O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet183/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   188
Bog'liq
morfologiya

Son suyagi – os femoris - eng uzun naysimon suyak bo’lib, tos suyagi bilan birlashgan. Uning quyidagi anatomik qismlari farqlanadi: yuqorigi tomonida boshi – caput femoris; bo’yni – collum femoris; boshning ichki yuzasida chuqurchasi – fovea capitis; suyak boshining yon va o’rta yuzalarida muskullar birlashishi uchun to’rtta do’mboq bor: Katta do’mboq – trochanter major; katta do’mboq asosini ostida do’mboq chuqurchasi – fossa trochanterica mavjud; kichik do’mboq – trochanter minor suyak boshidan pastda joylashadi; uchinchi do’mboq – trochanter tertius katta do’mboqdan pastda bo’ladi; o’rtancha do’mboq – trochanter medius katta do’mboqning tashqi qismi pastrog’ida bo’ladi. Suyakning distal uchida lateral blok – condylus lateralis va medial blok – condylus medialis, bloklararo chuqurcha – fossa intercondyloidea; yuqorigi tomonga bo’g’im bloqi – trochlea articularis chiqadi; bo’g’im bloki ustida tizza qopqog’i chuqurchasi – fossa patellaris mavjud.
Tizza qopqog’i – patella - bo’g’im yuzasi bilan son suyagiga birikadi.
Boldir suyaklari – ossa cruris - katta va kichik boldirlardan iborat.
Katta boldir suyagi – tibia - uzun, naysimon bo’lib, proksimal uchida ikkita o’siq; lateral – condylus lateralis, medial – condylus medialis; ular orqasida tizza osti ariqchasi – incisurapoplitea; o’qislar oldida g’adir – budir do’nglik – tuberositas tibia va taroq – crista tibia bor. Lateral o’qisqa kichik boldir o’simtasi – processus fibularis chiqadi; suyak tanasi – corpus tibia ning lateral, medial va plantar yuzalari mavjud. Suyakning distal uchida bloki – trochlea, lateral – malleolus lateralis va medial – malleolus medialis to’piqlar bor.
Kichik boldir suyagi – fibula - rudimentlashib bormoqda, uning yuqorigi uchida boshchasi – caput fibulae, katta boldir bilan uning o’rtasida suyaklararo bo’shliq – spatium interossium bor.
Tovon suyaklari – ossa tarsi - uch qator joylashgan mayda suyakchalardan iborat: birinchi qatorda – ikkita – yon tomonda tovon suyagi – os tarsi tibialis, o’rtada oshiq suyagi – talus; ikkinchi qatorda – bitta markaziy suyakcha - os tarsi centrale bo’ladi; uchinchi qatorda uchta, ba'zan to’rtta – 1 – 2 tovon suyaklari - os tarsi primum et secundum bir – biriga qo’shilgan, 3 tovon suyagi - os tarsi tertium, 4 – 5 tovon suyaklari – os tarsi guartum et guintum bir – biriga qo’shilgan. Uchta tovon suyaklari o’rtasida tovon kanali – canalis tarsi mavjud.
Oyoq – kaft suyaklari – ossa metatarsi - oldingi oyoqdagi kaft suyagiga o’xshash, ulardan uzunroq va silindr shaklida bo’ladi. Otlarda 3-nchi kaft suyagi, panjali hayvonlarda 1-nchi va 5-nchi kaft suyaklari yaxshi rivojlangan, 2-nchi va 4-nchilari rudimentlashayotgan suyaklar hisoblanadi.
Uchinchi kaft suyagi – ossa metatarsi tertium uzun, silindr shaklida bo’lib, oldingi yuzasida g’adir – budir joy – tuberossitas metatarsi mavjud.
Barmoq suyaklari – ossa digitorium oldingi oyoqning barmoq suyaklari singari tuzilishga ega.
Ikkiga: uzluksiz birikuvchi va harakatchan birikuvchi bo’g’imlarga bo’lish mumkin. Uzluksiz birikuvchi bo’g’imning suyaklari orasidagi biriktiruvchi to’qimalar yaxlit, uzluksiz birikmalar – synarthrosis ni hosil qiladi, ular kam harakat, ular kam harakat, qo’zg’almaydigan darajada bo’ladi. Harakatchan birikuvchi bo’g’imlar - diarthrosis da bo’g’im suyaklarining uchini tutashtiruvchi bo’shliqbo’ladi. Shuning uchun bo’g’im hosil qiluvchi suyaklarining uchlari bir-biriga yaqin tegib turmaydi. Harakatchan bo’g’imlar uzluksiz birikuvchilardan kelib chiqqan.
Bo’g’imlar
Bo’g’im - articulatio s.diarthrosis tana suyaklarining ko’pchilik qismida uchrab harakatchanligiva harakatning yengil o’tishini ta’minlashi bilan farq qiladi. Har qaysi suyakning bo’g’imga kiradigan uchlari gealin tog’ay bilan qoplangan bo’ladi. U bo’g’im tog’ayi - cartilago articularis deyiladi. Bu tog’ay suyaklarining bir – biriga tegib ishqalanishini kamaytiradi.
Bo’g’imlarning butun ustki tomonini biriktiruvchi to’qimadan hosil bo’lgan parda shaklidagi kapsula urab oladi. Bo’g’im kapsulasining ichidan sinovial suyuqlik bo’lib u harakat vaqtida ishqalanishni kamaytiradi va doimo suyaklarni namlab turadi. Bo’g’im kapsulasi ikkta pardadan: tashqi fibroz va ichki – sinovial pardadan iborat bo’ladi.
Kapsulaning fibroz qavati - stratum fibrosum uyak pardasining davomi bo’lib, bir suyakdan ikkinchisiga o’tadi.
Sinovial qavat - stratum synoviale siyrak biriktiruvchi to’qimalardan to’zilgan, unda qon va nerv tomirlari jukda ko’p bo’ladi. Bu qavat suyakga qo’shiladi, tashqi yuzasida bo’shliq bo’ladi. Burtib chiqishi natijasida ba’zi bo’g’imlarda sinovial (burza) halqachalar hosil bo’ladi. Ular suyakga yaqin paylar va muskullarning ostidan joylashib ishqalanishni kamaytiradi.
Bo’g’imlarning xillari
Qishloq xo’jaligi hayvonlarining bo’g’imlari nihoyatda xilma – xil bo’lib, bu ularning harakati bilan bog’liqdir. Shu sababli bo’g’imlar bir qancha xillarga bo’linib o’rganiladi.
Harakat o’qi bitta bo’lgan, yana g’altaksimon bo’g’imlar - bu xildagi bo’g’im hosil qiladigan suyaklarning birida silindirsimon bosh, ikkinchisida mos keladigan cho’qurcha bo’ladi. Harakat o’qi bo’g’im boshchasidan suyak bo’ylab uning markazidan o’tadi. Bunda bukilish va yozilish harakatlari sodir bo’ladi. Bunday bo’g’imlar yon tomonlarga qarab harakatlanmaydi, chunki yon tomonlarida bukilishga halaqit beruvchi qirra bor. Hayvonlarning tirsak va armoq bo’g’imlari ana shunday bo’g’imlarga kiradi.
Ko’p o’qli bo’g’imlarning harakat o’qi juda ko’p bo’lib, har xil harakatni vujudga keltiradi. Bunday bo’g’imni hosil qiluvchi suyaklarning birida sharsimon boshcha, ikkinchisida esa shu boshchaga mos keladigan chuqurcha bo’ladi. Masalan kurak, yelka, tos va son suyaklarining bo’g’imlari ana shunday bo’g’imlardir. Bunday bo’g’imlar sharsimon bo’g’imlar - articulatio sphaeraidea deyiladi.
Kam harakat sirg’anchoq bo’g’imlar - articulatio amphiartiosis ni hosil qiluvchi suyaklarning bo’g’im yuzalari tekis, harakati kam bo’ladi. Bular, asosan, buferlik vazifasini bajaradi. Bunday bo’g’imga kaft, bilaguzuk va tovon suyaklarining bo’g’imlari kiradi.
Bo’g’imlar, o’z navbatida, oddiy va murakkab bo’g’imlarga bo’linadi. Ikkita suyakdan tuzilgan bo’g’imlar oddiy bo’g’im - articulatio simplex, tog’ay plastinkalar yoki bir qancha suyakdan tuzilgan bo’g’imlar, masalan, bilaguzuk, tovon bo’g’imlari murakkab bo’g’im - articulatio compositia deyiladi.
Uyg’unlashgan bo’g’imlarda harakat bir necha bo’g’imda bir vaqtda vujudga keladi.
Qishloq xo’jaligi hayvonlarining ensa – atlant bo’g’imi, odamlarning tirsak bo’g’imi uyg’unlashgan bo’g’imdir. Bular burilish xususiyatiga ham ega bo’ladi.
Bo’g’imlardagi harakatning turlari
Oldingi va keyingi oyoq suyaklarining bo’g’imlari quyidagi harakatlarni: bukish, yozish, uzatish, yig’ish, burish va aylantirish harakatlarini bajaradi.
Bukish ­– flexio holatida bo’g’im hosil qiluvchi suyaklar bir – biriga yaqin kelib, burchak hosil qiladi. Yozish - extensio holatida bukishning teskarisi bo’lib, hosil bo’lgan burchak yoziladi va suyaklar bir – biridan uzoqlashadi. Bunday harakat bir o’qli va ko’p o’qli bo’g’imlarda sodir bo’ladi. Yig’ish (adduksiya) adductio holatida oyoq suyaklari bir – biriga yaqin bo’ladi, uzatish (abduksiya) - adductio vaqtida esa oyoqlar bir – biridan uzoqlashadi. Bunday harakat ko’p o’qli bo’g’imlarda, masalan, yelka bo’g’imi va hokazolarda paydo bo’ladi. Burish - rotario holatida harakat o’q atrofida bo’ylamasiga vujudga keladi. Agar bo’g’im yonga burilsa, tashqi tomonga aylanish - supinatio, ichga burilsa, ichki tomonga aylanish - pronatio deyiladi.
Aylantirish – circumductio holatida bo’g’imlar har xil harakat hosil qilishi va aylanishi mumkin. Bunday harakat odamlarda ayniqsa yaqqol namoyon bo’ladi, hayvonlarning esa tos – son bo’g’imida vujudga kelishi mumkin.



Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish