O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet157/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   188
Bog'liq
morfologiya

13.Amaliy mashg`ulot.
MAVZU: PARRANDALAR ANATOMIYASI.


Darsning maqsadi: uy parrandalari anatomik tuzilishi, parrandalarning skeleti, muskullari, teri qoplamasi, ovqat hazm qilish organlari, nafas olish, siydik ayirish, ko’payish, yurak-qon tomirlari, nerv tizimi va sezgi organlarining boshqa hayvonlardan farqini o’rganish.
Kurgazmali qurollar: parranda, rasmlar, mulyaj, parranda ho’l ichki organlarining preparati.
Darsning mazmuni: parrandalarni anatomik tuzilishidagi farqini o’rganish uchun uy hayvonlari bilan taqqoslab o’rganiladi. Suyaklari pnevmatik, terisida bezlar yuq, oyoqlari uchishga moslashgan, muskullari qanotlarida va ko’krak qismida yaxshi rivojlangan bo’ladi. Nafas yo’llarida qo’shimcha havo xaltachalari bo’ladi, og’izda tishi yo’q, yo’g’on ichaklari kalta, siydik pufagi yo’q, chap tuxumdoni va tuxum yo’li rivojlangan bo’ladi.
S k i l e t. Parrandalarning skeleti bosh, tana va oyoq suyaklariga bo’linadi. Ulardan bosh va umurtqa pog’onasi suyaklarida katta farq bo’ladi, skeletining ko’p qismining ichi havo bilan to’lgan bo’lib, uchishga moslashgan.
O’q skeleti. O’q suyaklari – parrandalarda ham bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum bo’limlaridan iborat. Bo’yin umurtqalari tovuqlarda 13 – 14, urdaklarda 14 – 15, g’ozlarda 17 – 18, strauslarda 18 – 20, oq qushlarda 23 – 25 ta bo’ladi.
Ko’krak bo’limi tovuqlarda 7 ta, urdaklarda 9 ta umurtqadan iborat bo’lib, 1- va 2-umurtqa oralig’i egarsimon bo’gimli, 6-ko’krak umurtqasi va 5-, 7-umurtqalar bilan harakatchan birikkan. 7-ko’krak umurtqasi 1-bel umurtqasi bilan birikib ketgan.
To’sh suyagi – sternum, plastinkasimon bo’lib, yaxshi rivojlangan. To’sh suyagi ko’krak qafasining pastki qismida joylashib, ichki yuzasi qayrilgan, tashqi yuzasi qavariq bo’ladi.
Ko’krak qafasi parrandalarda konussimon bo’lib, orqa tomonga kengaygan.
Bel – dumg’aza bo’limi bir – biriga chambarchas birikkan, soni 2 – 14 tagacha, umurtqalar birlashib bel – dumg’aza suyagi – os.lumbosacrale ni hosil qiladi
Dum umurtqalari – tovuqlarda 5 ta, urdak va g’ozlarda 7 ta, harakatchan birikib lemex shaklida yuqoriga ko’tarilgan bo’ladi.
Bosh suyagi - parrandalarda kichik va engil miya suyaklari bir – biriga sezilarsiz qo’shilib ketgan, urdak va g’ozlar jujasining ensa oblastida ikkita miya bo’laklari aniq ko’rinib turadi. Miya bo’lim suyaklariga: ensa, ponasimon, tepa, chakka, peshona, ko’z yoshi, panjarasimon suyaklar kiradi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish