MAGNIT OQIMINING TOKLI O‘TKAZGICHGA TA'SIRI
Barcha elektr dvigatellarda magnit maydonga joylashtirilgan tokli o‘tkazgichlarga ta'sir etuvchi mexanik kuchlardan foydalaniladi.
Tokli to‘g’ri chiziq o‘tkazgich i ga magnit maydonida mexanik kuch f ta'sir etadi, bu kuch o‘tskazgichni induktsiya B vektori yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan tekislikda siljitishga harakat qiladi.
Bu kuchning yo‘nalishini aniqlash uchun chap qo‘l qoidasidan foydalaniladi (37-rasm): chap qo‘l kafti magnit chiziqlari unga kiradigan qilib (ya'ni B yo‘nali-shiga tik) tutiladi; to‘rtta barmoq o‘tkazgich bo‘ylab tok yo‘nalishi bo‘yicha cho‘ziladi; shunda ochilib turgan bosh barmoq o‘tkazgichga ta'sir etuvchi mexanik kuchning yo‘nalishini ko‘rsatadi. Bu kuch elektromagnit kuch deyiladi, chunki u tok bilan magnit maydonning o‘zaro ta'sirlashish natijasidir.
Tekis maydonda elektromagnit kuch magnit induktsiyasi B ning tok i ga ko‘paytmasiga, shuningdek, o‘tkazgichning aktiv uzunligiga (ya'ni o‘tkazgichning magnit maydonidagi qismining uzunligiga) proportsioinal. Ko‘p mashina sva apparatlarda o‘tkazgichlar vektor B ning yo‘nalishiga deyarli perpendikulyar joylashadi, bu holda kuch
(29)
Agar o‘tkazgich vektor B ning yo‘nalishi bilan burchak hosil qilsa, u holda
.
Agar magnit induktsiyasi 1 Tl, tok 1 A, aktiv uzunlik 1 m va burchak ga =900 teng bo‘lsa, u holda o‘tkazgichga bir nyutonga (H) teng elektromagnit kuch tasir etadi.
O‘tkazgich shu kuch ta'sirida siljiganida tegishlicha ish bajariladi, bu ish kuchning yo‘l x ga ko‘paytmasiga teng: A=fx ; agar kuch f=BIL bo‘lsa, u holda A=IBLx, lx=S —o‘tkazgich kesib o‘tgan yuza bo‘lgani uchun BS=F — o‘tkazgich siljiganida kesib o‘tgan magnit oqimi. Demak, o‘tkazgich siljiganida elektron magint kuch bajargan ish
ya'ni tokning o‘tkazgich siljiganida kesib o‘tgan magnit oqimiga ko‘paytmasiga teng. SI da bu ish joulda ifodalanadi. Ayrim zaryadlar harakatida ham magnit maydonning tasiri bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan tok i da uni zaryad q orqali ifodalash, mumkin, ya'ni I=q/t; yo‘lning shu yo‘l o‘tilgan vaqtga nisbati harakatlanish tezligini =l/t ifodalangani sababli, zaryad q ga ta'sir etuvchi elektromagnit kuch (Lorents kuchi) quyidagicha bo‘ladi:
f=Bq sin (30)
2.12-. rasm. Chap qo‘l qoidasi
Kuchning yo‘nalishini aniqlash uchun chap qo‘l qoidasini tatbiq etish mumkin, bunda oldinga cho‘zilgan barmoqlar musbat zaryadning harakat yo‘nalishi tomon yo‘nalgan bo‘lishi kerak.
Elektromagnit kuch qonunidan foydalanib, ikki simli liniya simlarining o‘zaro ta’sir kuchini osongina hisoblab topish mumkin, bunda simlarning o‘qlari orasidagi masofa a ga teng. (38-rasm). Sim i dagi tokning magnit maydon kuch-langanligi a masofada (24) formulaga muvofiq quyidagicha bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |