O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet166/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Mikroskopni ishlatish tartibi:
1. Tekshiriladigan preparat buyum stoliga o’rnatiladi, ustiga bir tomchi immersion moy tomiziladi va obyektiv 90 ga keltirilib preparatga qaratiladi. Makrovint bilan uning frontal linzasini moyga cho’ktiriladi.
2. Okulyardan kuzatilib makrovint juda sekinlik bilan bakteriyalar ko’ringuncha ko’tariladi va makrovint 900 ga (aylanishning 1 – 4 qismiga) oldiga yoki orqaga buralib preparatni yaxshi ko’rinishini taminlaydi.
3. Chap qo’l bilan mikrovintni yaxshi tutib preparatni yaxshi ko’rinishini taminlaydi. O’ng qo’l bilan preparat har tomonga siljitib o’rganiladi va natijasi daftarga ko’chiriladi.
Mikroskopni ishchi holatdan chiqarish
1. Tubus makrovint bilan ko’tarilib preparat olinadi.
2. Dokali salfetka bilan obyektivning frontal linzasidagi moy qoldig’i artiladi va yoritish sistemasidan cheklantiriladi.
3. Yoritish sistemasi buyum stolidan pastga tushuriladi.
4. Oynacha yoritish sistemasiga nisbatan tuntariladi.
5. Okulyar dokali salfetka bilan qoplanadi yoki mikroskop maxsus futlyarga o’rnatiladi.
Nazorat savollari.
2. Laboratoriyada ish vaqtida asosiy texnika xavfsizligi qoidalari.
3. Biologik mikroskopning tuzilishi.


2- MASHG`ULOT: HUJAYRANING UMUMIY TUZILISHI VA O`LCHAM VA SHAKLLARI

Hujayralar tirik materiyaning yashash shakllaridan biri bo`lib, ularning tuzilishi, taraqqiyoti va hayot faoliyatini o`rganadigan fan sitologiyadir. Sitolog V.YA.Aleksandrov hujayrani “O`zaro chambarchas bog`langan ikki muhim qism - sitoplazma va o`zakdan iborat elementar, bir butun tirik sistema” deb ta`riflaydi.


Hujayra- (yunoncha-kytos, lotincha-cellula) hayvon va o`simliklar organizmlari tuzilishi, taraqqiyoti va hayot faoliyatining asosi hisoblanadi. Murakkab, ko`p hujayrali organizmlar jinsiy hujayralarning qo`shilishi - otalanish natijasida hosil bo`ladigan yagona hujayradan taraqqiy qiladi. Organizmdagi milliardlarcha hujayralar va ularning mahsuli bo`lgan hujayralararo moddalardan iborat to`qimalar, ana shu yagona hujayra - zigotaning ko`payishi va taraqqiyoti natijasida hosil bo`ladi.
Hayvon organizmi to`qimalarining hujayralari xilma-xil shaklga ega bo`lib, bu shakl hujayralar bajaradigan vazifalar bilan bog`liq (m., nevrotsitlarning uzun o`simtalarga ega ekanligi, qon hujayralarining yumaloq, sharsimon shaklda bo`lishi va boshqalar). Shuningdek, hujayralarning kattaligi ham turlichadir. Eng kichik hujayralar - kichik limfotsit, ba`zi hayvonlar eritrotsiti 4-4,5 mkm kattalikda bo`lsa, miyaning yirik nevrotsitlari 120 mkm, sut emizuvchilarning tuxumi 200 mkm keladi. Qushlar tuxum hujayrasi (tuxum sarig`i)ning diametri hatto bir necha sm ga etadi. Hujayra hajmining doimiylik qonuniga ko`ra, turli hayvonlarning bir tipdagi hujayralari (m: jigar hujayralari)ning hajmi teng bo`ladi. Organlarning turli hayvonlarda har xil kattalikda bo`lishi hujayralar hajmiga emas, balki ular sonining turlicha bo`lishiga bog`liq.
Hujayralar uch tarkibiy qism: sitoplazma, o`zak va plazmolemmadan tashkil topadi. Sitoplazma va uning organellalari hujayra hayot faolitini, shuningdek ko`p hujayrali organizmlarda hujayraning o`ziga xos (spetsifik) vazifasini ta`minlovchi asosiy metabolizm apparatidir. O`zak esa genetik axborot (informatsiya)ni hosil qiluvchi va saqlovchi, bu axborotni hujayraning bo`linishi natijasida hujayra avlodlari qatorida o`tkazilishini ta`minlovchi tuzilmadir. Plazmolemma hujayraning tashqi muhit bilan o`zaro fiziko-kimyoviy ta`sirini, shuningdek ko`p hujayralilarda organizm hujayralarining o`zaro aloqasini ta`minlaydi.
Sitoplazma. Sitoplazma hujayra atrofi muhitidan plazmolemma bilan chegaralangan bo`lib, gialoplazma va unda joylashuvchi doimiy komponentlar - organellalar va turli xil doimiy bo`lmagan strukturalardan iborat.
Gialoplazma yoki asosiy plazma hujayraning ichki muhiti hisoblanuvchi juda muhim qismidir. Elektron mikroskopning ko`rsatishicha, u elektron zichligi past bo`lgan gomogen yoki nozik donador moddadir. Unda murakkab kolloid holatda oqsillar, nuklein kislotalar, polisaxaridlar va boshqa birikmalar mavjud. Gialoplazmada ribosomalar va poliribosoma (polisoma)lar ishtirokida hujayraning o`z ehtiyojlari uchun kerakli oqsillar sintezlanadi.
Hujayraning membranalari lipoproteid tabiatli yupqa plast (qavat) bo`lib, oqsillar (60%), lipidlar (40%), ayrim membrana karbonsuvlaridan (5-10%) tuzilgan. Lipidlar qalinligi 5-7 nm keladigan ikki qavat (bilipid) membranalar hosil qila oladi. Ularning bu qobiliyati molekulalarining funksional jihatdan har xil bo`lgan ikki qism: gidrofob va gidrofil qutblari borligi bilan bog`liq. Oqsil molekulalari ham ikki qism, zaryadga ega (qutblangan) aminokislotalarga boy va zaryadsiz (qutblanmagan) aminokislotalardan iborat qismlarga ega. Bunday oqsillarning qutblanmagan qismlari membrananing gidrofob qismlariga botib kirib turadi. Qutblangan qismlari esa membranadagi lipidlarning gidrofil qismlari bilan aloqada bo`lib, hujayradagi suvli muhit tomonga yo`nalgan bo`ladi. Shuningdek, bilipid qavat bilan qisman aloqada bo`lgan va aloqada bo`lmagan oqsillar ham mavjud. Biologik-funksional ahamiyatiga ko`ra ferment, transport (tashuvchi), retseptor va struktur oqsillar farq qilinadi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish