Topshiriq va savollar: Ingichka bo’lim ichaklariga qaysi ichaklar kiradi.
Ichak devoridan tashqi bezlar qaysilar.
Ingichka bo’lim ichaklarini turli hayvonlardagi uzunligi.
Ingichka bo’lim ichaklarini qishloq xo’jalik hayvonlaridagi farqi.
Ichaklarni topografiyasi.
Yo’g’on bo’lim ichaklariga qaysi ichaklar kiradi
Ko’r ichakni hayvonlardagi tuzilishi va tafovuti.
Chambar ichakni hayvonlardagi tuzilishi va tafovuti.
To’g’ri ichakni hayvonlardagi tuzilishi va tafovuti
10-MAVZU: BEZLARINING GISTOPREPARATLARINI O’RGANISH. Darsning maqsadi: Ichki sekretsiya bezlari haqida tushuncha berish va topografiyasini talabalarga o’rgatish.
Ko’rgazmali qurollar: rasm, mulyaj, slayd, ho’l va quruq preparatlar.
Darsning mazmuni: Endokrin tizim organizmni boshqarish tizimining muhim qismi hisoblanib, bevosita nerv tizimi bilan bog‘liqlikda ishlaydi. Nerv tizimi organizmdagi fiziologik jarayonlarni boshqarilishida tez ta’sir ko‘rsatsa, endokrin tizim sekin, ammo birmuncha davomli ta’sir etadi. Endokrin bezlar tomonidan gormonlar ishlab chiqariladi va u qon bilan birga aniq organlarga etkazib beriladi.
Bezlar tomonidan gormonlarni ishlab chiqarilishi qaysidir maxsus stimulga javoban amalga oshiriladi. Stimullar sifatida quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- nerv impulslari –masalan, buyrak usti bezining mag‘iz moddasidan ishlab chiqariladigan adrenalin simpatik nerv tizimining impulsiga javob reaksiyasi sifatida ajraladi;
- qarshi ta’sir zanjiri – gormon ta’siri to‘liq samara berganidan so‘ng, uni ishlab chiqarilishini to‘xtatish yoki kamaytirish. Masalan, tuxumdon follikulalaridan ishlab chiqariladigan estrogen gormoni gipofiz bezining oldingi bo‘lagidan ishlab chiqariladigan follikulostimullovchi gormon follikulalarning keyingi rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Hamma gormonlar faqatgina endokrin bezlar tomonidan ishlab chiqarilmasdan, ayrimlari boshqa organlarning to‘qimalarida ham ishlab chiqarilishi mumkin. Masalan, gastrin gormoni oshqozon devoridan ishlab chiqariladi. Oshqozonning kardial sfinkteri orqali oziqa tushishibilan gastrin gormoni oshqozon bezlari tomonidan oshqozon shirasi ishlab chiqarilishinita’minlaydi va hazmlanish jarayoni boshlanadi.
- sekretin – ingichka ichaklar devoridan ishlab chiqariladi.Oziqa massasi oshqozondan o‘n ikki barmoq ichakkatushganidan keyin sekretin gormoni ichak va oshqozon osti bezi sekretsiyalarini ishlab chiqarilishini stimullaydi;
- xorion gonadotropini –homiladorlik vaqtida embrionni o‘rab turuvchi xorionning ektoderma qavatidan ishlab chiqariladi. Bu gormon butun homiladorlik davrida tuxumdondagi sariq tanani saqlanib turishiga yordam beradi;
- eritropoetin va eritropoez – qonda kislorod miqdorining pastligiga javoban buyrakdan ishlab chiqariladi. Ushbu gormon qizil ilikdan eritrotsitlar yoki qizil qon hujayralarini ishlab chiqarilishini stimullaydi.