Kallusning olinishi va uni o‘stirish Kallus to‘qimalari in vitro sharoitlarida uzoq vaqt davomida kultivatsiyalashda asosiy ob’ektlardan biri hisoblanadi.
O‘simlik uchun kallus to‘qimasi ayrim holarda yuzaga keladigan to‘qima hisoblanadi (asosan zararlanishda) va uzoq bo‘lmagan vaqt davomida faoliyat ko‘rsatadi. Bu to‘qima zararlanish sohasini himoyalab, anatomik strukturalar va zararlangan a’zolarini regeneratsiyasi uchun ozuqa moddalari to‘playdi.
Kallus in vitro sharoitida (eksplantlarda) ajratilgan to‘qima bo‘laklarida ham hosil bo‘lishi mumkin. Kallus to‘qimasini hosil bo‘lishi va o‘sishi auksin va sitokinlar bilan boshqariladi. Bu gormonlar zararlanishga nisbatan kallus hosil qilmaydigan o‘simliklarda kallus hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi.
Kallus to‘qimasini in vitro sharoitida deyarli barcha tirik o‘simlik to‘qimalaridan ajratib olish mumkin (ildiz, gul, barg, kurtak, poya, nishonlar).
Eksplant tadqiqot maqsadiga ko‘ra tanlanadi va u biologik mos holatda bo‘lishi kerak bo‘ladi.
YOsh to‘qimalar etilgan to‘qimalarga ko‘ra nisbatan qo‘llash uchun yaroqliroq hisoblanadi.
Birlamchi kallusni olish va uni keyingi kultivatsiyalash jarayoni sterillikni talab etadi. Bunda ma’lum usullardan foydalaniladi yoki konkret ob’ekt uchun eksperimental tarzda ishlab chiqiladi. Kallusni hosil bo‘lishi eksplant kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Har bir o‘simlik turi uchun eksplatning kritik kattaligi bo‘ladi bu shunday kichik hajmki bunda kallusogenez jarayoni kechadi. SHu minimal hajmdan kamayishida kallusni hosil bo‘lishi amalga oshmaydi. Bu hajm turli o‘simliklarda keskin farqlanadi.
Ko‘pgina to‘qimalar fiziologik qutblanganlikka ega bo‘lib, ularni ozuqa muhitlariga olib o‘tishda eksplatlarning fazodagi orientatsiyasi juda muhimdir (ildiz uchki qismlari oson kallus hosil qiladi, agarda ular agarga gorizontal holatda joylashtirilgan bo‘lsa, poya segmentlari esa vertikal joylashtirilib bir uchi agarga tekazib qo‘yilsa oson hosil bo‘ladi).
Muhitga ekzogen gormonlarni kiritilishi kallusogenezni boshlanishiga olib keladi. Buning uchun ozuqa muhitida ikki gurux boshqaruvchilarini bo‘lishi zarurdir: auksinlar vatsitokininlar. Kallus to‘qimalarini in vitro sharoitida ma’lum bo‘lmagan uzoq vaqt davomida, doimiy ravishda yangi ozuqa muhitiga o‘tkazish orqali o‘stirish mumkin bo‘ladi.
Muvaffaqiyatli ravishda olingan kallus kulturalarining liniyalari muntazam ravishda qayta ekishni talab etadi har 4 haftada.