SHAKAR ISHLAB CHIQARISH SANOATI.
SHakar ishlab chiqarish sanoatida shakar lavlagisidan chiqindilar hosil bo‘ladi: jom (shakarsizlantirilgan lavlagi qipiqlar) – 80%, melassa – 4-4,5% ga yaqin va filtrlangan cho‘kma. Jomning quruq moddalari pektin, kletchatka, oqsil, zol va shakardan iborat bo‘ladi. Bu chiqindilar suyiladigan hayvonlarning ozuqasiga qo‘shimcha sifatida qo‘shib beriladi, hamda lavlagi ozuqa pektinini olishda xom ashyo sifatida qo‘llaniladi. Pektin o‘z navbatida qandolat, non yopish va konservalash sanoatida qo‘llaniladi. Melassa cho‘ziluvchan, qora-jigarrang rangli, o‘tkir xidli suyuqlikdir. Spirt, non achitqilarini, sut va limon kislotasini, glitserin olishda, hamda mollar uchun kombinatsiyalangan turli ozuqalarni tayyorlashda qo‘llaniladi. Filtratsion cho‘kma nordon torfli tuproqlarga o‘g‘itlar sifatida qo‘llaniladi.
PIVO ISHLAB CHIQARISH SANOATI
Pivo olish sanoatining chiqindilari: pivo qulmoq (solod) sochmalari − pivo atalasining so‘nggi qoldiqlari, qulmoq o‘simtalari − yangi unib chiqqan solodning po‘stlog‘i, pivo achitqilari.
Pivo qulmoq (undirib yanchilgan bug‘doy) sochmalari mikrobiologik ishlab chiqarish sanoatida ozuqa muhit komponentlari sifatida qo‘llaniladi.
Undirib yanchilgan bug‘doy o‘simtalari vitaminlarga, aminokislotalarga, qandlarga juda boy. Ularning suvli ekstraktlari ferment va antibiotiklarning biosintezini rag‘batlantiruvchilari sifatida qo‘laniladi.
Pivo achitqilari davolovchi va oziqlantiruvchi preparatlari sifatida, hamda oqsil preparatlarini va vitamina V2 olishada hom ashyo sifatida qo‘llaniladi.
Konservalash sanoati. Meva va sabzavotlarni qayta ishlash texnologiyasida hosil bo‘ladigan chiqindilarni shartli ravishda quyidagi guruxlarga bo‘lish mumkin:
1.Pishmagan, mexanik zararlangan, o‘lchami bo‘yicha nostandart, mikrobiologik zararsizlanishsiz bo‘lgan meva va sabzavotlar.
2. Qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan po‘choqlar, kunjaralari, mezgalar (kraxmal ishlab chiqarish chiqindilari yoki uzum mevalarining ezilgan aralashmasi).
3.Urug‘lar, danaklar, meva poyalari;
4. Suyuq chiqindilar (maydalash, ezish, blanshirovkadan so‘ng va qaynatishdan so‘ng hosil bo‘ladigan suyuqliklar);
5. Inson organizmi uchun zararli va xavfli moddalarning (oziqlanish uchun yaroqsiz bo‘lgan) normadan ortiq miqdorini saqlagan maxsulotlar, meva va sabzavotlar va ularning qayta ishlash maxsulotlari;
6.Mikroorganizmlar bilan zararlangan (oziqlanish uchun yaroqsiz bo‘lgan) mevalar, sabzavotlar va ularning qayta ishlash maxsulotlari.
YAroqsiz deb topilgan (nostandart) sabzavotlar tuzlash uchun, mevalar esa – pyure va povidla olish uchun ishlatilishi mumkin. Sabzi chiqindilaridan vitamin konsentratlari, karotin, lavlagi chiqindilaridan – kisel va alkogolsiz ichimliklar tayyorlashda qo‘llaniladigan oziqa bo‘yoqlari olinadi. Olma koldiqlaridan pektin olishda foydalaniladi. Olmalarni qayta ishlash jarayonida sharbatni qayta ishlash sanoati chiqindilaridan etil spirti va olma kukuni olinadi.
Texnologik progressning ekologik muammolari va ularni xal qilishni texnologik usullari.
NTP ning yutuqlari, bir tomondan aholini o‘sib borayotgan extiyojlarini qondirsa, ikkinchi tomondan esa – biosferada kechayotgan jarayonlarga ta’sir etib uning turg‘unligiga ta’sir etmoqda.
Butun dunyoda tashqi muhitga xo‘jalik faoliyatining zararli ta’sirini oldini olish va ilmiy-texnik asoslarini yaratishga qaratilgan jadal tadqiqotlar va ishlab chiqarish texnologiyalarini mukammallashtirishga qaratilgan kompleks tadbirlar olib borilmoqda.
Ishlab chiqarishni ekologiyalashtirish – bu tabiiy resurslarni qo‘llanishini samaradorligini oshirishga qaratilgan jarayon bo‘lib, bunda jarayon tabiiy muhitni sifatini yaxshilash yoki saqlab qolishga qaratilgan bo‘ladi.
Texnologiyalarni ekologiyalashtirish deganda − ishlab chiqarish jarayonida, maksimal miqdorda yuqori sifatli mahsulot olinganda ekologik va tabiatdagi moddalarni va energiyani almashinuvidagi muvozanatini saqab qoladigan va atrof muhitni ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaydigan texnologiyalar joriy etilishi tushuniladi.
Ekologiyalashtirish asosida:
kam chiqindili;
energo- va resurslarni saqlovchi texnologiyalar;
ishlatilgan havoni va suvni tozalovchi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish yotadi.
Zamonaviy ishlab chiqarish sanoati jarayoni ochiq texnologik tizimni tashkil etib, bu jarayonga uzluksiz ravishda tabiiy resurslar kelib tushadi (ruda, neft, suv, havo va h.k.), natijada esa ikki chiquvchi oqim hosil bo‘ladi: tayyor mahsulot va chiqindilar (chang, aerozollar, parlar, oqava suvlar, shlaklar va h.k.) oqimi.
CHiqindi va ifloslanishlarni izolyasiyalash inson faoliyat yuritadigan soxalardan uzoqlashgan joylarda ko‘mish orqali amalga oshiriladi: tashlandiq shaxtalarda, quvurlarda, Jaxon okeani tubida va h.k.
Tabiatda xich nimani yashirib bo‘lmaydi. Vaqti kelib ko‘milgan chiqindilar moddalarning tabiiy almashinuviga qo‘shilishi mumkin, faqat buning natijasi qanday salbiy oqibatlarga olib kelishini aytish qiyin.
SHuning uchun bu usulni sodda va qo‘llanishi oson bo‘lishiga qaramay, uni qo‘llanishini keskin chegaralash kerak, keyinalik esa umuman to‘xtatish zarur bo‘ladi.
Zararli chiqindilarni nisbatan zararsiz yoki umuman zararsiz chiqindilarga aylanishi tabiiy xolatda amalga oshishi ham mumkin.
Bunday yo‘l, atrof muhitni ifloslantiruvchi zararli chiqindilarni zararsizlantirishga imkon beradi, biroq uni amalga oshirish katta mablag‘ va tabiiy resurslarni yo‘qotish bilan amalga oshiriladi (faqatgina xom ashyo emas, balki energetik resurslarni ham yo‘qotish kuzatiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |