. Bilak suyagi bilaguzuk suyaklarigacha etib boradi. Tirsak suyagining yuqorigi qismi yaxshi rivojlangan, pastki tomoni esa anchagina bo‘ladi. Bu har ikki suyakning tuzilishi turlicha bo‘lganligi sababli, ularning har biri ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Bilak suyagi – os radius hamma hayvonlarda yaxshi rivojlangan bo‘lib, yuqorigi tomonida bo‘g‘in chuqurchasi bor, u tirsak bo‘g‘imini hosil qilib, elka suyagining pastki qismi bilan harakatchan birikadi. Bilak suyagining boshi - capitulum radii da bo‘g‘im chuqurchasi - fovea capituli radii bor. Bu chuqurchaning o‘rtasida elka suyagining bloklari uchta chuqurcha hosil qiladi. Ularning o‘rta qismidagisi kattaroq, qolganlari esa kichikroq bo‘ladi. Bo‘g‘im
chuqurchalarining oldingi tomonida tojsimon o‘simta bo‘lib, u tirsak bo‘g‘imi - processus coronoideus kuchli bukilgan vaqtda elka suyagining tojsimon chuqurchasiga kirib turadi. Tojsimon o‘simtaning pastroq, ichki yuzasi tomonida ikki boshli elka muskuli birlashishi uchun suyak bo‘rtigi - tuberositas radii bor.
Bilak suyagining tanasi birmuncha bukilgan, ya’ni old qismi chiqqan, orqa tomoni bukilgan bo‘ladi. Pastki qismida bilakuzuk suyaklari bilan birlashish uchun bo‘g‘im yuzalari - facies articularis carpea bor. Bu yuzada ikkita chuqurcha bo‘lib, ularga bilakuzuk suyaklarining boshi kirib turadi. Bilak suyagining yon va ichki yuzasida paylar birlashishi uchun bo‘rtiklar bo‘ladi.
Tirsak suyagi - os ulna hamma hayvonlarda bir xil emas, u bilak suyagiga qaraganda ancha uzun bo‘ladi, chunki uning kuchli rivojlangan tirsak o‘simtasi - olecranon da bo‘rtik – tuber olecrani bo‘lib, unga uch boshli elka muskuli kelib birlashadi. Tirsak suyagining yuqori qismida elka suyagi birlashishi uchun yarim oysimon o‘yiq – incisura semilunaris s.trochlearis bo‘lib, uning ustida ilmoqsimon o‘simta – processus anconeus bor. Tirsak o‘simtasining yon tomon yuzasi anchagina qavargan bo‘ladi.
Qoramollarning bilak suyagi yaxshi rivojlangan, tirsak suyagi bir oz kuchsizroq. Har ikkala suyak o‘rtasida suyaklararo bo‘shliq – spatium interossium bor. Tirsak suyagining pastki qismi ingichkalashgan. Kavsh qaytaruvchi mayda hayvonlarda ham bu suyakning pastki qismi ingichka bo‘ladi.
CHo‘chqalarning har ikkala suyagi ham kalta, lekin yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Katta yoshdagi cho‘chqalarning bu suyaklari bir – biriga qo‘shilib ketadi.
Otlarning bilak suyagi yaxshi rivojlangan, lekin tirsak suyagi anchagina reduksiyalashgan, uning faqat yuqori tomoni yaxshi rivojlangan, suyaklararo bo‘shlig‘i ancha keng bo‘lib, undan qon va nerv tomirlari o‘tadi. Tirsak suyagining pastki qismi yupqa plastinkaga aylangan bo‘ladi.
Bilaguzuk suyaklari – ossa carpi bir qancha mayda suyaklardan hosil bo‘lib, bilak, tirsak va kaft suyaklarining o‘rtasida ikki qator bo‘lib joylashadi. Yuqorigi qatorda to‘rtta suyak bor, ular: a) bilakning bilakuzuk suyagi - os capri radiale bilak suyagining ichki yuzasida; b) oraliq bilaguzuk suyagi - os carpi intermedium bilak va tirsak, bilaguzuk suyaklarining oralig‘ida; v) tirsakning bilaguzuk suyagi - os carpi ulnari tirsak suyagining to‘g‘risida; g) qo‘shimcha bilaguzuk suyagi - os carpi accessorium tirsak bilaguzuk suyagining yon yuzasida joylashadi, bu suyak cho‘ziqroq – yumaloq bo‘ladi.
Pastki qatorda 3 – 4 ta suyakcha bo‘lib, ular I – II – III – IV – V bilaguzuk suyaklari - os carpi primum, secundum, tertium, quartum, guintum deyiladi. Bu suyaklar keyinchalik I – II ga va IV – V ga qo‘shilib ketadi. III bilaguzuk suyagi boshqalariga qaraganda kattaroq va so‘yri shaklda, I – II suyakchalar esa yuqori qatordagiga o‘xshash bo‘ladi. Bilaguzuk suyaklarining ustki yuzasi bir oz tekis, orqasi g‘adir – budur bo‘ladi. YUqorigi qatorning ustki yuzasida bilak, tirsak suyaklari birlashishi uchun chuqurroq bo‘g‘im maydonchasi bor. Pastki qator kaft suyaklarini bo‘g‘im maydonchalari bilan birlashtiradi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish